Farmakologik xususiyatlari
Jonli bakteriyalar ichakka kirib, patogen bakteriyalarga, masalan, stafilokokklar, xamirturushga o'xshash qo'ziqorinlar va boshqalarga antagonistik ta'sir ko'rsatadi va bifidobakteriyalar, laktobakteriyalar, bakteroidlar va peptostreptokoklar o'sishini rag'batlantiradi, shunday qilib, ichak mikrofloresining muvozanatini tartibga soladi.
Dori vositasi organizm tomonidan patogen bakteriyalarni yo'q qilish uchun antibakterial faoliyatga ega moddalarni sintez qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, laktozaning fermentatsiyasi pH omilini kislotali tomonga siljitadi. Kislotali muhit patogen va shartli patogen bakteriyalarning o'sishini bostiradi va ovqat hazm qilish fermentlarining optimal faoliyatini ta'minlaydi.
Dori vositasi B guruhi vitaminlari, K, askorbin kislotasini sintez qilishda ishtirok etadi, shunday qilib, organizmning tashqi muhitning salbiy omillariga qarshi chidamliligini oshiradi, organizmning immun reaktivligini oshiradi, safro pigmentlari va safro kislotalarining metabolizmida ishtirok etadi.