Farmakologik xususiyatlari
Ushbu preparatlarning kombinatsiyadagi samaradorligi alohida komponentalarnikidan yuqoridir.
Ibuprofen - nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita, yallig‘lanishga qarshi, isitmani tushiruvchi va og‘riqni qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Uning ta’siri periferik siklooksigenaza-2 (SOF-2) izofermentini ingibitsiyalash bilan bog‘liq bo‘lib, natijada nositseptiv nerv uchlarining sezuvchanligi pasayadi. Ibuprofenning isitmani tushiruvchi effekti gipotalamusda prostaglandinlar sintezining markaziy tormozlanishi bilan bog‘liq. Ibuprofen trombotsitlar agregatsiyasini qaytar ingibitsiyalaydi.
Paratsetamol - narkotik bo‘lmagan og‘riqni qoldiruvchi vosita, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Paratsetamol siklooksigenazani markaziy asab tizimida samaraliroq ingibitsiyalaydi. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi effekti prostaglandinlar, xususan, termoregulyatsiya markazi mediatorlari bo‘lgan E2 va F2 prostaglandinlarining biosintezini to‘g‘ridan-to‘g‘ri gipotalamusda tormozlanishi bilan bog‘liq.
Farmakokinetika
Ibuprofen me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi va plazma oqsillari bilan yaxshi bog‘lanadi. Ibuprofen sinovial suyuqlikka diffuziya yo‘li bilan o‘tadi. Qon zardobida ibuprofenning cho‘qqi darajalari odatda qo‘llangandan so‘ng bir yoki ikki soat ichida erishiladi. Ibuprofen jigarda ikki asosiy metabolitga metabolizatsiyalanadi va asosan buyraklar orqali, metabolitlar yoki asosiy kon’yugatlar ko‘rinishida, shuningdek, oz miqdorda o‘zgarmagan holda chiqariladi. Ibuprofen organizmdan to‘liq 24 soat ichida chiqariladi.
Paratsetamol me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Preparatning plazmadagi cho‘qqi konsentratsiyasi taxminan 10-60 daqiqa ichida peroral qo‘llangandan so‘ng erishiladi. Paratsetamol organizm to‘qimalarida taqsimlanadi. Paratsetamol jigarda metabolizatsiyalanadi va asosan glyukuronid va sulfat kon’yugatlari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi, taxminan 10% glutation kon’yugatlari ko‘rinishida chiqariladi. Paratsetamolning 5% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda chiqariladi. Preparatning yarim chiqarilish davri taxminan 1 dan 3 soatgacha o‘zgaradi.