-
Tarkibi
Faol modda: vildagliptin;
1 tabletka tarkibida 50 mg vildagliptin mavjud;
Yordamchi moddalar: mikrokristallik tsellyuloza, anhidrat laktosa, past darajada almashgan gidroksipropiltseluloza, magniy stearati.
-
Qo'llanilishi
Kattalarda II turdagi qandli diabetni davolash.
Monoterapiya sifatida:
Faqatgina dieta va jismoniy mashqlar yetarli nazoratni ta'minlamaydigan bemorlarda, shuningdek, metformin qo'llash mumkin bo'lmagan yoki toqat qilinmaydigan bemorlarda.
Ikki komponentli og'iz orqali terapiya tarkibida quyidagilar bilan kombinatsiyada:
Metformin bilan, metformin monoterapiyasining maksimal toqat qilinadigan dozasi fonida glyukemik nazorat yetarli bo'lmagan bemorlarda;
sulfonilmochevina bilan, sulfonilmochevinaning maksimal toqat qilinadigan dozasi fonida glyukemik nazorat yetarli bo'lmagan va metformin qo'llash mumkin bo'lmagan yoki toqat qilinmaydigan bemorlarda;
tiazolidindion bilan, glyukemik nazorat yetarli bo'lmagan va tiazolidindion qo'llash mumkin bo'lgan bemorlarda.
Uch komponentli og'iz orqali terapiya tarkibida quyidagilar bilan kombinatsiyada:
Sulfonilmochevina va metformin bilan, dieta va jismoniy mashqlar hamda ushbu dori vositalari bilan ikki komponentli terapiya yetarli glyukemik nazoratni ta'minlamaganda.
Insulin bilan (metformin bilan yoki usiz), dieta va jismoniy mashqlar hamda barqaror insulin dozasida yetarli glyukemik nazoratga erishilmaganda.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Vildagliptin yoki har qanday yordamchi moddalarga ma'lum bo'lgan yuqori sezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Monoterapiya sifatida, metformin bilan birga, tiazolidindion bilan birga, metformin va sulfonilmochevina bilan birga yoki insulin bilan birga (metformin bilan yoki usiz) qo‘llanilganda vildeglyiptin tavsiya etilgan sutkalik doza 100 mg ni tashkil etadi, bu ikki marta qabul qilinadi: 50 mg ertalab va 50 mg kechqurun.
Sulfonilmochevina bilan ikki komponentli kombinatsiyada qo‘llanilganda vildeglyiptin tavsiya etilgan doza 50 mg bir marta sutkada, ertalab. Ushbu bemorlar populyatsiyasida vildeglyiptin 100 mg sutkada dozada vildeglyiptin 50 mg bir marta sutkada dozadan ko‘proq samarali bo‘lmagan.
Sulfonilmochevina bilan kombinatsiyada gipoglikemiya rivojlanish xavfini kamaytirish maqsadida sulfonilmochevinaning past dozalarini qo‘llash mumkin.
Preparatning 100 mg dozasi oshirilishi tavsiya etilmaydi.
Ayglyip preparatini qabul qilishni o‘tkazib yuborgan taqdirda, uni bemor eslagan zahoti qabul qilish kerak. Shu kuni ikki marta doza qabul qilinmasligi kerak.
Vildeglyiptinni metformin va tiazolidindion bilan uch komponentli peroral terapiya tarkibida qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Jigar yoki buyrak funksiyasi buzilgan bemorlar uchun dozalash
Ayglyip jigar funksiyasi buzilgan bemorlarga, shu jumladan davolashdan oldin ALT yoki AST darajasi normal yuqori chegarasidan 3 baravar yuqori bo‘lgan bemorlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Buyrak funksiyasi yengil darajada buzilgan (kreatinin klirensi ≥ 50 ml/min) bemorlarga Ayglyip preparati dozasini o‘zgartirish zarurati yo‘q. Buyrak funksiyasi o‘rtacha yoki og‘ir darajada buzilgan yoki PNTC bo‘lgan bemorlarga tavsiya etilgan doza 50 mg bir marta sutkada.
Keksalar uchun dozalash
65 yoshdan oshgan bemorlarga dozalashni o‘zgartirish zarurati yo‘q.
