-
Tarkibi
faol modda: silymarin;
1 tabletka tarkibida silymarin, silibinin bo‘yicha aniqlangan (100% quruq modda hisobida) 22,5 mg
kartoshka kraxmal, laktoza, kalsiy stearati, kristall shakari, magniy karbonati, povidon (polivinilpirrolidon), titan dioksidi (E 171), kolloid kremniy dioksidi, sariq zakat FCF (E 110), karnauba mumi.
-
Qo'llanilishi
Jigarni toksik shikastlanishlari surunkali yallig‘lanishli jigar kasalliklari yoki jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarni qo‘llab-quvvatlovchi davolash uchun.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning faol moddasiga yoki boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Turli etiologiyadagi o‘tkir zaharlanishlar.
-
Qo'llash usuli
Darsil® tabletkalarini ovqatdan keyin chaynalmay, yetarli miqdorda suyuqlik bilan ichga qabul qilish kerak.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga yengil va o‘rta og‘irlikdagi holatlarda preparatni 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta, kasallikning og‘ir shakllarida doza ikki baravar oshirilishi mumkin: 2-4 tabletkadan kuniga 3 marta.
Davolash kursining davomiyligini shifokor kasallikning xususiyati va kechishiga qarab individual belgilaydi. O‘rtacha davolash davomiyligi – 3 oy.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi. Kamdan-kam hollarda va individual yuqori sezuvchanlikda quyidagi nojo‘ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i.
Eshitish organlari va labirint buzilishlari tomonidan: mavjud vestibulyar buzilishlarning kuchayishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ovqat hazm qilishning buzilishi, ishtahaning pasayishi, dispepsiya, qorin qaynashi, meteorizm, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va o‘rta ko‘krak oralig‘i tomonidan: nafas qisishi.
Tayanch-harakat tizimi tomonidan: artralgiyalar.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: diurezning oshishi.
Immun tizimi, ko‘krak qafasi va o‘rta ko‘krak oralig‘i tomonidan: gipersensitivlik reaksiyalari, shu jumladan toshma, anafilaktik shok, qichishish, alopesiya.
Preparatni qo‘llashda yuzaga keladigan nojo‘ya reaksiyalar o‘tkinchi bo‘lib, preparat bekor qilingandan so‘ng yo‘qoladi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning faol moddasini silymarin tashkil etadi, u dog‘li silybum (Silybum marianum) mevalari ekstraktidan olingan.
Silymarinning bioaktiv komponentlari jigar hujayralarida erkin radikallarni neytrallaydi, hujayra tuzilmalarining, xususan, gepatotsitlar membranalarining buzilishini oldini oladi. Spetsifik tarzda RNK-polimerazalarni stimulyatsiya qiladi va zararlangan gepatotsitlarda struktural va funksional oqsillar hamda fosfolipidlar sintezini faollashtiradi. Ichki hujayra komponentlarining (transaminazalar) chiqib ketishini oldini oladi va jigar hujayralarining regeneratsiyasini tezlashtiradi. Ba’zi zaharlarning, xususan, oq musht zamburug‘i zaharining gepatotsitlarga kirib borishini sekinlashtiradi. Gepatotsitlar membranalarida lipidlarning peroksid oksidlanishi faolligini pasaytiradi, shu tariqa ularni mustahkamlashga yordam beradi.
Jigar kasalligi bo‘lgan bemorlarda umumiy holatni yaxshilaydi, sub’ektiv hislarni (zaiflik, o‘ng qovurg‘a ostida og‘irlik hissi) kamaytiradi. Jigar funksional holatining biokimyoviy ko‘rsatkichlarini (transaminazalar faolligi, &gamma -glyutamiltransferaza, ishqoriy fosfataza, bilirubin darajasi) normallashtirishga yordam beradi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Silimarin boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda quyidagi o‘zaro ta’sirlar mumkin:
og‘iz orqali qabul qilinadigan kontratseptivlar, estrogen o‘rnini bosuvchi terapiyada qo‘llaniladigan preparatlar bilan – ularning samaradorligi pasayadi
antiallergik dori vositalari (feksofenadin), antikoagulyantlar (klopidogrel, varfarin), antipsixotik dori vositalari (alprozolam, diazepam, lorazepam), gipoxolesterinemik dori vositalari (lovastatin), ayrim saraton kasalligini davolash uchun preparatlar (vinblastin), zamburug‘ga qarshi dori vositalari (ketokonazol) bilan – ularning samaradorligi oshadi (silimarin sitoxrom 450 tizimini bostirishi hisobiga).
Silimarin o‘z ichiga olgan o‘simlik mahsulotlari onkologik amaliyotda gepatoprotektor sifatida sitostatiklar bilan birga keng qo‘llaniladi. Klinik tadqiqotlar silimarinni CYP3A4 va UGT1A1 fermentlari ingibitori sifatida va ushbu fermentlar substrati bo‘lgan sitostatiklar bilan farmakokinetik o‘zaro ta’sirlar xavfi ahamiyatsiz ekanini ko‘rsatadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Jigar kasalliklarini davolash samarali bo‘lishi uchun parhezga rioya qilish zarur.
Sariqlik rivojlangan taqdirda terapiyani tuzatish uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparat gormonal buzilishlari bo‘lgan bemorlarga (endometrioz, bachadon miomasi, sut bezlari, tuxumdonlar va bachadon karsinomasi, prostata bezining karsinomasi) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak, chunki silimarin estrogenga o‘xshash ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday hollarda bemorlar shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.
Preparat tarkibida kristall shaklidagi shakar mavjud, bu esa qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun hisobga olinishi kerak.
Preparat bilan davolanishda spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan tiyilish zarur.
Preparat tarkibida laktoza mavjud, shuning uchun galaktozani kamdan-kam uchraydigan irsiy o‘zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan bemorlarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Xavfsizlik va samaradorlik bo‘yicha ma’lumotlar yo‘qligi sababli, preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish tezligiga ta’sir qilish qobiliyati
Preparat avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish tezligiga ta’sir qilmaydi, biroq har qanday vestibulyar buzilishlar yuzaga kelgan taqdirda avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishdan tiyilish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat bilan dozani oshirib yuborish holatlari kuzatilmagan.
Preparatning yuqori dozasini tasodifan qabul qilganda qusishni chaqirish, oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish va zarurat tug‘ilganda shifokor tomonidan belgilangan simptomatik davolashni qo‘llash kerak.