Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Faqat retsept bilan
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari baktopik 2% 3g burun uchun malham
ta'sir qiluvchi modda: mupirosin kalsiy;
1 g ma'z tarkibida mupirosin kalsiy mupirosinga hisoblaganda - 20 mg;
boshqa tarkibiy qismlar: oq yumshoq parafin, softizan 649.
Qo'llanilishi
Staphylococcus aureus, shu jumladan metitsillinrezistent shtammlar keltirib chiqargan burun bo‘shlig‘i infeksiyalarini mahalliy davolash.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Mupirotsinga yoki preparatning boshqa har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik
Qo'llash usuli
Kattalar, bolalar va keksalar
Mazni kichik miqdorda (taxminan gugurt boshchasi hajmida) kichik barmoq yoki paxta tayoqchasi yordamida har bir burun yo‘liga burun shilliq qavatiga 2-3 marta kuniga surtiladi. Maz surtilgandan so‘ng, mazning shilliq qavat bo‘ylab bir tekis taqsimlanishi uchun burunni ikki tomondan bir necha marta qisib qo‘yish kerak. Davolash boshlanganidan 3-5 kun o‘tib burun bo‘shlig‘i qo‘zg‘atuvchilardan tozalanadi. Davolash 10 kundan ortiq davom etmasligi kerak.
Preparat faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Preparatni shilliq qavatga surtilgandan so‘ng qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak.
Mazni boshqa preparatlar bilan aralashtirmang, chunki maz suyultirilganda antibakterial faollik kamayadi va mazning faol moddasining barqarorligi yo‘qolishi mumkin.
Jigar va buyrak yetishmovchiligida doza o‘zgartirilishi talab etilmaydi.
Nojo´ya ta´sirlar
Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda – teri gipersenstitivlik reaksiyalari, tizimli allergik reaksiyalar, shu jumladan anafilaksiya, umumiy toshma, eshakemi va angionevrotik shish.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va o‘rta ko‘krak oralig‘i tomonidan: kam hollarda – burun shilliq qavati tomonidan reaksiyalar: qichishish, kuydiruvchi his, qizarish, shuningdek, burun oqishi, aksirish, burun bitishi, yo‘tal, faringit.
Nerv tizimi tomonidan: noma’lum – bosh og‘rig‘i, ta’m sezish o‘zgarishi.
Maxsus ko'rsatmalar
Gipersensitivlik reaksiyalari
Mazni qo'llashda gipersenstitivlik reaksiyalari yoki terining og'ir mahalliy reaksiyalari yuzaga kelganda davolashni to'xtatish, maz qoldiqlarini olib tashlash va mos terapiyani tayinlash kerak.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llanilishi
Homiladorlik.
Mupirotsin hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homilaga zararli ta’sir ko‘rsatish belgilarini aniqlamagan. Homiladorlik davrida mupirotsinli mazni qo‘llash bo‘yicha klinik ma’lumotlar mavjud emas. Baktopik mazini homiladorlik davrida faqat onaga bo‘lgan potentsial foyda homilaga bo‘lgan mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llash kerak.
Emizish davri.
Mupirotsinning mahalliy qo‘llanilganda ona sutiga ajralishi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.
Bolalar
12 yoshdan boshlab bolalarni davolash uchun qo‘llaniladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish tezligiga ta’sir qilish qobiliyati.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi nojo‘ya reaksiyalar aniqlanmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlar. Mupirotsin bilan dozani oshirib yuborish simptomlari bo‘yicha tajriba cheklangan.
Davolash. Maxsus davolash mavjud emas. Simptomatik terapiya va bemor holatini monitoring qilish ko‘rsatilgan.
Farmakologik xususiyatlari
Mupirosin Pseudomonas fluorescens fermentatsiyasi natijasida hosil bo‘ladigan strukturaviy bog‘liq metabolitlar guruhining asosiy antibakterial komponenti hisoblanadi. Mupirosinning ta’sir mexanizmi bakterial izoleysil-transfer-RNK-sintetazasini inhibitsiya qilishdan iborat bo‘lib, natijada boshqa antibiotiklar bilan o‘zaro rezistentlik kutilmaydi.
Mupirosin minimal ingibiruvchi konsentratsiyalarda qo‘llanganda bakteriostatik xususiyatlarga ega, yuqoriroq konsentratsiyalarda, ya’ni mahalliy qo‘llashda erishiladigan konsentratsiyalarda – bakteritsid xususiyatlarga ega.
Odatda sezgir mikroorganizmlar:
Staphylococcus aureus*
Streptococcus spp.
Rezistentlik rivojlanishi muammo bo‘lishi mumkin bo‘lgan mikroorganizmlar:
Metitsillinrezistent Staphylococcus aureus (MRSA)
Metitsillinrezistent koagulaza manfiy Staphylococci (MRCoNS)
Rezistent mikroorganizmlar:
Corynebacterium spp.
Micrococcus spp.
*Klinik samaradorlik tasdiqlangan klinik ko‘rsatmalarda sezgir izolyatlarda namoyon bo‘lgan
Mupirosinga (MPC) nisbatan Staphylococcus aureus uchun sezgirlik chegaraviy qiymatlari:
Sezgir: 1 mg/l yoki kam.
Rezistent: 256 mg/l dan yuqori.
Farmakokinetika
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mupirosin mahalliy qo‘llanganda dori vositasining tizimli so‘rilishi juda ahamiyatsiz. Mupirosinning zararlangan teri yoki qon tomir sohalari, masalan, shilliq qavatlarga qo‘llanganda mumkin bo‘lgan kuchaygan tizimli kirib borishini takrorlash maqsadida mupirosinning vena ichiga yuborilishi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi. Mupirosin plazmadan tezda metabolizm yo‘li bilan, asosan, monieviy kislota shaklida chiqariladi, u esa o‘z navbatida asosan siydik bilan chiqariladi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!