Qo'llash usuli
Kattalar va tug‘ilgan kundan boshlab bolalarga buyuriladi. Tomir ichiga (in'eksiya yoki infuziya ko‘rinishida), mushak ichiga yoki mahalliy – bo‘g‘im ichiga in'eksiya yoki terining zararlangan joyiga yoki yumshoq to‘qimalar infiltratiga in'eksiya yordamida yuboriladi. Tomir ichiga infuziya uchun erituvchi sifatida 0,9% natriy xlorid eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasi qo‘llaniladi. Tomir ichiga yuborish yoki preparatni keyingi eritish uchun mo‘ljallangan eritmalar, agar ular ko‘krak yoshidagi bolalarga, ayniqsa muddatidan oldin tug‘ilganlarga qo‘llanilsa, konservantlar saqlamasligi kerak. Preparatni infuziya uchun erituvchi bilan aralashtirishda steril xavfsizlik choralariga rioya qilish zarur. Odatda infuziya uchun eritmalar konservantlar saqlamaganligi sababli, aralashmalarni 24 soat ichida ishlatish kerak. Parenteral yuborish uchun preparatlar har safar yuborishdan oldin eritma va konteynerning yaroqliligini aniqlash uchun begona zarrachalar va rang o‘zgarishiga vizual tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak. Doza har bir bemorning kasalligiga, davolash muddati, kortikoidlarni o‘zlashtirish va organizm reaksiyasiga muvofiq individual tarzda aniqlanishi kerak. Tomir ichiga va mushak ichiga yuborish Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza tashxisga qarab kuniga 0,5 dan 9 mg gacha o‘zgaradi. Kam og‘ir hollarda 0,5 mg dan kam dozalar yetarli bo‘lishi mumkin, og‘ir kasalliklarda esa kuniga 9 mg dan yuqori dozalar talab qilinishi mumkin. Deksametazon fosfatning boshlang‘ich dozalarini klinik reaksiya paydo bo‘lguncha qo‘llash, so‘ngra dozani eng past klinik jihatdan samarali darajaga bosqichma-bosqich kamaytirish kerak. Agar yuqori dozalar bir necha kundan ortiq muddat davomida buyurilsa, doza keyinchalik bir necha kun yoki hatto uzoqroq muddat davomida bosqichma-bosqich kamaytirilishi kerak. Agar mos muddat ichida qoniqarli klinik reaksiya kuzatilmasa, deksametazon in'eksiyalarini to‘xtatish va bemorga boshqa davolash buyurish kerak. Dozalashni tuzatishni talab qilishi mumkin bo‘lgan simptomlarni, ya'ni kasallikning remissiyasi yoki zo‘rayishi natijasida klinik holat o‘zgarishi, preparatga individual reaksiya va stress ta'siri (masalan, jarrohlik aralashuvi, infeksiya, jarohat)ni diqqat bilan kuzatish kerak. Stress paytida dozani vaqtincha oshirish zarurati tug‘ilishi mumkin. Agar preparatni bir necha kunlik davolashdan so‘ng to‘xtatish zarur bo‘lsa, odatda bekor qilish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Shok Quyidagi deksametazon fosfat in'eksiyasi dozalari mavjud: – tana vazniga 3 mg/kg 24 soat davomida doimiy tomir ichiga infuziya tarzida, boshlang‘ich 20 mg tomir ichiga in'eksiyadan so‘ng; – tana vazniga 2-6 mg/kg bir martalik tomir ichiga in'eksiya tarzida; – boshlang‘ich doza – 40 mg, so‘ngra shok simptomlari kuzatilguncha har 4-6 soatda takroriy tomir ichiga in'eksiyalar; – boshlang‘ich doza – 40 mg, so‘ngra shok simptomlari kuzatilguncha har 2-6 soatda takroriy tomir ichiga in'eksiyalar; – tana vazniga 1 mg/kg bir martalik tomir ichiga in'eksiya tarzida. Yuqori doza kortikosteroid terapiyasi faqat bemor holati barqarorlashguncha va odatda 48-72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat davom etadi. Miya shishi Deksametazon fosfat odatda boshlang‘ich 10 mg tomir ichiga, so‘ngra simptomlar yo‘qolguncha har 6 soatda 4 mg mushak ichiga buyuriladi. Davolashga reaksiya 12-24 soat davomida kuzatilishi kerak, dozani 2-4 kunlik davolashdan so‘ng kamaytirish mumkin, preparatni 5-7 kun davomida bosqichma-bosqich bekor qilish kerak. Qaytalanadigan yoki operatsiya qilib bo‘lmaydigan miya o‘smalari bo‘lgan bemorlarga palyativ maqsadda kuniga 2-3 marta 2 mg dozada qo‘llaniladigan ushlab turuvchi terapiya samarali bo‘lishi mumkin. Og‘ir allergik kasalliklar O‘tkir allergik kasalliklarda, ular o‘z-o‘zidan chekinadigan bo‘lsa, yoki surunkali allergik kasalliklarning og‘ir zo‘rayishlarida Deksametazon fosfat birinchi kuni 1 yoki 2 ml (4 yoki 8 mg) mushak ichiga buyuriladi, ikkinchi kundan boshlab davolash preparatning peroral shakllari bilan davom ettiriladi. Mahalliy yuborish Bo‘g‘im ichiga yuborish, zararlangan joyga yoki yumshoq to‘qimalarga yuborish odatda zararlanish bir yoki ikki bo‘g‘im (uchastka) bilan cheklangan hollarda qo‘llaniladi. Dozalash va in'eksiya chastotasi yuborish sharoiti va joyiga bog‘liq. Odatda doza – 0,2-6 mg. Qo‘llash chastotasi odatda 3-5 kunda bir marta yoki 2-3 haftada bir marta yuborishdan iborat. Bo‘g‘im ichiga tez-tez yuborish bo‘g‘im tog‘ayiga zarar yetkazishi mumkin. Kortikosteroidlarning bo‘g‘im ichiga in'eksiyasi mahalliy ta'sirdan tashqari tizimli ta'sirga ham olib kelishi mumkin. Kortikosteroidlarni infeksiyalangan bo‘g‘imlarga bo‘g‘im ichiga yuborishdan saqlanish kerak. Kortikosteroidlarni beqaror bo‘g‘imlarga yuborish mumkin emas. Ba'zi odatdagi bir martalik dozalari quyida keltirilgan In'eksiya joyi Deksametazon fosfat doza (mg) Katta bo‘g‘imlar (masalan, tizza) 2-4 Kichik bo‘g‘imlar (masalan, falangalararo, chakka-pastki jag‘) 0,8-1 Mushaklararo sumkalar 2-3 Pay tolalari 0,4-1 Yumshoq to‘qimalar infiltratsiyasi 2-6 Gangliylar 1-2 Deksametazon fosfat ayniqsa, bo‘g‘im ichiga va yumshoq to‘qimalarga yuborish uchun uzoq ta'sir qiluvchi kam eriydigan steroidlardan biri bilan birga qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Bolalar uchun dozalari O‘rnini bosuvchi terapiyada tavsiya etilgan doza kuniga 0,02 mg/kg tana vazniga yoki 0,67 mg/m2 tana yuzasi maydoniga 3 in'eksiya uchun. Boshqa barcha ko‘rsatmalarda boshlang‘ich dozalar diapazoni kuniga 0,02-0,3 mg/kg 3-4 in'eksiya uchun (0,6-9 mg/m2 tana yuzasi maydoniga/kun). Taqqoslash uchun quyida turli kortikosteroidlar uchun ekvivalent dozalar mg da keltirilgan 0,75 mg deksametazon doza 2 mg parametazon yoki 4 mg metilprednizolon va triamtsinolon, yoki 5 mg prednizon va prednizolon, yoki 20 mg gidrokortizon, yoki 25 mg kortizon, yoki 0,75 mg betametazonga ekvivalent. Bunday dozalash nisbatlari faqat ushbu preparatlarning peroral yoki tomir ichiga qo‘llanilishiga taalluqlidir. Ushbu preparatlar yoki ularning hosilalari mushak ichiga yoki bo‘g‘im ichiga yuborilganda, ularning nisbiy xususiyatlari sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin.
