Nojo´ya ta´sirlar
6 dan 23 oygacha bo‘lgan bolalarda quyidagi nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgan, ularning chastotasi platsebo (“soxta dori”) qo‘llanganda biroz yuqoriroq bo‘lgan: diareya (3,7% holatlarda), tana haroratining ko‘tarilishi (2,3%), uyqusizlik (2,3%).
2 dan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda dezloratadin qo‘llanganda nojo‘ya ta’sirlar chastotasi platsebo bilan bir xil bo‘lgan.
Klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, 6 dan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda dezloratadin tavsiya etilgan dozalarda (2,5 mg/kun) qabul qilinganda nojo‘ya ta’sirlar aniqlanmagan.
12-17 yoshli bolalarda klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta’sir – bosh og‘rig‘i (5,9%), uning chastotasi platsebo (6,9%) bilan solishtirganda yuqori emas.
Kattalar va o‘smirlarda (12 yosh va undan katta) klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, nojo‘ya ta’sirlar 3% bemorlarda qayd etilgan, platsebo guruhiga nisbatan, ulardan eng ko‘p uchraydiganlari: charchoqlik (1,2%), og‘iz qurishi (0,8%), bosh og‘rig‘i (0,6%).
Nojo‘ya ta’sirlar haqidagi ma’lumotlar klinik tadqiqotlar va ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi kuzatuvlar natijalariga asoslangan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish chastotasiga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), kam (≥1/1000 dan <1/100 gacha), juda kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda noyob (<1/10000); chastotasi noma’lum – mavjud ma’lumotlarga ko‘ra chastotasini aniqlash imkoni bo‘lmagan.
Psixika tomonidan: juda noyob – gallyutsinatsiyalar; chastotasi noma’lum – g‘ayritabiiy xatti-harakat, tajovuzkorlik.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i; tez-tez (2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda) – uyqusizlik; juda noyob – bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik, psixomotor giperkativlik, tutqanoq.
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan: juda noyob – jigar fermentlari faolligining oshishi, bilirubin konsentratsiyasining oshishi, gepatit; chastotasi noma’lum – sariq kasalligi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – og‘iz qurishi, tez-tez (2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda) – diareya; juda noyob – qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, diareya, ishtahaning oshishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda noyob – taxikardiya, yurak urishining tezlashuvi; chastotasi noma’lum – QT intervalining uzayishi.
Harakat-tayanch tizimi tomonidan: juda noyob – mialgiya.
Terining va teri osti to‘qimalarining tomonidan: chastotasi noma’lum – fotosensibilizatsiya.
Umumiy buzilishlar: tez-tez – charchoqlik, tez-tez (2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda) – isitma; juda noyob – anafilaksiya, angionevrotik shish, nafas qisilishi, qichishish, toshma, jumladan, eshakemi; chastotasi noma’lum – asteniya.
Laborator va instrumental ma’lumotlar: tana vaznining oshishi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi davr.
Bolalar:
chastotasi noma’lum – QT intervalining uzayishi, aritmiya, bradikardiya, g‘ayritabiiy xatti-harakat, tajovuzkorlik.
Agar ko‘rsatma bo‘yicha keltirilgan nojo‘ya ta’sirlardan biri kuchaysa yoki Siz ko‘rsatmada qayd etilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.