Maxsus ko'rsatmalar
Asetsezon preparatini qo‘llashdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing:
- agar siz astmadan aziyat cheksangiz, chunki ushbu dori vositasini qabul qilish vaqtida sizga diqqatli kuzatuv talab qilinishi mumkin;
- agar ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin sizda yo‘talish qobiliyati pasaygan yoki yo‘talish qobiliyatsizligi rivojlangan bo‘lsa, ushbu dori vositasi balg‘amni chiqarishni yengillashtirgandan so‘ng balg‘amni so‘rib olish yo‘li bilan olib tashlash talab qilinishi mumkin;
- agar sizga qon yoki siydik tahlili topshirish kerak bo‘lsa, chunki atsetilsistein ayrim laboratoriya tahlillarini o‘tkazishga ta’sir qilishi mumkin.
Paket ochilganda, kukun oltingugurt (chirigan tuxum) hidiga ega bo‘lishi mumkin. Bu ushbu dori vositasi uchun normal holat bo‘lib, uning xavfsiz emasligini anglatmaydi. Suv qo‘shilgandan so‘ng eritma engil apelsin hidiga ega bo‘ladi.
Dori vositasi saxaroza saqlaydi, shuning uchun agar sizda ayrim shakarlarni o‘zlashtira olmaslik bo‘lsa, Asetsezon preparatini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.
Uzoq muddat (2 hafta va undan ko‘proq) qo‘llanganda tishlarga zarar yetkazishi mumkin.
Asetsezon 100 mg bir paketi 12,5 mg askorbin kislotasi, Asetsezon 200 mg bir paketi 25,0 mg askorbin kislotasi saqlaydi, bu boshqa S vitamini manbalarini qabul qilayotgan bemorlar uchun muhim hisoblanadi.
Ushbu dori vositasi bir paketda natriy miqdori 1 mmol dan kam (23 mg dan kam) ni tashkil qiladi, ya’ni deyarli «natriysiz» hisoblanadi.
Asetsezon preparatini ovqat bilan, ichimliklar va alkogol bilan qabul qilishda hisobga olinadigan maxsus talablar mavjud emas.
Avtomobil va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarishga ta’sir qilmaydi yoki ahamiyatsiz darajada ta’sir qiladi. Agar sizda ushbu qobiliyatlarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelsa, nojo‘ya ta’sir to‘liq bartaraf bo‘lguncha rulga o‘tirmang va mexanizmlar bilan ishlamang.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Agar siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, homiladorlikka shubha qilsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirsangiz, dori vositasini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.