Farmakologik xususiyatlari
Magniy, BIFOLAK® MAGNIY tarkibida mavjud bo'lib, oqsillar sintezida, B guruhi vitaminlarini qabul qilishda, suyaklar shakllanishida, yurak, oshqozon-ichak trakti, nerv tizimi, paratireoid bezlarining sog'lom ishlashini ta'minlashda ishtirok etadi. BIFOLAK® MAGNIY tarkibidagi B6 vitamini magniyning OITdan so'rilishini va hujayralarga kirishini yaxshilaydi. Magniy bilan birgalikda B6 vitamini mushak spazmlarini kamaytiradi, nerv tizimi, jigar faoliyatini normal holatda saqlaydi, yog'lar va oqsillar almashinuvida muhim rol o'ynaydi.
BIFOLAK® MAGNIY probiotik bakteriyalari keng spektrli patogen va shartli patogen mikroorganizmlarga qarshi antagonistik faoliyatga ega bo'lib, ichak mikroflorasini tezda tiklashga, organizmning himoya kuchlarini, immunitetini faollashtirishga yordam beradi va shu bilan oshqozon-ichak trakti faoliyatini, almashinuvi jarayonlarini, qavatli hazm qilishni yaxshilaydi. Natijada, magniy va B6 vitaminining so'rilishi kuchayadi. Mikrokrisallik sellyuloza organizmni toksinlar, zararli moddalar va ichakda mavjud mikroorganizmlardan tozalashni ta'minlaydi, organizmni sog'lomlashtiradi, surunkali kasalliklarning davomiyligini qisqartiradi va zaiflashtiradi.