Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Buyrak funksiyasi buzilishi, bolani emizishdan oldin sut bezlarini ishlov berish, homiladorlik, preparatga yuqori sezuvchanlik, bolalar yoshi (shu jumladan yangi tug‘ilganlar). Preparatni katta tana yuzalariga surtish tavsiya etilmaydi.
Qo'llash usuli
Mazni sochli bosh qismiga 10-15-25 g (zararlanish darajasi, sochning zichligi va uzunligiga qarab) surtib, 20-30 daqiqadan so‘ng iliq oqayotgan suvda sovun bilan yuvib tashlanadi.
Nojo´ya ta´sirlar
Dozani oshirib yuborish va uzoq muddat qo‘llashda, shuningdek, buyrak funksiyasi buzilganda o‘tkir va surunkali toksik reaksiyalar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, toshma, bosh og‘rig‘i, ongning chalkashishi, tutqanoq, oliguriya, shok) yuzaga kelishi mumkin.
Farmakologik xususiyatlari
Antiseptik va qarshi pedikulyoz ta’sir ko‘rsatadi.
Maxsus ko'rsatmalar
Mazni soch bilan qoplangan joylarga va o'tkir yallig'lanishli teri kasalliklari bo'lgan joylarga surtish mumkin emas. Mazning ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Preparatni bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash. Homiladorlik va emizish davrida dori vositasini qo‘llash mumkin emas. Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati. Preparat transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Uzoq muddat qo‘llanilganda keng zararlangan sohalarda o‘tkir zaharlanish belgilari paydo bo‘lishi mumkin: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qon aylanishining buzilishi va markaziy asab tizimining susayishi, tana haroratining pasayishi, eritromatoz toshma, shok, koma. Uzoq muddat qo‘llanilganda surunkali intoksikatsiya belgilari paydo bo‘lishi mumkin: ozib ketish, stomatit, ekzema, to‘qimalarning mahalliy shishi, hayz siklining buzilishi, anemiya, tutqanoq, alopesiya. Davolash simptomatik. Gemotransfuziya, gemodializ va peritoneal dializ ko‘rsatilgan. Tasodifiy ichga qabul qilinganda zond yordamida oshqozonni yuvish, ichga tuzli ich suruvchi vositalar, enterosorbentlar (faollashtirilgan ko‘mir), simptomatik terapiya buyuriladi. Og‘ir zaharlanish holatida organizmning hayotiy muhim funksiyalarini saqlab qolish choralarini ko‘rish kerak.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!