-
Tarkibi
1 qoplangan tabletkada quyidagilar mavjud:
Faol modda: Albendazol 200 mg yoki 400 mg.
Yordamchi modda: Laktoza monogidrat, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyat, krosprovidon, polivinilpirrolidon K25, natriy laurilsulfat. Qoplama yordamchi moddalari: gidroksipropilmetilsellyuloza, polietilenglikol 4000, titan dioksidi, talk, Sunset Yellow bo‘yoqchisi – 200 mg doza uchun.
-
Qo'llanilishi
Preparat gelmint invaziyalarida, jumladan, nematodozlarda qo‘llaniladi: - neyrotsistitsirkoz, cho‘chqa tasmasimon chuvalchangining lichinka shakli (Taenia solium) bilan chaqirilgan; - jigar, o‘pka, qorin pardasi echinokokkozi, it tasmasimon chuvalchangining lichinka shakli (Echinococcus granulosus) bilan chaqirilgan: echinokokk kistalarini jarrohlik davolashda yordamchi vosita sifatida; - askaridoz; - trixoetsefalez; - ankilostomidoz; - enterobioz; - nekatorez; - strongiloidoz (strogiloidoz); - opistorxoz; - mikrospridioz; - toksokaroz; - lyamblioz; - aralash gelmintozlar.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- gipersensitivlik; - homiladorlik; - laktatsiya davri; - 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (xavfsizligi aniqlanmagan). Ehtiyotkorlik bilan: suyak iligi gemopoezining susayishi, jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi, ko‘z to‘r pardasi patologiyasi.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali, ovqatdan keyin, tabletkalarni chaynab yubormasdan, suv bilan ichiladi. Sutkalik doza - 0,4 g (bir marta qabul qilishda), bolalar uchun - 6 mg/kg. Ichak bo'shatadigan dori vositalari va maxsus dieta talab qilinmaydi. Ankilostomidoz va askaridoz uchun 0,4 g, enterobioz uchun 0,2 g bir martalik, zarur bo'lsa 3 haftadan so'ng takrorlanadi. Strongiloidoz uchun 0,4 g va tsestodoz uchun 0,2 g kuniga 1 marta 3 kun davomida, zarur bo'lsa 3 haftadan so'ng takrorlanadi. 2 yoshdan katta bolalar va kattalar - bosh miya tsistitserkozi: 0,4 g kuniga 2 marta 8-30 kun davomida. Askaridoz, trixocefalyoz, enterobioz va ankilostomidoz - 0,4 g bir martalik, zarur bo'lsa 3 haftadan so'ng takrorlanadi. Lyamblioz: 0,4 g kuniga 1 marta 3 kun davomida. Strongiloidoz va tsestodoz: 0,4 g kuniga 1 marta 3 kun davomida, zarur bo'lsa 3 haftadan so'ng takrorlanadi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: - qorin og‘rig‘i; - ko‘ngil aynishi; - qusish; - dispepsiya; - "jigar" transaminazalari faolligining oshishi. Nerv tizimi tomonidan: - bosh og‘rig‘i; - bosh aylanishi; - meningeal simptomlar. Qon hosil qiluvchi organlar tomonidan: - suyak iligi qon hosil qilishining susayishi; - leyopeniya; - granulositopeniya; - agranulositoz; - trombotsitopeniya; - pansitopeniya. Siydik ajratish tizimi tomonidan: - buyrak funksiyasining buzilishi; - o‘tkir buyrak yetishmovchiligi. Allergik reaksiyalar: - teri toshmasi; - qichishish. Boshqalar: - gipetermiya (haroratning oshishi); - arterial bosimning oshishi; - qaytar alopesiya.
-
Farmakologik xususiyatlari
Antigelmint preparat, mono- va poliinvaziyalarda samarali. Beta-tubulinning polimerizatsiyasini selektiv tarzda bostiradi, gelmintlarning ichak kanali hujayralarining mikrotubulyar tizimi faoliyatini buzadi: glyukozaning utilizatsiyasini bostiradi, sekretor granulalar va boshqa organellalarning dumaloq chuvalchanglar mushak hujayralarida harakatlanishini bloklaydi, bu ularning o‘limiga olib keladi. Ayniqsa, tsestodlarning lichinka shakllariga nisbatan samarali - Echinococcus granulosus va Taenia solium, nematodlar - Strongyloides stercolatis.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Albendazol suyak iligi gemopoezining susayishi, jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi, ko‘z to‘r pardasi patologiyasi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Qon tahlillari har bir 28 kunlik sikl boshida va preparat bilan davolash davrida har 2 haftada o‘tkazilishi kerak. Leykopeniya rivojlanishida terapiyani to‘xtatish zarur. Agar leykotsitlar va neyrotrof leykotsitlarning umumiy miqdori pasayishi mo‘tadil va progres qilmasa, albendazol bilan davolashni davom ettirish mumkin. Yuqori dozalarda preparat qabul qilayotgan bemorlar jigar funksiyalari holatini doimiy nazorat qilish bilan diqqatli kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Reproduktiv yoshdagi ayollarga davolashni boshlashdan oldin homiladorlik yo‘qligiga test o‘tkaziladi. Terapiya davomida ishonchli kontratseptsiya majburiydir. Ko‘z to‘r pardasi zararlangan neyrotsistitsirkozda albendazol bilan davolashni boshlashdan oldin ko‘z to‘r pardasini tekshirish zarur (uning patologiyasi kuchayishi xavfi). Neyrotsistitsirkoz bilan kasallangan bemorlar steroidlar (GKS) va antikonvulsant preparatlar bilan mos terapiya olishi kerak. Og‘iz orqali yoki tomir ichiga kortikosteroidlar antitsist terapiyaning birinchi haftasida gipertenziya xurujini oldini olish uchun qo‘llaniladi.