-
Tarkibi
100 g preparatda:
faol modda: diklofenak dietilamin — 1,16 g, bu 1 g diklofenak natriygacha to‘g‘ri keladi.
yordamchi moddalari: natriy metil gidroksibenzoat, natriy propil gidroksibenzoat, karbomer (karbopol 934), trietanolamin, dinatriy edetat, izopropil spirti, propilenglikol, Kel’n essensiyasi (R 1495), polietoksil 40 gidrogenizatsiyalangan kastor yog‘i (Cresmer 40), mentol, tozalangan suv
-
Qo'llanilishi
Travmadan keyingi yumshoq to‘qimalar va bo‘g‘imlarning yallig‘lanishi (masalan, cho‘zilish, zo‘riqish va lat yeyish natijasida);
Yumshoq to‘qimalarning revmatik kasalliklari (tendovaginit, bursit, periartikulyar to‘qimalarning zararlanishi);
Mushak va bo‘g‘im kasalliklari bilan bog‘liq og‘riq sindromi va shish (revmatik artrit, osteoartroz, radikulit, lumbago, ishiatik og‘riq).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Diklofenak yoki preparatning boshqa komponentlariga, atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa YOKVPlarga yuqori sezuvchanlik, «aspirin» astmasi, homiladorlik (III trimestr), laktatsiya davri, bolalar yoshi (12 yoshgacha), teri butunligining buzilishi.
Ehtiyotkorlik bilan: jigar porfiriyasi (kuchayishi), eroziyali-yarali oshqozon-ichak trakti shikastlanishlari, jigar va buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, bronxial astma, keksalik yoshi, homiladorlik I va II trimestr.
-
Qo'llash usuli
Tashqi qo‘llash.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga preparat teriga kuniga 3-4 marta surtiladi va yengil uqalab singdiriladi. Kerakli preparat miqdori og‘riqli sohaning o‘lchamiga bog‘liq. Bir martalik doza 2-4 g (hajmi bo‘yicha gilos yoki yong‘oq kattaligiga mos keladi). Preparatni surtgandan so‘ng qo‘llarni yuvish kerak. Davolash davomiyligi ko‘rsatmalar va kuzatilayotgan ta’sirga bog‘liq. Preparatni 2 hafta davomida qo‘llagandan so‘ng shifokor bilan maslahatlashish lozim.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Mahalliy reaksiyalar: ekzema, fotosensibilizatsiya, kontakt dermatit (qichishish, qizarish, terining ishlov berilgan sohasida shish, papulalar, vezikulalar, qobiq hosil bo‘lishi).
Tizimli reaksiyalar: umumiy teri toshmasi, allergik reaksiyalar (urtikariya, angionevrotik shish, bronxospastik reaksiyalar), fotosensibilizatsiya.
-
Farmakologik xususiyatlari
Faol komponent diklofenak - yallig‘lanishga qarshi nosteroid preparat bo‘lib, aniq analgezik va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. 2-tip siklooksigenazani neselektiv tarzda bostirib, araxidon kislotasi metabolizmi va prostaglandinlar sintezini buzadi, ular yallig‘lanish rivojlanishida asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Diklofenak og‘riq sindromini bartaraf etish va yallig‘lanish jarayoni bilan bog‘liq shishlarni kamaytirish uchun qo‘llaniladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Bioranni faqat butun teriga surtish kerak, ochiq yaralarga tushishidan saqlanish lozim. Surtgandan so‘ng o‘tkazmaydigan bog‘lam qo‘yilmasligi kerak. Preparatning ko‘z va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri:
Preparat avtomobil boshqarish va yuqori tezlikdagi psixomotor reaksiyalarni talab qiladigan ishlarni bajarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning faol komponentlarining tashqi qo‘llashda tizimli so‘rilishi nihoyatda past bo‘lgani sababli, dozani oshirib yuborish deyarli mumkin emas.