Bolalar uchun dozalash
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga Ayglyip preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki xavfsizlik va samaradorlik bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Vildagliptin qo‘llanilishining xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar vildagliptin 50 mg (kuniga bir marta) yoki 100 mg (50 mg ikki marta yoki 100 mg bir marta kuniga) dozada, monoterapiya va boshqa dori vositasi bilan birga qabul qilgan bemorlarda o‘tkazilgan nazoratli tadqiqotlar davomida olingan. Vildagliptin qabul qilishda yuzaga kelgan nojo‘ya reaksiyalarning aksariyati yengil va vaqtinchalik bo‘lgan, davolashni to‘xtatishni talab qilmagan. Nojo‘ya reaksiyalarning rivojlanishi bilan bemorning yoshi yoki irqi, preparatni qabul qilish davomiyligi yoki kunlik dozasi o‘rtasida bog‘liqlik aniqlanmagan.
Jigar disfunktsiyasi (shu jumladan gepatit) rivojlanishining ayrim holatlari haqida xabar berilgan. Bu holatlar odatda simptomsiz, klinik oqibatlarsiz bo‘lgan va davolash to‘xtatilgandan so‘ng JFP natijalari normal holatga qaytgan. Monoterapiya va qo‘shimcha terapiya bo‘yicha nazoratli tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, ALT yoki AST darajasining normal yuqori chegarasidan ≥ 3 marta oshishi vildagliptin 50 mg kuniga bir marta, vildagliptin 50 mg ikki marta kuniga va barcha taqqoslash preparatlari uchun mos ravishda 0,2 %, 0,3 % va 0,2 % ni tashkil qilgan. Transaminazalar darajasining oshishi asosan simptomsiz, progres qilmagan va xolestaz yoki sariqlik bilan bog‘liq bo‘lmagan.
Vildagliptin qo‘llanilishi bilan bog‘liq angionevrotik shishning ayrim holatlari, nazorat guruhidagi kabi tezlikda kuzatilgan. Bunday holatlar ko‘proq vildagliptin AAF ingibitori bilan birga qo‘llanilgan guruhda kuzatilgan. Ko‘pchilik holatlar yengil bo‘lgan va vildagliptin fonida o‘tib ketgan.
Vildagliptin monoterapiyasi va kombinatsiyalangan terapiya olgan bemorlarda ikki ko‘r tadqiqotlar davomida kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar quyida har bir ko‘rsatma uchun organ tizimi klassi va mutlaq tez-tezlik bo‘yicha keltirilgan. Tez-tezlik quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100, <1/10), kam (≥ 1/1000, <1/100), kamdan-kam (> 10000, ≤ 1/1000), juda kam (≤ 1/10000), tez-tezlik noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi). Har bir tez-tezlik bo‘yicha birlashtirilgan guruhda nojo‘ya reaksiyalar jiddiylik kamayish tartibida keltirilgan.
Vildagliptin monoterapiyasi. Ikki ko‘r tadqiqotlar davomida vildagliptin 100 mg kuniga monoterapiya sifatida olgan bemorlarda qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar.
Infeksiyalar va invaziyalar: juda kam - yuqori nafas yo‘llari infeksiyasi, nazofaringit.
Modda almashinuvi tomonidan: kam - gipoglikemiya.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh aylanishi; kam - bosh og‘rig‘i.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam - periferik shishlar.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam - qabziyat.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: kam - artralgiya.
Teri tomonidan: gipersezuvchanlik reaksiyalari mumkin.
Ayrim nojo‘ya reaksiyalar tavsifi.
Vildagliptin monoterapiyasi bo‘yicha nazoratli tadqiqotlarda nojo‘ya reaksiyalar tufayli davolashni muddatidan oldin to‘xtatish holatlari tez-tezligi vildagliptin 100 mg kuniga olgan bemorlarda platsebo yoki taqqoslash preparatlari olgan bemorlarnikidan ko‘p bo‘lmagan.
Monoterapiya bo‘yicha nazoratli taqqoslash tadqiqotlarida kam uchraydigan gipoglikemiya holatlari vildagliptin 100 mg kuniga olgan bemorlarning 0,4 % da, faol taqqoslash preparati yoki platsebo olgan bemorlarning 0,2 % da, jiddiy yoki og‘ir holatlarsiz kuzatilgan.
Klinik tadqiqotlarda vildagliptin 100 mg kuniga monoterapiya sifatida buyurilganda bemorlarning tana vazni boshlang‘ich darajaga nisbatan o‘zgarmagan.
2 yilgacha davom etgan klinik tadqiqotlar vildagliptin monoterapiyasi holatida qo‘shimcha xavf belgilarini yoki kutilmagan xatarlarni aniqlamagan.
Preparatning metformin bilan kombinatsiyasi. Vildagliptin 100 mg kuniga metformin bilan birga olgan bemorlarda tadqiqotlar davomida qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar.
Modda almashinuvi tomonidan: tez-tez - gipoglikemiya.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez - tremor, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i; kam - charchoq.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - ko‘ngil aynishi.
Ayrim nojo‘ya reaksiyalar tavsifi
Vildagliptin 100 mg kuniga + metformin kombinatsiyasi bo‘yicha nazoratli klinik tadqiqotlarda nojo‘ya reaksiyalar tufayli davolashni to‘xtatish holatlari vildagliptin 100 mg kuniga + metformin yoki platsebo + metformin guruhlarida qayd etilmagan.
Klinik tadqiqotlarda gipoglikemiya holatlari vildagliptin 100 mg kuniga + metformin olgan bemorlarda tez-tez (1 %), platsebo + metformin olganlarda kam (0,4 %) kuzatilgan. Vildagliptin guruhlarida og‘ir gipoglikemiya holatlari qayd etilmagan.
Klinik tadqiqotlarda metforminga vildagliptin 100 mg kuniga qo‘shilganda bemorlarning tana vazni boshlang‘ich darajaga nisbatan o‘zgarmagan.
2 yil va undan ortiq davom etgan klinik tadqiqotlarda metforminga vildagliptin qo‘shilganda qo‘shimcha xavf belgilarini yoki kutilmagan xatarlarni aniqlamagan.
Preparatning sulfonilmochevina bilan kombinatsiyasi. Vildagliptin 50 mg sulfonilmochevina bilan birga olgan bemorlarda ikki ko‘r tadqiqotlar davomida qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar.
Infeksiyalar va invaziyalar: juda kam - nazofaringit.
Modda almashinuvi tomonidan: tez-tez - gipoglikemiya.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez - tremor, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, asteniya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam - qabziyat.
Ayrim nojo‘ya reaksiyalar tavsifi
Vildagliptin 50 mg va sulfonilmochevina kombinatsiyasi bo‘yicha nazoratli klinik tadqiqotlarda nojo‘ya reaksiyalar tufayli davolashni muddatidan oldin to‘xtatish holatlari vildagliptin 50 mg + sulfonilmochevina kombinatsiyasida 0,6 %, platsebo + sulfonilmochevina guruhida 0 % ni tashkil qilgan.
Klinik tadqiqotlarda vildagliptin 50 mg kuniga bir marta glimepiridga qo‘shilganda gipoglikemiya holatlari 1,2 %, platsebo + glimepirid guruhida 0,6 % ni tashkil qilgan. Vildagliptin guruhlarida og‘ir gipoglikemiya holatlari qayd etilmagan.
Klinik tadqiqotlarda glimepiridga vildagliptin 50 mg kuniga qo‘shilganda bemorlarning tana vazni boshlang‘ich darajaga nisbatan o‘zgarmagan.
Preparatning tiazolidindion bilan kombinatsiyasi. Vildagliptin 100 mg kuniga tiazolidindion bilan birga olgan bemorlarda ikki ko‘r tadqiqotlar davomida qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar.
Modda almashinuvi tomonidan: tez-tez - tana vaznining oshishi; kam - gipoglikemiya.
Nerv tizimi tomonidan: kam - bosh og‘rig‘i, asteniya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez - periferik shishlar.
Ayrim nojo‘ya reaksiyalar tavsifi
Vildagliptin 100 mg kuniga va tiazolidindion kombinatsiyasi bo‘yicha nazoratli klinik tadqiqotlarda nojo‘ya reaksiyalar tufayli davolashni to‘xtatish holatlari vildagliptin 100 mg kuniga + tiazolidindion yoki platsebo + tiazolidindion guruhlarida qayd etilmagan.
Klinik tadqiqotlarda vildagliptin + pioglitazon olgan bemorlarda gipoglikemiya holatlari kam (0,6 %), platsebo + pioglitazon olganlarda tez-tez (1,9 %) kuzatilgan. Vildagliptin guruhlarida og‘ir gipoglikemiya holatlari qayd etilmagan.
Pioglitazon bilan qo‘shimcha terapiya tadqiqotida platsebo va vildagliptin 100 mg kuniga qo‘llanganda tana vaznining mutlaq o‘sishi mos ravishda 1,4 va 2,7 kg ni tashkil qilgan.
Pioglitazon maksimal dozasiga vildagliptin 100 mg kuniga qo‘shilganda periferik shishlar ulushi 7,0 %, faqat pioglitazon fon preparati sifatida qo‘llanganda 2,5 % ni tashkil qilgan.
Preparatning metformin va sulfonilmochevina bilan kombinatsiyasi. Vildagliptin 50 mg ikki marta kuniga metformin va sulfonilmochevina bilan birga olgan bemorlarda qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar.
Modda almashinuvi tomonidan: tez-tez - gipoglikemiya.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez - bosh aylanishi, tremor.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tez-tez - gipergidroz.
Umumiy buzilishlar: tez-tez - asteniya.
Ayrim nojo‘ya reaksiyalar tavsifi
Vildagliptin + metformin + glimepirid guruhida nojo‘ya reaksiyalar tufayli davolashni muddatidan oldin to‘xtatish holatlari haqida xabar berilmagan, platsebo + metformin + glimepirid guruhida esa 0,6 % ni tashkil qilgan.
Gipoglikemiya rivojlanish tez-tezligi har ikki guruhda ham yuqori bo‘lgan (vildagliptin + metformin + glimepirid uchun 5,1 %, platsebo + metformin + glimepirid uchun 1,9 %). Vildagliptin guruhida bir og‘ir gipoglikemiya holati haqida xabar berilgan.
Tadqiqot oxirida tana vaznining o‘rtacha ko‘rsatkichlariga ta’siri neytral bo‘lgan.
Preparatning insulin bilan kombinatsiyasi. Vildagliptin 100 mg kuniga insulin (metformin bilan yoki usiz) bilan birga olgan bemorlarda ikki ko‘r tadqiqotlar davomida qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar.
Modda almashinuvi tomonidan: tez-tez - qonda glyukoza darajasining pasayishi.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og‘rig‘i, sovuq bosish.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - ko‘ngil aynishi, gastroezofageal reflyuks kasalligi; kam - diareya, meteorizm.
Ayrim nojo‘ya reaksiyalar tavsifi
Vildagliptin 50 mg ikki marta kuniga insulin bilan, metformin bilan yoki usiz, birga qo‘llangan nazoratli klinik tadqiqotlarda nojo‘ya reaksiyalar tufayli davolashni muddatidan oldin to‘xtatish holatlari vildagliptin guruhida 0,3 %, platsebo guruhida esa kuzatilmagan.
Gipoglikemiya holatlari har ikki guruhda bir xil bo‘lgan. Og‘ir gipoglikemiya holatlari vildagliptin guruhida 2 bemorda, platsebo guruhida 6 bemorda kuzatilgan.
Tadqiqot oxirida tana vaznining o‘rtacha ko‘rsatkichlariga ta’siri neytral bo‘lgan.
Vildagliptin qo‘llashning postmarketing tajribasi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tezlik noma’lum - pankreatit.
Gepatobiliar tizimi tomonidan: tez-tezlik noma’lum - gepatit (dori vositasini to‘xtatgandan so‘ng qaytuvchi), jigar funktsional testlarining normadan chetlanishi (preparatni to‘xtatgandan so‘ng qaytuvchi).
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tez-tezlik noma’lum - eshakemi, bulyoz va eksfoliativ teri shikastlanishi, shu jumladan bulyoz pemfigoid.
-
Farmakologik xususiyatlari
Vildagliptin oshqozon osti bezi orolchalari apparatining beta-hujayralari faoliyatini kuchaytiruvchi moddalarga mansub bo‘lib, kuchli va selektiv dipeptidilpeptidaza-4 (DPP-4) ingibitoridir.
Vildagliptin qo‘llanilishi DPP-4 faolligining tez va to‘liq to‘xtashiga olib keladi. Vildagliptin tomonidan DPP-4 ni ingibitsiya qilish endogen inkretin gormonlari GPP-1 (glyukagon-o‘xshash peptid 1) va GIP (glyukozaga bog‘liq insulinotrop peptid) darajasining ochlik va ovqatdan keyin oshishiga olib keladi.
