Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Desradin 5 mg № 10
Desradin 5 mg № 10
Ishlab chiqaruvchi: KRKA
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    12 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
39 125 so'm 46 900 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari desradin 5 mg № 10
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    5 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    10 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Bitta tabletkada faol modda – dezloratadin 5 mg, yordamchi moddalar mikrokristallik tsellyuloza, gidroksipropilmetiltsellyuloza, xlorid kislotasi, natriy gidroksid, quritilgan makkajo'xori kraxmali, laktosa monogidrat, talk. plyonka qobig'i Opadry II Blue (laktosa monogidrat, gipromelloza, titana dioksid, makrogol 400, FD&C Blue №2 (E132), Opadry Clear (gipromelloza, makrogol 400)
  • Qo'llanilishi
    - allergik rinit mavsumiy, yil davomida (aksirish, burundan ajralmalar, qichishish, ko‘z yoshlanishi, ko‘zda qizarish va qichishish, tanglay sohasida qichishish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi); - toshma (krapivnitsa);
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - faol modda, har qanday yordamchi moddalarga yoki loratadinga yuqori sezuvchanlik - homiladorlik va laktatsiya davri - 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi
  • Qo'llash usuli
    Kattalar va 12 yoshdan katta o‘smirlarga Allergik rinit (shu jumladan, davriy va doimiy allergik rinit) va toshma bilan bog‘liq simptomlarni bartaraf etish uchun kuniga bir marta bir tabletka, ovqatdan qat’i nazar, qabul qilinadi. Davriy allergik rinitni davolash (haftasiga 4 kundan kam yoki 4 haftadan kam davom etadigan simptomlar mavjud bo‘lsa) bemorning kasallik tarixi baholanishiga muvofiq amalga oshiriladi va simptomlar yo‘qolgandan so‘ng to‘xtatilishi mumkin. Ushbu simptomlar qayta paydo bo‘lsa, davolash qayta boshlanishi mumkin. Doimiy allergik rinitda (haftasiga 4 kun va undan ko‘p, 4 haftadan ko‘p davom etadigan simptomlar mavjud bo‘lsa), davolashni davom ettirish allergen ta’siri davrida bemorlarga tavsiya etilishi mumkin.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Klinik tadqiqotlarda, ko‘rsatmalar doirasida, shu jumladan allergik rinit va surunkali idiopatik toshma, tavsiya etilgan 5 mg kunlik dozada, dezloratadin qabul qilgan bemorlarda nojo‘ya ta’sirlar chastotasi platsebo olganlarga nisbatan 3% yuqori bo‘lgan. Eng ko‘p uchraydigan (platsebo bilan solishtirganda) nojo‘ya hodisalar charchoq (1,2%), og‘iz qurishi (0,8%) va bosh og‘rig‘i (0,6%) bo‘lgan. 12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan 578 o‘smir ishtirok etgan klinik tadqiqotlarda eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya hodisa bosh og‘rig‘i bo‘lgan; bu dezloratadin olgan bemorlarning 5,9%ida va platsebo olgan bemorlarning 6,9%ida kuzatilgan. Postmarketing davrida juda kam hollarda xabar qilingan boshqa nojo‘ya ta’sirlar quyida keltirilgan - gallyutsinatsiyalar - bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik, psixomotor giperkativlik, tutqanoq - taxikardiya, yurak urishining tezlashuvi - qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, diareya - jigar fermentlari darajasining oshishi, bilirubin darajasining oshishi, gepatit - mushak og‘rig‘i - allergik reaksiyalar (masalan, anafilaktik shok, Kvinke shishi, nafas qisilishi, qichishish, toshma va toshma (krapivnitsa))
  • Farmakologik xususiyatlari
    Dezradin uzoq ta’sir qiluvchi gistamin antagonisti, periferik H1-retseptorlarning selektiv antagonisti bo‘lib, sedativ ta’sir ko‘rsatmaydi. Og‘iz orqali qabul qilingandan so‘ng Dezradin periferik gistamin H1-retseptorlarini selektiv bloklaydi, chunki modda markaziy asab tizimiga o‘tmaydi. Dezradin yallig‘lanishga qarshi sitokinlar, masalan, interleykin−4 (IL−4), interleykin−6 (IL−6), interleykin−8 (IL−8), interleykin−13 (IL−13) ni odam organizmidagi tukli hujayralar/bazofil hujayralardan ajralishini ingibitsiya qiladi, shuningdek, adgeziya molekulalari, jumladan, P-selektin ekspressiyasini endotelial hujayralarda ingibitsiya qiladi. Tavsiya etilgan 5 mg kunlik dozasida Dezradin uyquchanlik chaqirmaydi. Dezradin bir