Farmakologik xususiyatlari
«Bifolak®-Tsinkum»ning foydali xususiyatlarini uning tarkibidagi tirik liofilizatsiyalangan probiotik bakteriyalar belgilaydi, ular keng spektrli patogen va shartli patogen mikroorganizmlarga nisbatan antagonist faollikka ega. Preparatdagi bifido- va laktobakteriyalarning yuqori miqdoriy darajasi ichak mikroflorasining fiziologik muvozanatini tez tiklanishiga yordam beradi, organizmning himoya kuchlarini, immunitetini faollashtiradi va shu bilan ovqat hazm qilish tizimi va butun organizm, almashinuv jarayonlari, devoriy hazm qilish faoliyatini yaxshilaydi. Mikrokristallik tsellyuloza tarkibi tufayli organizm ichakda mavjud bo‘lgan shlaklar, zararli moddalar va mikroorganizmlardan tozalanadi, organizm sog‘lomlanadi, surunkali kasalliklar kechishi qisqaradi va yengillashadi. «Bifolak®-Tsinkum» tarkibidagi sink ko‘plab RNK va DNK fermentlari, gormonlar hosil bo‘lishi va faollashuvida ishtirok etadi, bolalarning o‘sishi va rivojlanishini, jinsiy tizim organlarining normal faoliyatini ta’minlaydi, ko‘rishni qo‘llab-quvvatlaydi va yaxshilaydi, ta’m sezuvchanligi va ishtahaga ta’sir qiladi, immunitetni oshiradi, yog‘ almashinuvi va qondagi shakarni normallashtiradi, shilliq qavat epitelial hujayralarining strukturaviy elementi hisoblanadi, gemopoez, ovqat hazm qilish, gipofiz, oshqozon osti bezi, jigar, prostata bezining normal ishlashi uchun zarur, teri, soch va tirnoqlarning, suyak skeletining normal o‘sishi uchun majburiy, qarish jarayonini sekinlashtiradi.