Nojo´ya ta´sirlar
Qon yaratish va limfa tizimi tomonidan tromboemboliya holatlari, monotsitlar va/yoki limfotsitlar sonining kamayishi, leykotsitoz, eozinofiliya (boshqa glyukokortikoidlar qo‘llanganda ham), trombotsitopeniya va notrombotsitopenik purpura. Immun tizimi tomonidan gipersensitivlik reaksiyalari, toshma, allergik dermatit, eshakemi, angionevrotik shish, bronxospazm va anafilaktik reaksiyalar, immun javobning kamayishi va infeksiyalarga moyillikning oshishi. Yurak tomonidan politopik qorincha ekstrasistoliyasi, paroksizmal bradikardiya, yurak yetishmovchiligi, yurak to‘xtashi, yaqinda miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda yurak yorilishi. Tomirlar tomonidan arterial gipertenziya, gipertonik ensefalopatiya. Markaziy asab tizimi tomonidan davolashdan so‘ng ko‘ruv nervi diskining shishi va bosh ichidagi bosimning oshishi (soxta o‘smalar) paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bosh aylanishi (vertigo), tutqanoq va bosh og‘rig‘i, uyqu buzilishi, ongning chalkashishi, asabiylik, bezovtalik kabi nevrologik nojo‘ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin. Psixik buzilishlar – shaxs va xulq-atvor o‘zgarishi, ko‘pincha eyforiya sifatida namoyon bo‘ladi; shuningdek, uyqusizlik, asabiylashish, giperkineziya, depressiya va psixozlar, shuningdek, manik-depressiv psixoz, deliry, dezorientatsiya, gallyutsinatsiyalar, paranoya, kayfiyatning labilligi, o‘z joniga qasd qilish fikrlari, shizofreniya kechishining yomonlashuvi, amneziya, epilepsiya kechishining yomonlashuvi haqida xabar berilgan. Endokrin tizimi va metabolizm tomonidan buyrak usti bezlari funksiyasining susayishi va atrofiyasi (stressga javobning kamayishi), Kushing sindromi, bolalar va o‘smirlarda o‘sishning sekinlashuvi, hayz sikli buzilishi, amenoreya, girsutizm, latent diabetning klinik faol shaklga o‘tishi, uglevodlarga tolerantlikning kamayishi, ishtahaning oshishi va tana vaznining ortishi, gipertigliseridemiya, semirish, diabetli bemorlarda insulin yoki peroral diabetga qarshi vositalarga ehtiyojning oshishi, oqsillar katabolizmi tufayli manfiy azot balansi, gipokaliemik alkaloz, natriy va suvning organizmda ushlanib qolishi, kaliy yo‘qotilishini oshishi, gipokaltsemiya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ezofagit, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish, hiqichoq, me’da va o‘n ikki barmoqli ichak peptik yaralari, shuningdek, yarali perforatsiyalar va ovqat hazm qilish yo‘llarida qon ketish (qon aralash qusish, melena), pankreatit va o‘t pufagi hamda ichak perforatsiyasi (ayniqsa, surunkali ichak yallig‘lanishi bo‘lgan bemorlarda) mumkin. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan mushak zaifligi, steroid miopatiya (mushak zaifligi mushak katabolizmining sababi), osteoporoz (kalsiyning ko‘p chiqarilishi) va umurtqa pog‘onasi kompression sinishlari, naychali suyaklar sinishi, aseptik osteonekroz (ko‘proq – son va yelka suyak boshlarining aseptik nekrozi), paylarning uzilishi (ayniqsa, ayrim xinolonlar bilan birga qo‘llanganda), bo‘g‘im tog‘ayining shikastlanishi va suyak nekrozi (bo‘g‘im ichidagi infeksiya natijasida), epifiz o‘sish zonalarining erta yopilishi. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan yaralarning sekin bitishi, qichishish, terining yupqalashuvi va sezuvchanligining oshishi, striyalar, petechiyalar va ko‘karishlar, akne, teleangioektaziya, eritema, ter ajralishining oshishi, teri testlariga reaksiyaning susayishi. Ko‘z organlari tomonidan ko‘z ichki bosimining oshishi, glaukoma, katarakta yoki ekzoftalm, qorinchaning yupqalashuvi, ko‘zning bakterial, zamburug‘li yoki virusli infeksiyalarining kuchayishi. Infeksiyalar va invaziyalar – opportunistik infeksiyalarning rivojlanishi, nofaol silning qaytalanishi. Reproduktiv tizim tomonidan – impotensiya. Umumiy buzilishlar – shish, terining gipergipogipigmentatsiyasi, teri yoki teri osti qatlamining atrofiyasi, steril abstsess va terining qizarishi, yuqori dozalarda yoki tomir ichiga yuborilganda oraliq sohada qisqa muddatli kuydiruvchi va achishish hissi. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar – mushak ichiga yuborilganda yuborish joyida o‘zgarishlar, shu jumladan shish, kuydiruvchi hissi, uvishish, og‘riq, paresteziya va yuborish joyida infeksiyalar, kamdan-kam hollarda atrof to‘qimalarning nekrozi, in’ektsiya joyida chandiq hosil bo‘lishi, teri va teri osti yog‘ qatlamining atrofiyasi, mushak ichiga yuborilganda (ayniqsa, deltoid mushakka yuborish xavfli). Tomir ichiga yuborilganda – aritmiyalar, yuzga qon quyilishi, tutqanoqlar. Intrakranial yuborilganda – burundan qon ketishi. Bo‘g‘im ichiga yuborilganda – bo‘g‘imda og‘riq kuchayishi. Glyukokortikoidlarni to‘xtatish sindromi belgilari Deksametazon bilan uzoq muddat davolangan bemorlarda doza tez kamaytirilganda to‘xtatish sindromi va buyrak usti bezlari yetishmovchiligi, arterial gipotenziya yoki o‘lim holatlari kuzatilishi mumkin. Ba’zi hollarda belgilar