martalik 7,5 mg kunlik dozada buyurilganda psixomotor funksiyaga ta’sir qilmaydi. Allergik rinitli bemorlarda Dezradin aksirish, burundan ajralmalar va qichishish, shuningdek, ko‘zda qichishish, yosh oqishi va ko‘zning qizarishi, tanglay sohasida qichishish kabi simptomlarni samarali bartaraf etadi. Dezradinning simptomlarni bartaraf etish samaradorligi 24 soat davomida saqlanib turadi. Mavsumiy va doimiy allergik rinitning belgilangan tasniflariga muqobil ravishda, simptomlarning davomiyligiga qarab, davriy allergik rinit va doimiy allergik rinit ham tasniflanishi mumkin. Davriy allergik rinit haftasiga 4 kundan kam yoki 4 haftadan kam davom etadigan simptomlar bilan aniqlanadi. Doimiy allergik rinit esa haftasiga 4 kun va undan ko‘p, 4 haftadan ko‘proq davom etadigan simptomlar bilan aniqlanadi. Dezradin mavsumiy allergik rinit og‘irligini, rino-konyunktivitli bemorlarda hayot sifatini baholashda samarali bartaraf etadi. Eng katta yaxshilanish amaliy muammolar va simptomlar bilan cheklangan kundalik faoliyat sohalarida kuzatildi. Gistamin ajralishi toshma (urtikariya)ning barcha shakllarida sababchi omil bo‘lgani uchun Dezradin qo‘llanilishi turli toshma holatlarida (shu jumladan, surunkali idiopatik toshma) simptomlarni bartaraf etishda samarali bo‘lishi kutiladi. Surunkali idiopatik toshmali bemorlarda Dezradin qo‘llanilishi qichishishni bartaraf etishda va toshmalar hajmi hamda sonini birinchi dozalash oralig‘i oxiriga kelib kamaytirishda samarali. Ta’siri 24 soatdan ortiq dozalash oralig‘ida saqlanib turadi. Dezradin bilan davolash uyqu buzilishi va kunduzgi funksiyani sezilarli darajada kamaytiradi. Dezradin gematoensefalik to‘siqdan o‘tmaydi, QT intervalini uzaytirmaydi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Dezradinni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Og‘ir buyrak yetishmovchiligida Dezradinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Dezradin laktaza saqlaydi. Galaktozani kamdan-kam uchraydigan irsiy o‘zlashtira olmaslik, Lapp laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi bo‘lgan bemorlarga ushbu preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Dori vositasining transport vositasini boshqarish yoki potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilish xususiyatlari Dezradin qabul qilgan bemorlarda holatning yomonlashuvi kuzatilmagan. Shunga qaramay, bemorlarni juda kam hollarda ba’zi odamlar uyquchanlikni boshdan kechirishi mumkinligi haqida ogohlantirish kerak, bu ularning transport vositasini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda dezloratadin teratogen ta’sir ko‘rsatmagan. Dori vositasini homiladorlik davrida qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Shuning uchun dezloratadinni homiladorlik davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Dezloratadin ko‘krak suti bilan ajraladi, shuning uchun dezloratadinni emizikli ayollarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Dezradin eritromitsin yoki ketokonazol bilan bir vaqtda qo‘llanganda klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sirlar kuzatilmadi. Dezradin spirtli ichimliklar bilan birga qo‘llanganda, spirtli ichimliklarning ta’sirining kuchayishi yoki spirtli ichimliklar sababli yuzaga kelgan buzilishlarning kuchayishi yoki uyquchanlik chastotasining oshishi kuzatilmadi.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Belgilar: Ko‘p martalik dozalar bilan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda, 45 mg gacha dezloratadin (klinik dozadan to‘qqiz baravar) qo‘llanganda, klinik ahamiyatli ta’sirlar kuzatilmadi. Davolash: Dozani oshirib yuborishda so‘rilmagan faol moddaning chiqarilishiga qaratilgan standart choralar ko‘rsatiladi. Simptomatik va yordamchi davolash tavsiya etiladi. Dezloratadin gemodializ yo‘li bilan chiqarilmaydi; peritoneal dializda chiqarilishi aniqlanmagan.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shahzod
    ico ico ico ico ico
    Дезрадин 5 мг это отличное качество. Рекомендую всем этот магазин.
    05 August 2024
    0
    0
  • Nargiza
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат, быстрая доставка. Спасибо магазину Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico