Extiyotkorlik bilan
Taqiqlangan
Extiyotkorlik bilan
Extiyotkorlik bilan
Ruxsat
faol modda: nifuroksazid 220 mg
yordamchi moddalari: natriy saxarinat, simetikon, glitserin, ksantan saqichi, banan aromatizatori, metilparagidroksibenzoat, in'ektsiya uchun suv 5 ml gacha.
- nifuroksazidga, nitrofuran hosilalariga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik;
- yangi tug‘ilgan davr (1 oygacha);
- muddatidan oldin tug‘ilganlik;
Preparat og'iz orqali qo'llaniladi.
Preparatni qabul qilishdan oldin flakonni bir necha marta chayqatish kerak, shunda suspenziya bir hil bo'ladi. Preparatni suv bilan ichish mumkin.
· 1 oydan 6 oygacha bo'lgan bolalarga: 110 mg nifuroksazid (2,5 ml suspenziya) kuniga 2-3 marta (qabul qilishlar orasidagi interval 8 - 12 soat).
· 6 oydan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga: 110 mg nifuroksazid (2,5 ml suspenziya) kuniga 3 marta (qabul qilishlar orasidagi interval 8 soat).
· 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga: 220 mg nifuroksazid (5 ml suspenziya) kuniga 3 marta (qabul qilishlar orasidagi interval 8 soat).
· 6 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalarga: 220 mg nifuroksazid (5 ml suspenziya) kuniga 3 - 4 marta (qabul qilishlar orasidagi interval 6 - 8 soat).
· Kattalarga: 220 mg nifuroksazid (5 ml suspenziya) kuniga 4 marta (qabul qilishlar orasidagi interval 6 soat).
Bakdiar preparatini 5-7 kun davomida, lekin 7 kundan ko'p bo'lmagan muddatda qo'llash kerak. Agar birinchi 3 kun davomida yaxshilanish bo'lmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Preparatni faqat qo'llash usuli va dozalariga muvofiq qo'llash kerak, ular yo'riqnomada ko'rsatilgan. Zarurat tug'ilganda preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, Kvinke shishi, anafilaktik shok.
Agar ko‘rsatilgan nojo‘ya reaksiyalardan har biri kuchaysa yoki bemor boshqa nojo‘ya reaksiyalarni sezsa, bu haqda shifokorga xabar berishi kerak.
Diareyani davolashda nifuroksazid terapiyasi bilan birga rehidratatsion terapiya o‘tkazish zarur.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda diareyani davolash shifokor nazorati ostida o‘tkazilishi tavsiya etiladi.
Bakterial diareya va tizimli zararlanish belgilarida (umumiy holatning yomonlashuvi, tana haroratining ko‘tarilishi, intoksikatsiya yoki infeksiya simptomlari) tizimli ta’sirga ega antibakterial preparatlarni qo‘llash masalasini hal qilish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.
Gipersensitivlik simptomlari (nafas qisilishi, toshma, qichishish) paydo bo‘lsa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Davolash davomida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish taqiqlanadi.
Metilparagidroksibenzoat tarkibiga ega bo‘lgani uchun Bakdiar preparati allergik reaksiyalar (ehtimol, kechikkan) chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda teratogen ta’sir aniqlanmagan. Biroq, ehtiyot chorasi sifatida nifuroksazidni homiladorlik davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi (homiladorlik davrida klinik tajriba yetarli emas).
Laktatsiya davrida preparatni qisqa muddatli qabul qilishda emizishni davom ettirish mumkin. Shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparat transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Nifuroksazid bilan davolash vaqtida nifuroksazidning kuchli adsorbsion xususiyatlari tufayli boshqa og‘iz orqali qabul qilinadigan dori vositalarini bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish kerak.
Disulfiramga o‘xshash reaksiyalarni chaqiruvchi preparatlar, markaziy asab tizimi faoliyatini susaytiruvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Agar bemor boshqa dori vositalarini (shu jumladan, retseptsiz) qabul qilayotgan bo‘lsa, Bakdiar preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Dozani oshirib yuborish simptomlari noma'lum.
Dozani oshirib yuborish holatida simptomatik davolash o'tkazish kerak.
Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.