Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamiya
Breveflora liofilizatsiyalangan sut kislotali bakteriyalar va bifidobakteriyalarni o‘z ichiga oladi, ular organik birikmalar ishlab chiqarish yo‘li bilan ichak mikroflorasining fiziologik muvozanatini tartibga soladi. Ushbu organik birikmalar tarkibiga sut kislotasi, vodorod peroksidi va sirka kislotasi kiradi, ular ichakning kislotaliligini oshiradi va ko‘plab zararli bakteriyalarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi. Sut kislotali bakteriyalar tabiiy ravishda ingichka va yo‘g‘on ichakda ishlab chiqariladi va ovqat hazm qilish fermentlarining normal faoliyati uchun zarur bo‘lgan muvozanatni saqlashda ishtirok etadi.
Lactobacillus Casei oshqozon-ichak traktida sut kislotali bakteriyalarning haddan tashqari ko‘payishini oldini oladi. Lactobacillus Casei diareyani kamaytiradi va organizmdagi mikrofloraning modifikatsiyasiga yordam beradi.
Lactobacillus Rhamnosus bakteriyalari organizmning, birinchi navbatda ichakning normal mikroflorasi tarkibiga kiradi. Ushbu bakteriyalar oshqozon va ichakda patogen bakteriyalarning o‘sishini oldini olish uchun zarur bo‘lgan "yaxshi bakteriyalar" muvozanatini saqlaydi. Lactobacillus Rhamnosus yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalarda rotavirus va boshqa virusli infeksiyalar sababli yuzaga kelgan diareyani davolash yoki oldini olish uchun ishlatilgan. Ushbu mahsulot, shuningdek, antibiotiklar qabul qilish vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan diareyani davolash uchun ham qo‘llaniladi.
Lactobacillus acidophilus shtammlari oshqozon kislotasi va ovqatlanish vaqtida ajraladigan o‘t kislotasi tuzlari ta’siridan zararlanmasdan ichakka yetib boradi. Ichakka tushgach, ular kolonizatsiyalanadi, immun hujayralarni qo‘llab-quvvatlaydi va zararli bakteriyalarning yashashiga to‘sqinlik qiluvchi sog‘lom sut kislotali muhitni yaratadi. Lactobacillus acidophilus bakteriyalari kislotali muhitda ko‘payadi va boshqa mikroorganizmlar hayoti uchun noqulay sharoitlar yaratadigan fermentlar ishlab chiqaradi. Ular ingichka ichakda ishlaydi, boshqa mikroorganizmlar (masalan, E.coli) bilan oziq moddalar uchun raqobatlashadi. Shuningdek, ular yog‘lar, oqsillar va sut mahsulotlarini hazm qilishga yordam beradigan ferment – laktaza ishlab chiqaradi, shu tariqa laktazaga sezuvchanlikni kamaytiradi. Bundan tashqari, bakteriyalar xolesterinni metabolizatsiya qiladi va shu bilan yurak ishemik kasalligi rivojlanishining potentsial xavfini kamaytiradi.
Bifidobacterium longum va Bifidobacterium breve asosan yo‘g‘on ichakda kolonizatsiyalanadi. Bu yerda ular antitanachalar ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, organizmni toksinlardan himoya qiladi va ichak shilliq qavatiga birikishini raqobatli bloklash yo‘li bilan noxush bakteriyalarning rivojlanishini to‘xtatadi.
Farmakokinetika
Probiotiklarning samaradorligi ularning oshqozonning kislotali muhitida va on ikki barmoqli ichakning ishqoriy sharoitida yashab qolish qobiliyati, shuningdek, yo‘g‘on ichak shilliq qavatiga birikib, u yerda kolonizatsiyalanish qobiliyati bilan bog‘liq.
Oshqozon va ingichka ichakdan o‘tgach, tirik qolgan probiotiklar vaqtincha yo‘g‘on ichakda qoladi.