Extiyotkorlik bilan
Ruxsat
Ruxsat
Davolash uchun:
Akusherlik va ginekologiyada infeksion-yallig‘lanish asoratlarining oldini olish:
Qin va bachadon bo‘yni shilliq qavatining regeneratsiyasini yaxshilash uchun:
Preparat intravaginal qo‘llaniladi. Qo‘llashdan oldin suppozitoriyani konturli o‘ramdan chiqarish kerak.
1 dona suppozitoriyadan kuniga 2 marta 7-10 kun davomida qo‘llaniladi. Zaruriyat tug‘ilganda davolash kursini 20 kungacha uzaytirish mumkin.
Agar davolashdan so‘ng yaxshilanish bo‘lmasa yoki simptomlar kuchaysa, yoki yangi simptomlar paydo bo‘lsa, bemor shifokorga murojaat qilishi kerak.
Preparatni faqat qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalarda ko‘rsatilgan ko‘rsatmalar, qo‘llash usuli va dozalarda qo‘llash lozim.
Allergik reaksiyalar: toshma, qichishish mumkin. Xlorgeksidin juda kam hollarda (<0.0001%) yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini, shu jumladan og‘ir allergik reaksiyalar va anafilaksiyani chaqirishi mumkin.
Mahalliy reaksiyalar: kuydiruvchi hissiyot bo‘lishi mumkin.
Agar yuqorida ko‘rsatilgan nojo‘ya ta’sirlar kuchaysa yoki ko‘rsatmalarda ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, bu haqda darhol shifokorga xabar berish kerak.
Ginekologiyada mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan kombinatsiyalangan preparat, regeneratsiyalovchi, antimikrob, metabolik ta’sirga ega.
Xlorgeksidin gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarga nisbatan faol: Treponema pallidum, Chlamydia spp., Ureaplasma spp., Neisseria gonorrhoeae, Gardnerella vaginalis, Bacteroides fragilis, Escherichia coli, Staphylococcus spp., Streptococcus spp.; drojlar, dermatofitlar, sodda (Trichomonas vaginalis). Xlorgeksidinga ayrim Pseudomonas spp., Proteus spp. shtammlari sust sezgir, shuningdek, kislota-barqaror bakteriyalar, bakteriya sporalariga chidamli.
Dekspantenol shilliq qavatlarning regeneratsiyasini stimulyatsiya qiladi, hujayra metabolizmini normallashtiradi, mitozni tezlashtiradi va kollagen tolalarining mustahkamligini oshiradi.
Depantol® laktobatsillarning funksional faolligini buzmaydi. Qon, irinning mavjudligida ham (biroz pasaygan bo‘lsa-da) faolligini saqlaydi.
Nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolash davrida jinsiy aloqadan tiyilish tavsiya etiladi.
Preparatni qo‘llashdan oldin va keyin qo‘llarni yuvish kerak.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparatni qo‘llash transport vositalarini boshqarish, mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborish holatlari noma'lum.
Preparatni qo'llash bo'yicha ko'rsatmaga muvofiq qo'llanilganda dozani oshirib yuborish ehtimoli past.
Imkoniy o'zaro ta'sir (antagonizm yoki inaktivatsiya) ehtimoliga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida, boshqa intravaginal yuboriladigan antiseptiklar bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Depantol® anion guruhini o'z ichiga olgan detarjenlar (shu jumladan, saponinlar, natriy lauril sulfat, natriy karboksimetilsellyuloza) va sovunlar bilan, agar ular intravaginal yuborilsa, mos kelmaydi.
Yod saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda intravaginal qo'llash tavsiya etilmaydi.
Yuqorida sanab o'tilgan yoki boshqa dori vositalarini (shu jumladan, retseptsiz) qo'llash zarur bo'lsa, Depantol® preparatini qo'llashdan oldin bemor shifokor bilan maslahatlashishi kerak.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlash kerak.