Nojo´ya ta´sirlar
Detralex® preparatining klinik tadqiqotlar davomida kuzatilgan nojo‘ya ta'sirlari yengil darajada bo‘lgan. Asosan, oshqozon-ichak traktida buzilishlar (diareya, dispepsiya, qusish, qayt qilish) kuzatilgan.
Detralex® preparatini qabul qilish davomida quyidagi nojo‘ya ta'sirlar haqida xabar berilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, < 1/10), kamdan-kam (≥1/1000, < 1/100), juda kam (≥1/10 000, < 1/1000), juda juda kam (< 10 000), aniqlanmagan chastota (chastota mavjud ma'lumotlar asosida hisoblanmaydi).
Markaziy nerv tizimidan: kamdan-kam - bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, umumiy yomon his.
Oshqozon-ichak traktidan: tez-tez - diareya, dispepsiya, qusish, qayt qilish; kamdan-kam - kolit; aniqlanmagan chastota - qorin og‘rig‘i.
Teridan: kamdan-kam - toshma, qichish, urtikarija; aniqlanmagan chastota - yuz, lablar, qovoqlarning izolyatsiyalangan shishishi; istisno holatlarda - angionevrotik shishish.
Bemorga shuni ma'lum qilish kerakki, agar terapiya davomida har qanday, shu jumladan, ko‘rsatilmagan nojo‘ya ta'sirlar va his-tuyg‘ular paydo bo‘lsa, shuningdek, laboratoriya ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar bo‘lsa, shifokorga xabar berish kerak.