Farmakologik xususiyatlari
Bakido kombinasiyalangan dori vositasi,
Ofloksasin - ftorxinolonlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan antimikrob vosita. Ofloksasinning bakteritsid ta'siri, boshqa ftorxinolonlar kabi, uning bakterial ferment DNK-girazani bloklash qobiliyati bilan bog'liq.
Ofloksasin keng ta'sir doirasiga ega: u ko'pchilik grammanfiy bakteriyalarga nisbatan faol - Escherichia coli, Klebsiella, Proteus, Salmonella, Yersinia, Providencia, Shigella, Enterobacter, Citrobacter, Providentia, Pseudomonas, Hafnia, shuningdek Staphylococcus (metitsillinga va boshqa antibiotiklarga chidamli mikroflora jumladan).
Doriga shuningdek Neisseria, Mycoplasma, Chlamydia, Campylobacter, Brucella, Vibrio, Aeromonas, Plesiomonas, Haemophilus influenzae, Versinia sezgir.
Doriga o'zgaruvchan sezgirlikka ega: enterokokklar, streptokokklar (S.pyogenes, S.pneumoniae, S.viridans), Serratia marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter, Mycoplasma (M.hominis, M.pneumoniae), sil mikobakteriyalari, shuningdek Mycobacterium fortuitum, Gardnerella vaginalis, Ureaplasma, Bruccella.
Doriga sezgir emas: anaerob bakteriyalar (B. urealiticusdan tashqari), Treponema pallidum, viruslar, zamburug'lar va sodda organizmlar.
Ornidazol - antiprotozoal va antibakterial vosita. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia, shuningdek ayrim anaerob bakteriyalarga, masalan: Bacteroides, Clostridium spp., Fusobacterium spp. va anaerob kokklarga nisbatan faol.
Ta'sir mexanizmi bo'yicha ornidazol - DNK-trop dori bo'lib, ferment tizimlariga ega mikroorganizmlarga nisbatan selektiv faollikka ega, ular nitrogruppani tiklash va ferridoksinlar guruhiga mansub oqsillarni nitrobirikkmalar bilan o'zaro ta'sirini kataliz qilish qobiliyatiga ega. Dori mikroblar hujayrasiga kirgandan so'ng, uning ta'sir mexanizmi mikroorganizmlar nitroreduktazasi ta'sirida nitrogruppaning tiklanishi va allaqachon tiklangan nitroimidazolning faolligi bilan bog'liq. Tiklanish mahsulotlari DNK bilan komplekslar hosil qiladi, uni degradatsiyaga uchratadi, DNK replikatsiyasi va transkripsiyasi jarayonlarini buzadi. Bundan tashqari, dori metabolitlari sitotoksik xususiyatlarga ega va hujayra nafas olish jarayonlarini buzadi