Ushbu inkretin gormonlarining endogen darajalari oshishi natijasida vildagliptin beta-hujayralarning glyukozaga sezuvchanligini yaxshilaydi, bu esa glyukozaga bog‘liq insulin sekretsiyasining kuchayishiga olib keladi. II tip diabetli bemorlarni preparat bilan kuniga 50 dan 100 mg gacha dozada davolash beta-hujayra funksiyasi markerlari, jumladan HOMA-β (β-hujayralar funksiyasini baholash uchun gomeostatik model), proinsulin va insulin nisbati hamda ko‘p martalik oziq-ovqat tolerantlik testi o‘tkazilganda beta-hujayralarning sezuvchanlik ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilagan. Qandli diabeti bo‘lmagan (qon glyukozasi normal darajada bo‘lgan) bemorlarda vildagliptin insulin sekretsiyasini stimulyatsiya qilmaydi yoki glyukoza darajasini pasaytirmaydi.
GPP-1 endogen darajalari oshishi natijasida vildagliptin alfa-hujayralarning glyukozaga sezuvchanligini ham kuchaytiradi, bu esa glyukozaga bog‘liq glyukagon sekretsiyasining oshishiga olib keladi. Inkretin gormonlari darajasining oshishi natijasida giperglikemiya sharoitida insulin-glyukagon nisbati sezilarli darajada oshadi, bu ochlik va ovqatdan keyin glyukoza ishlab chiqarilishini kamaytiradi va natijada glikemiyani qisqartiradi.
GPP-1 darajasining oshishi natijasida oshqozon tarkibining evakuatsiyasi cho‘zilishi ma’lum bo‘lsa-da, vildagliptin bilan davolashda bu holat kuzatilmaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Umumiy
Ayglip insulinga qaram bemorlar uchun insulin o‘rnini bosuvchi vosita emas. Preparat 1-tip diabet yoki diabetik ketoatsidoz bilan og‘rigan bemorlarni davolash uchun qo‘llanilmasligi kerak.
Buyrak funksiyasining buzilishi
Preparatni o‘rta yoki og‘ir darajadagi buyrak funksiyasi buzilgan bemorlar, shuningdek, gemodializdagi PNTB bo‘lgan bemorlarni davolash tajribasi cheklangan. Shuning uchun Ayglip preparatini ushbu bemorlar guruhida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Jigar funksiyasining buzilishi
Ayglip jigar funksiyasi buzilgan bemorlarga, shu jumladan davolashdan oldin ALT yoki AST darajasi me’yordan 3 martadan ko‘proq oshgan bemorlarga qo‘llash uchun tavsiya etilmaydi.
Jigar fermentlari darajasini nazorat qilish
Jigar funksiyasi buzilishi (shu jumladan gepatit) holatlari kamdan-kam xabar qilingan. Bunday hollarda bemorlarda asoratlar asosan simptomsiz, klinik oqibatlarsiz kechgan va jigar funksiyasi testlari (JFT) natijalari davolash to‘xtatilgandan so‘ng normal darajaga qaytgan. Ayglip bilan davolashni boshlashdan oldin bemorda boshlang‘ich ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun JFT o‘tkazish kerak. Davolashning birinchi yili davomida har uch-to‘rt oyda bir marta, shuningdek, keyinchalik vaqti-vaqti bilan JFT natijalarini monitoring qilish kerak.
Transaminazalar darajasi oshgan bemorlarda natijalarni tasdiqlash uchun jigar funksiyasini qayta monitoring qilish, shuningdek, oshgan darajalar normal ko‘rsatkichlarga qaytmaguncha JFT ni tez-tez o‘tkazish tavsiya etiladi. Agar ALT yoki AST darajasi me’yordan 3 yoki undan ko‘p marta yuqori bo‘lsa, Ayglip bilan davolashni to‘xtatish tavsiya etiladi. Sariqlik yoki jigar funksiyasi buzilishining boshqa belgilarida Ayglip qo‘llashni to‘xtatish kerak. Davolash to‘xtatilgandan va JFT natijalari normallashgandan so‘ng vildagliptin bilan davolashni qayta boshlash mumkin emas.
Yurak yetishmovchiligi
NYHA tasnifi bo‘yicha I-III funksional sinf yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda vildagliptin qo‘llanilishi klinik tadqiqotida vildagliptin bilan davolash chap qorincha funksiyasining o‘zgarishi yoki mavjud bo‘lgan kongestiv yurak yetishmovchiligining yomonlashuvi bilan bog‘liq emasligi ko‘rsatilgan. NYHA tasnifi bo‘yicha III funksional sinf yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda preparatni qo‘llash tajribasi hali ham cheklangan va natijalar ishonchli emas.
NYHA tasnifi bo‘yicha IV funksional sinf yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda vildagliptin klinik tadqiqotlarda qo‘llanilmagan, shuning uchun ushbu bemorlarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Teri tomonidan buzilishlar
Doklinik toksikologik tadqiqotlarda teri shikastlanishlari, shu jumladan maymunlarda oyoq-qo‘llarda pufakchalar va yaralar paydo bo‘lishi holatlari xabar qilingan. Klinik tadqiqotlarda teri shikastlanishlari tez-tezligi oshishi qayd etilmagan bo‘lsa-da, qandli diabetli bemorlarda teri asoratlari bo‘yicha tajriba cheklangan.
Bundan tashqari, preparatni bozorga chiqarilgandan keyingi davrda bullioz va eksfoliativ teri shikastlanishlari holatlari xabar qilingan.
Shu sababli, qandli diabetli bemorlarga standart parvarish ko‘rsatmalariga muvofiq, pufakchalar yoki yaralar kabi teri buzilishlarini aniqlash uchun kuzatuv tavsiya etiladi.
Pankreatit
Vildagliptin qo‘llanilishi o‘tkir pankreatit rivojlanish xavfi bilan bog‘liq. Bemorlar o‘tkir pankreatitning xos simptomlari haqida xabardor qilinishi kerak.
Agar pankreatit rivojlanishiga shubha bo‘lsa, vildagliptin qo‘llashni davom ettirmaslik kerak. O‘tkir pankreatit tashxisi tasdiqlansa, vildagliptin qo‘llashni qayta boshlash mumkin emas.
Gipoglikemiya
Ma’lumki, sulfonilmochevina qo‘llanilishi gipoglikemiya rivojlanishiga olib keladi. Vildagliptin va sulfonilmochevina birga qabul qilayotgan bemorlar gipoglikemiya rivojlanishiga moyil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, gipoglikemiya rivojlanish xavfini kamaytirish uchun sulfonilmochevinaning pastroq dozasini qo‘llash mumkin.
Boshqalar
Ayglip, tabletkalar tarkibida laktoza mavjud. Kam uchraydigan irsiy holatlar - laktoza intoleransi, Lapp laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza va galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan bemorlarga Ayglip preparati kontraindikatsiyalangan.
Homiladorlik
Hozirgi vaqtgacha vildagliptinni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha tegishli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda yuqori dozalarda preparatni qo‘llashda reproduktiv toksiklik aniqlangan. Inson uchun potentsial xavf noma’lum. Ma’lumotlar yetishmasligi sababli, Ayglip homiladorlik davrida qo‘llanilmasligi kerak.
Emizish davri
Vildagliptin ona sutiga o‘tadimi, noma’lum. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda vildagliptin sutga ajralishi aniqlangan. Ayglip emizikli ayollarga buyurilmasligi kerak.
Fertillik
Ayglip preparatining inson fertilitetiga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Preparatning transport vositalarini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Bosh aylanishi kuzatilgan bemorlar transport vositalarini boshqarmasligi yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlamasligi kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Vildagliptin bilan dozani oshirib yuborish haqida ma'lumot cheklangan.
Simptomlar
Dozani oshirish mumkin bo'lgan simptomlar haqida ma'lumot sog'lom ko'ngillilar ishtirokida o'tkazilgan, 10 kun davomida vildagliptin qabul qilingan dozani oshirishga chidamlilik tadqiqotida olingan. 400 mg dozada uchta mushak og'rig'i holati, shuningdek, bir nechta yengil va qisqa muddatli paresteziya, isitma, shishlar rivojlanishi va lipaza darajasining vaqtinchalik oshishi kuzatilgan. 600 mg dozada bir ko'ngillida oyoq va qo'llarda shish, kreatininkinaza (FKK) darajasining sezilarli oshishi, bu esa AST, S-reaktiv oqsil va mioglobin darajasining oshishi bilan birga kechgan. Ushbu guruhdagi uch ko'ngillida ikkala oyoqda shish bo'lgan, ikki holatda bu paresteziya bilan birga kechgan. Barcha simptomlar va laborator ko'rsatkichlar buzilishi tadqiqot preparatini bekor qilgandan so'ng yo'qolgan.
Davolash
Dozani oshirib yuborish holatida qo'llab-quvvatlovchi terapiya o'tkazish tavsiya etiladi. Vildagliptin gemodializda chiqarilmaydi, biroq gidroliz metabolitlarining (LAY 151) ko'pchiligini gemodializ yordamida chiqarish mumkin.