-
Tarkibi
Har bir paket quyidagilarni o'z ichiga oladi: faol modda: atsetiltsistein - 100,0 mg va 200,0 mg; yordamchi moddalari: askorbin kislotasi, natriy saxarinat (E954), saxaroza, "Apelsin" aromatizatori (dekstroza, ta'm va hid beruvchi komponent, yelimlanishga qarshi agent: E551 (5 %), yodlangan osh tuzi).
-
Qo'llanilishi
Bronxo-o‘pka tizimining o‘tkir va surunkali kasalliklarini davolash, balg‘amning quyuqligini kamaytirish, uning ajralishini va yo‘tal bilan chiqishini yaxshilashni talab qiladigan holatlarda. Mukovissidozda distal ichak obstruksiyasi sindromining oldini olish.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Asetilsisteinga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Faol peptik yara. Fruktozani o‘zlashtira olmaslik, masalan, irsiy fruktozo-1,6-difosfotaza yetishmovchiligi (preparat tarkibida saxaroza mavjudligi sababli). Giperoaksaluriya.
-
Qo'llash usuli
Ovqatdan keyin og'iz orqali qabul qilinadi. 1 paket tarkibi ½ stakan (taxminan 100 ml) suv, sharbat yoki sovuq choyda to'g'ridan-to'g'ri qabul qilishdan oldin eritiladi. Eritma tayyorlangandan so'ng uni imkon qadar tezroq ichish kerak. Ba'zi hollarda, dori tarkibida stabilizator – askorbin kislotasi mavjudligi sababli, tayyorlangan eritmani taxminan 2 soatgacha qabul qilishdan oldin qoldirish mumkin. Qo'shimcha suyuqlik iste'mol qilish dori vositasining mukolitik ta'sirini kuchaytiradi. O'tkir va surunkali bronx-o'pka tizimi kasalliklari. Kattalar va 14 yoshdan katta bolalarga 1 paketdan kuniga 2-3 marta (400-600 mg atsetiltsistein) qabul qilish tavsiya etiladi. 6 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalarga 1 paketdan kuniga 2 marta (400 mg atsetiltsistein) qabul qilish tavsiya etiladi. Mukovistsidozda distal ichak obstruktsiyasi sindromining oldini olish. 2-12 yoshli bolalar – 200 mg dan kuniga 3 marta. 12-18 yoshli bolalar – 200-400 mg dan kuniga 3 marta. O'tkir asoratsiz kasalliklarda dori vositasi shifokor nazoratisiz 4-5 kundan ortiq qo'llanilmaydi. Surunkali kasalliklarni davolash muddati alohida belgilanadi. Surunkali bronxit va mukovistsidoz uzoq muddatli yoki bir necha oylik (6 oygacha) kursli davolashni talab qiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Barcha dori vositalari kabi Atsetsezon ham nojo'ya reaksiyalarni chaqirishi mumkin, biroq ular hamma bemorlarda ham kuzatilmaydi. Agar sizda quyidagi juda kam uchraydigan nojo'ya ta'sirlar (10 000 kishidan kamida 1 tasida paydo bo'lishi mumkin) yuzaga kelsa, dori vositasini qabul qilishni to'xtating va darhol tibbiy yordamga murojaat qiling:
og'ir, hayot uchun xavfli allergik reaksiya. Belgilari quyidagilar bo'lishi mumkin: toshma, yutishning buzilishi yoki nafas olishda muammolar, lablar, yuz, tomoq yoki tilning shishishi;
kuchli qon ketishi (qon quyilishi);
tanangizning istalgan qismida pufakchalar, qobiq, qon ketuvchi, qavatlanadigan yoki suyuqlik bilan to'lgan dog'lar. Bunga lablar, ko'zlar, og'iz, burun, jinsiy a'zolar, qo'llar yoki oyoqlar kiradi. Sizda teri bilan bog'liq jiddiy muammo bo'lishi mumkin. Quyidagi nojo'ya reaksiyalar ham qayd etilgan:
Kamdan-kam (100 kishidan kamida 1 tasida paydo bo'lishi mumkin): stomatit, qorin og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qizilo'ngach, isitma, taxikardiya, gipotenziya, bosh og'rig'i, quloqda shovqin. Noyob (1 000 kishidan kamida 1 tasida paydo bo'lishi mumkin): dispepsiya, nafas qisilishi, bronxospazm. Nojo'ya reaksiyalar haqida xabar berish Agar sizda har qanday nojo'ya reaksiyalar yuzaga kelsa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi. Ushbu tavsiya dori vositasi qo'llanma ko'rsatmalarida keltirilmagan har qanday mumkin bo'lgan nojo'ya reaksiyalarga ham taalluqlidir. Siz, shuningdek, dori vositalarining nojo'ya reaksiyalari (ta'sirlari) bo'yicha ma'lumotlar bazasiga, shu jumladan dori vositalarining samarasizligi haqidagi xabarlarga ham xabar berishingiz mumkin. Nojo'ya reaksiyalar haqida xabar berish orqali siz dori vositasining xavfsizligi haqida ko'proq ma'lumot olishga yordam berasiz.