1 sashe (=1,5g) Sink (sink sulfat ko‘rinishida) 10 mg Probiotik bakteriyalar 8 turi > 10 milliard KOYe (Bifidobacterium bifidum RKMUz-175, Bifidobacterium adolescentis RKMUz-109,
Bifidobacterium bifidum RKMUz-108, Lactobacillus plantarum RKMUz-174a, Lactobacillus acidophilus RKMUz-212, Lactobacillus bulgaricus RKMUz-210,
Propionibacterium avidum RKMUz-261, Streptococcus thermophilus RKMUz-237)*Yordamchi moddalar Fruktooligosaxaridlar (FOS) maltodekstrin, fruktoza, glyukoza; Mikrokristallik tsellyuloza va boshqalar TS bo‘yicha.
Qo‘llanilishi
bolalarga hayotining ilk kunlaridan, ayniqsa, muddatidan oldin tug‘ilganlarga organizmning normal o‘sishi va rivojlanishi uchun;
organizmdagi gormonal o‘zgarishlar davrida;
oshqozon-ichak trakti kasalliklarida, ayniqsa, diareya bo‘lganda ichak holatini normallashtirish uchun (sink va probiotiklar JSST tomonidan tavsiya etilgan);
zaiflashgan organizmda, kasal (bolalar, kattalar va keksalarda) immunitetni mustahkamlash uchun;
shamollashlarda (ORVI, gripp, yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish jarayonlari) tezroq sog‘ayish uchun;
erkaklarda reproduktiv salomatlikni yaxshilash uchun;
jigar va o‘t yo‘llari funksiyasi buzilishlarida ichak holatini normallashtirish uchun;
teri, shilliq qavatlar, shuningdek, oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasida yaralarni tezroq bitishi uchun;
qandli diabet va semizlikda organ hujayralarining insulinga sezuvchanligi buzilganda;
temir preparatlarini qabul qilishda.
Qo‘llash usuli
3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga yarim sashe.
4 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 1 sashe.
15 yoshdan boshlab bolalar va kattalarga kuniga 2 sashe. Qabul qilish muddati 10-20 kun.
Bola diareyasida, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) sink qabul qilish bo‘yicha tavsiyasini hisobga olgan holda, 6 oygacha bo‘lgan bolalarga kuniga 1 sashe, 6 oydan katta bolalarga kuniga 2 sashe. Qabul qilish muddati 10-14 kun.
Qabul qilishdan oldin 20-50 ml sovutilgan suyuqlik, masalan, qaynatilgan suv, sut, bolalar ovqatiga (harorat >40 °C bo‘lsa, bakteriyalar nobud bo‘lishi mumkin) aralashtiring. Olingan aralashmani yaxshilab aralashtirib, bir martada qabul qiling (bolaga bering). Tayyor aralashmani keyingi foydalanish uchun qoldirmang.
Kukun suyuqlikda to‘liq erimasligi mumkin, bu uning tarkibidagi tabiiy komponentlar xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy va normal jarayondir.