Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Og‘ir o‘tkir yoki surunkali og‘riq sindromi travmalar va operatsiyadan keyingi og‘riq sindromida, kolikalarda, onkologik kasalliklarda va boshqa holatlarda, boshqa terapevtik choralar kontrendikatsiya qilingan hollarda.
Boshqa davolash usullariga chidamli isitma.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Pirazolon hosilalariga (propifenazon, fenazon yoki fenilbutazon) yuqori sezuvchanlik;
atsetilsalitsil kislotasi, salitsilatlar yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) qabul qilish bilan induktsiyalangan bronxial astma; atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYaQP qabul qilish bilan chaqirilgan bronxoobstruksiya, rinit, eshakemi (shu jumladan anamnezda);
aortokoronar shuntlashdan keyingi holat;
qon hosil bo‘lishining susayishi (agranulositoz, tsitostatik yoki infeksion neyropeniya);
o‘tkir buyrak yoki jigar yetishmovchiligi;
o‘tkir intermitent jigar porfiriyasi;
tasdiqlangan giperqaliemiya;
oshqozon va 12 barmoqli ichak shilliq qavatining eroziyali-yarali o‘zgarishlari, faol me’da-ichak qon ketishi, ichakning yallig‘lanish kasalliklari;
anemiya, leyopeniya;
glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bilan bog‘liq irsiy gemolitik anemiya;
homiladorlik (I va III trimestr), emizish davri;
chaqaloqlik yoshi (3 oygacha tana vazni 5 kg dan kam bo‘lsa);
vena ichiga yuborish uchun – 12 oygacha bo‘lgan bolalar (tana vazni 9 kg gacha).
Qo'llash usuli
Tomir ichiga, mushak ichiga chuqur.
Preparatning parenteral yuborilishi faqat uni og'iz orqali qabul qilish imkoni bo'lmaganda ko'rsatiladi. Yuborishdan oldin preparatni tana haroratigacha isitish tavsiya etiladi.
Kattalar va 15 yoshdan katta o'smirlar: bir martalik doza sifatida 1,0-2,0 ml (500 mg/ml) metamizol eritmasi (mushak ichiga yoki tomir ichiga) tavsiya etiladi. Maksimal sutkalik doza 2000 mg, kuniga 2-3 marta yuborishga bo'linadi. Maksimal bir martalik doza - 1000 mg.
3-11 oylik bolalarga (tana vazni 5 kg dan ortiq, 9 kg gacha) preparat faqat mushak ichiga 50-100 mg 10 kg tana vazniga (0,1-0,2 ml eritma 500 mg/ml) dozada yuboriladi. Bir martalik doza 2-3 marta yuborishga bo'linishi mumkin.
Nojo´ya ta´sirlar
allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, Kvinke shishi; kamdan-kam hollarda - anafilaktik shok);
uzoq muddat qo'llanilganda leykopeniya paydo bo'lishi mumkin, kamdan-kam hollarda agranulotsitoz.
Bronxospazmga moyil bo'lganda, tutqanoqni keltirib chiqarishi mumkin.
Buyrak funksiyasining buzilishi mumkin.
Farmakologik xususiyatlari
Pirazolonlar guruhiga mansub narkotik bo‘lmagan analjezik vosita, og‘riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va spazmolitik ta’sirga ega. Uning ta’sir mexanizmi to‘liq aniqlanmagan. Mavjud ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, metamizol va uning asosiy metaboliti (4N-metilaminoantipirin [4-MAA]) markaziy va periferik ta’sir mexanizmiga ega. Terapevtik dozadan yuqori dozada yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ehtimol prostaglandinlar sintezini bostirish hisobiga.
Maxsus ko'rsatmalar
Sitostatik vositalar qabul qilayotgan bemorlarni va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni natriy metamizol bilan davolash faqat shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak. Anafialaktik/anafilaktoid reaksiyalar
Dori vositasini yuborish usulini tanlashda, parenteral qo‘llash anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar rivojlanish xavfi yuqoriroq ekanligini hisobga olish kerak.
Metamizol natriyga anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar rivojlanish xavfini oshiruvchi holatlar:
analgetiklar qabul qilish bilan bog‘liq bronxial astma sindromi; urtikariya yoki angionevrotik shish tipidagi analgetiklarga toqat qilmaslik; bronxial astma, qaytalanuvchi burun va burun atrofidagi bo‘shliqlarning polipozi va atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa YOKV (shu jumladan, anamnezda) ga toqat qilmaslikning to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan birikmasi; surunkali urtikariya; alkogolga toqat qilmaslik (alkogolga yuqori sezuvchanlik), bunda hatto ayrim alkogolli ichimliklarning oz miqdorini qabul qilganda ham bemorlarda aksirish, ko‘zdan yosh oqishi va yuzning kuchli qizarishi kuzatiladi. Alkogolga toqat qilmaslik ilgari aniqlanmagan analgetiklar (aspirin astmasi) bilan bog‘liq bronxial astma sindromi mavjudligidan dalolat berishi mumkin; bo‘yoqlarga (masalan, tartrazin) yoki konservantlarga (masalan, benzoatlar) toqat qilmaslik yoki yuqori sezuvchanlik; boshqa pirazolonlar, pirazolidinlar va boshqa narkotik bo‘lmagan analgetiklarga anafilaktik yoki boshqa immunologik reaksiyalar
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!