-
Tarkibi
ta'sir qiluvchi modda atsetiltsistein;
1 tabletkada atsetiltsistein 100 mg yoki 200 mg mavjud
yordamchi moddalari limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat anhidrid, mannit (E 421), laktosa, askorbin kislotasi, natriy, sakharin natriy, o'rik hidlovchi "V" (tarkibida sorbit (E 420) mavjud).
-
Qo'llanilishi
Balg'amning quyuqligini kamaytirish, uning chiqishini va yo'tal bilan ajralishini yaxshilashni talab qiladigan bronx-o'pka tizimining o'tkir va surunkali kasalliklarini davolash.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Asetilsisteinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligining zo'rayish bosqichi, qon tupurish, o'pka qon ketishi.
-
Qo'llash usuli
Kattalar va 14 yoshdan katta bolalarga kuniga 400-600 mg atsetiltsistein 1-3 qabulga buyuriladi.
6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 400-600 mg 2-3 qabulga bo‘lib buyuriladi.
2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 200-400 mg 2 qabulga bo‘lib buyuriladi.
Preparat ovqatdan keyin qabul qilinishi tavsiya etiladi. Tabletkani bir stakan suvda eritib, eritmani tezroq ichish kerak. Qo‘shimcha suyuqlik qabul qilish preparatning mukolitik ta’sirini kuchaytiradi.
Surunkali kasalliklarni davolash muddatini shifokor kasallikning xususiyati va kechishiga qarab belgilaydi. O‘tkir asoratsiz kasalliklarda atsetiltsistein 5-7 kun qo‘llaniladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan taxikardiya, arterial gipotenziya.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i.
Teri tomonidan allergik reaksiyalar, shu jumladan qichishish, toshma, ekzantema, ekzema, toshma, angionevrotik shish.
Eshitish organlari tomonidan quloqda shovqin.
Nafas olish tizimi tomonidan nafas qisishi, bronxospazm (asosan bronxial tizim gipereaktivligi bo‘lgan bemorlarda, bronxial astma bilan bog‘liq), rinoreya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan qizib ketish, dispepsiya, stomatit, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, og‘izdan yoqimsiz hid kelishi.
Umumiy buzilishlar isitma.
Teri tomonidan ayrim og‘ir reaksiyalar (Stivens-Jonson va Layell sindromlari) haqida xabar berilgan. Atsetiltsistein qo‘llanganda juda kam hollarda qon ketish holatlari kuzatilgan, ko‘pincha bu gipersensitivlik reaksiyalari rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Trombotsitlar agregatsiyasi pasayishi holatlari qayd etilgan, biroq bu klinik jihatdan tasdiqlanmagan. Juda kam hollarda Kvinke shishi, yuz shishi, anemiya, gemorragiyalar, anafilaktik reaksiyalar yoki hatto shok holatlari haqida xabar berilgan.
-
Farmakologik xususiyatlari
Atsetiltsistein (ATsTs) - mukolitik ekpektorant vosita bo‘lib, nafas olish tizimi kasalliklarida, quyuq shilliq hosil bo‘lishi bilan kechadigan holatlarda balg‘amni suyuqlashtirish uchun qo‘llaniladi. Atsetiltsistein sistein aminokislotasining hosilasidir. Preparatning mukolitik ta’siri kimyoviy tabiatga ega. Erkin sulfgidril guruhi hisobiga atsetiltsistein kislotali mukopolisaxaridlarning disulfid bog‘larini uzadi, bu esa balg‘amdagi mukoproteidlarning depolimerizatsiyasiga va shilliqning yopishqoqligini kamayishiga olib keladi hamda balg‘am ajralishi va bronxial sekretsiyaning chiqishiga yordam beradi. Preparat yiringli balg‘am mavjudligida ham faolligini saqlab qoladi.
Atsetiltsistein, shuningdek, antioksidant pnevmoprotektor xususiyatlariga ega, bu uning sulfgidril guruhlari kimyoviy radikallar bilan bog‘lanishi va shu tariqa ularni zararsizlantirishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, preparat glutation sintezini oshirishga yordam beradi – bu nafaqat ekzogen va endogen kelib chiqadigan oksidlovchi toksinlardan, balki bir qator sitotoksik moddalardan ham hujayra ichki himoyasining muhim omilidir. Atsetiltsisteinning ushbu xususiyati uni paratsetamol dozasi oshib ketgan holatlarda samarali qo‘llash imkonini beradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
O'tkir va surunkali me'da va o'n ikki barmoqli ichak yarasi bo'lgan bemorlarga, ayniqsa, me'da shilliq qavatini tirnaydigan boshqa dori vositalari bilan birga qabul qilganda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi.
Asetilsistein qabul qilganda terining og'ir reaksiyalari (Stivens-Djonson va Layell sindromlari) haqida alohida xabarlar mavjud, shuning uchun teri yoki shilliq qavatlar tomonidan o'zgarishlar paydo bo'lsa, preparatni darhol to'xtatish va keyingi qabul qilish bo'yicha shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Asetilsistein bronxial astma bilan kasallangan bemorlarga bronxospazm rivojlanishi mumkinligi sababli ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak.
Jigar yoki buyrak kasalliklari bo'lgan bemorlarga asetilsistein azotli moddalar organizmda to'planib qolmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak.
Asetilsistein qabul qilinishi bronxial sekretsiyani suyultiradi. Agar bemor balg'amni samarali yo'tala olmasa, postural drenaj va bronxoaspiratsiya zarur.
Shishiruvchi tabletkalar natriy birikmalarini o'z ichiga oladi. 1 ta 100 mg tabletkada 4,2 mmol (yoki 96,0 mg) natriy, 1 ta 200 mg tabletkada 4,3 mmol (yoki 98,9 mg) natriy mavjud. Bu natriy nazorat qilinadigan dietada bo'lgan bemorlar uchun hisobga olinishi va ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak.
Asetilsistein gistamin almashinuviga ta'sir qiladi, shuning uchun gistaminga toqat qilmaydigan bemorlarga uzoq muddatli davolash buyurilmasligi kerak, chunki bu toqat qilmaslik simptomlarining (bosh og'rig'i, vazomotor rinit, qichishish) paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Preparat tarkibida sorbit (E 420) mavjudligi sababli, kam uchraydigan irsiy fruktoza toqat qilmaslik bo'lgan bemorlarga ushbu preparatni qo'llash mumkin emas.
Preparat tarkibida laktoza mavjud, shuning uchun kam uchraydigan irsiy galaktoza toqat qilmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi bo'lgan bemorlarga uni qo'llash mumkin emas.
HOMILADORLIK YOKI EMIZISH DAVRIDA QO'LLANISH
Homiladorlik va emizish davrida asetilsisteinni qo'llash faqat onaga kutilayotgan foyda homila yoki bolaga bo'lgan potentsial xavfdan ustun bo'lsa mumkin.
AVTOTRANSPORT YOKI BOSHQA MEXANIZMLARNI BOSHQARISHDA REAKSIYA TEZLIGIGA TA'SIRI
Ta'sir qilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Asetilsisteinni og'iz orqali qo'llashda dozani oshirib yuborish holatlari haqida ma'lumot yo'q.
Belgilari: ko'ngil aynishi, qusish, diareya. Bolalarda gipersekresiya xavfi mavjud.
Terapiyasi: simptomatik davolash.