Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-DEPRES KAPS 20 MG № 30
DEPRES KAPS 20 MG № 30
Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП ООО
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud
75 978 so'm 93 800 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari depres kaps 20 mg № 30
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Kapsulalar
  • Dozalash
    20 mg
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    30 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Bitta kapsula tarkibi faol modda - fluoksetin gidroxlorid 22,36 mg, fluoksetinga ekvivalent 20 mg, yordamchi moddalari: makkajo'xori kraxmali, magniy stearati, qobiq tarkibi: xinolinali sariq, titan dioksidi, sanset sariq FCF-FD&C–sariq 6, jelatin.
  • Qo'llanilishi
    - depressiya
    - bezovtalik
    - obsessiv-kompulsiv nevroz
    - psixogen bulimiya
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - fluoksetinga yuqori sezuvchanlik
    - og'ir buyrak yetishmovchiligi (glomerulyar filtrlash darajasi < 10
    ml/min)
    - monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish
    - epilepsiya, tutqanoq simptom
    - homiladorlik va laktatsiya davri
  • Qo'llash usuli
    Kattalar
    Depressiya va obsessiv-kompulsiv nevrozni davolash uchun tavsiya etilgan kunlik doza - 20 mg, ertalab. Zarur bo'lsa, doza 80 mg/gungacha oshirilishi mumkin. 20 mg/gundan yuqori dozalar kuniga ikki marta, ertalab va kechqurun qabul qilinadi.

    Psixogen bulimiyani davolash uchun tavsiya etilgan doza - 60 mg/kun. Maksimal sutkalik doza 80 mgdan oshmasligi kerak.

    Dori vositasining yarim chiqarilish davri uzoq bo'lganligi sababli (2 - 3 kun) va uning faol metaboliti (7 - 9 kun) plazmadagi dori vositasi konsentratsiyasi bir necha hafta davomida saqlanib turadi.

    Keksalar
    Tavsiya etilgan sutkalik doza 60 mgdan oshmasligi kerak.

    Bollar
    Dorining bolalar amaliyotida samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

    Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar

    Buyrak funksiyasi o'rtacha va o'rtacha og'irlikda buzilganida (klubochkali filtrlatsiya darajasi < 15 - 50 ml/min) va jigar yetishmovchiligida doza kamaytirilishi yoki dori har ikki kunda bir marta buyurilishi kerak, ayniqsa, bir nechta dori vositalarini bir vaqtda qabul qilayotgan hamroh kasalliklari bo'lgan keksalarda.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    - asteniya, isitma
    - ko'ngil aynishi, diareya, qusish, og'iz qurishi, ishtahaning yo'qolishi, dispepsiya
    - bosh og'rig'i, bosh aylanishi, asabiylik, uyqusizlik, uyquchanlik, bezovtalik, holsizlik, tremor, tutqanoq
    - nafas qisishi
    - terlash, toshma, teri qichishishi, eshakemi
    - jinsiy disfunktsiya, libido pasayishi
  • Farmakologik xususiyatlari
    Depres - antidepressan, propilamin hosilasi, kimyoviy jihatdan tritsiklik va tetratsiklik antidepressanlardan farq qiladi. Depresning ta'siri uning markaziy asab tizimida serotoninning neyron qayta qabul qilinishini ingibitsiyalash bilan bog'liq. Fluoksetin serotoninni qayta qabul qilinishini bloklaydi, lekin noradrenalinga ta'sir qilmaydi. Kayfiyatni yaxshilashga yordam beradi, qo'rquv va zo'riqish hissini kamaytiradi, disforiyani bartaraf etadi. Sedativ ta'sir ko'rsatmaydi. O'rtacha terapevtik dozalarda qabul qilinganda yurak-qon tomir va boshqa tizimlar funksiyalariga deyarli ta'sir qilmaydi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Bir vaqtda qo'llanganda - markaziy asab tizimiga tormozlovchi ta'sir ko'rsatuvchi preparatlar, shuningdek, etanol bilan birga qo'llanganda markaziy asab tizimiga tormozlovchi ta'sir sezilarli darajada kuchayishi, shuningdek, tutqanoq rivojlanish ehtimoli oshishi mumkin - oqsillar bilan yuqori darajada bog'lanadigan preparatlar, ayniqsa, antikoagulyantlar yoki digitoksin bilan birga qo'llanganda, qon plazmasida erkin (bog'lanmagan) preparatlar konsentratsiyasi oshishi va nojo'ya ta'sirlar rivojlanish xavfi ortishi mumkin - litiy preparatlari bilan birga qo'llanganda litiy konsentratsiyasi oshishi va toksik ta'sirlar rivojlanishi mumkin - fenitoin bilan birga qo'llanganda, uning qon plazmasidagi konsentratsiyasi oshishi va toksik ta'sirlar rivojlanishi mumkin - triptofan bilan birga qo'llanganda, harakat bezovtaligi, me'da-ichak tizimi tomonidan buzilishlar kuchayishi mumkin - boshqa antidepressantlar bilan birga qo'llanganda, ularning plazmadagi darajalari oshadi - benzodiazepinlar bilan birga qo'llanganda, ba'zi bemorlarda diazepamning yarim chiqarilish davri oshishi mumkin - monoaminooksidaza ingibitorlari (shu jumladan selegilin yoki moklobemid) bilan birga qo'llanganda, serotonin miqdori oshishi va uning qayta qabul qilinishi tormozlanishi natijasida sinapsda serotonin miqdori sezilarli darajada oshadi – "serotonin sindromi", bunda gipertermiya, mushak rigidligi, mioklonus, shuningdek, organizmning ruhiy va fiziologik holatining beqarorligi, hatto o'limgacha bo'lgan holatlar kuzatiladi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Fluoksetinni monoaminooksidaza ingibitorlarini bekor qilgandan keyin kamida 14 kundan so‘ng qo‘llash mumkin. Fluoksetinni bekor qilgandan so‘ng monoaminooksidaza ingibitorlari bilan davolashni boshlashdan oldin kamida 5 hafta o‘tishi kerak. Fluoksetinni bekor qilgandan keyin qisqa vaqt ichida monoaminooksidaza ingibitorlarini qo‘llash o‘limga olib kelishi mumkin.

    Yurak kasalliklari anamnezida bo‘lsa, fluoksetinni qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Fluoksetin qabul qilgan bemorlarning elektrokardiogrammalari retrospektiv ko‘rib chiqildi va yurak blokadasiga olib keladigan o‘tkazuvchanlik buzilishlari aniqlanmadi.

    Fluoksetin tana vaznining kamayishiga olib kelishi mumkin.
    Qandli diabetli bemorlarda qon glyukozasi darajasining o‘zgarishi mumkin, bu gipoglikemik preparatlar dozasini tuzatishni talab qiladi. Davolash jarayonida gipoglikemiya, davolash to‘xtatilgandan so‘ng esa giperglikemiya rivojlanishi mumkin.

    Dori vositasining transport vositasini boshqarish yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish xususiyatlari

    Fluoksetin fikrlash jarayonlarini buzishi mumkin, shuning uchun bemorlarga avtomobil boshqarish va yuqori diqqatni talab qiladigan boshqa faoliyat turlaridan voz kechish tavsiya etiladi.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, markaziy asab tizimining qo‘zg‘alishi. Davolash: maxsus antidoti yo‘q. Simptomatik terapiya. Faollashtirilgan ko‘mir va sorbitol bilan yoki me'dani yuvish. Majburlangan diurez, dializ samarasiz.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nargiza
    ico ico ico ico ico
    Эффективное лекарство, рекомендую. Спасибо магазину Oxymed.
    06 August 2024
    0
    0
  • Dilshod
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество препарата, быстрая доставка. Очень доволен.
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico