Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni buyurishda anamnezida me’da-ichak yo‘llarining eroziyali-yarali shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarga, shuningdek, jigar, buyrak, gemopoez organlari funksiyasining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Yuqori dozalarda preparat trombotsitlar agregatsiyasini bostirishi mumkin, shuning uchun gemostaz buzilishi bo‘lgan bemorlarni diqqat bilan kuzatish zarur.
Preparatni keksalik yoshida, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, porfiriya bo‘lgan bemorlarga, shuningdek, jiddiy jarrohlik aralashuvlaridan so‘ng darhol ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Davolanish davomida jigar, buyrak funksiyasi va periferik qon manzarasini nazorat qilish zarur. Preparatni qo‘llash davrida preparatning gepatotoksik ta’siri kuchayishi mumkinligi sababli spirtli ichimliklar iste’mol qilish mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik davrida diklofenak va paratsetamolni qo‘llash mumkin emas.
Preparat ona sutiga o‘tadi, shuning uchun laktatsiya davrida preparatni buyurish zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransport boshqarish va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri.
Preparatni qabul qilish davrida bemorlar yuqori e’tibor va tez psixik va harakat reaksiyalarini talab qiladigan ishlarni (masalan, avtomobil boshqarish) bajarishdan saqlanishlari kerak.