Dozani oshirib yuborilishi
Sintomlar: o‘rtacha og‘irlikdagi ko‘ngil aynishi, qusish, quloqda shovqin, eshitishning buzilishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va ongning chalkashishi.
Ushbu simptomlar doza kamaytirilganda yoki preparat bekor qilinganda o‘tib ketadi.
Og‘ir dozani oshirib yuborishda isitma, giperventilyatsiya, ketoatsidoz, respirator alkaloz, metabolik atsidoz, koma, kardiogen shok, nafas yetishmovchiligi, yaqqol gipoglikemiya.
Xronik dozani oshirib yuborishda plazmada aniqlanadigan konsentratsiya intoksikatsiya og‘irligi darajasi bilan yaxshi korrelyatsiyalanmaydi.
Xronik intoksikatsiya rivojlanishining eng yuqori xavfi keksa yoshdagi shaxslarda bir necha kun davomida 100 mg/kg/kun dan ortiq qabul qilganda kuzatiladi. Bolalar va keksa yoshdagi bemorlarda salitsilizmning dastlabki belgilarini har doim ham aniqlash mumkin emas, shuning uchun salitsilatlarning qon zardobidagi konsentratsiyasini vaqti-vaqti bilan aniqlash maqsadga muvofiq; 70 mg % dan yuqori daraja o‘rtacha yoki og‘ir zaharlanishni ko‘rsatadi; 100 mg % dan yuqori – nihoyatda og‘ir, prognozi noqulay.
O‘rtacha va og‘ir darajadagi zaharlanishda shifoxonaga yotqizish zarur.
Davolash: shifoxonaga yotqizish, me’da yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, kislota-ishqor muvozanatini monitoring qilish, siydikni ishqoriylashtirish uchun siydik pH ni 7,5-8 oralig‘ida ushlab turish (majburiy ishqoriy diurezga erishilgan deb hisoblanadi, agar kattalarda qon plazmasida salitsilat konsentratsiyasi 500 mg/l (3,6 mmol/l) dan, bolalarda esa 300 mg/l (2,2 mmol/l) dan yuqori bo‘lsa), gemodializ, suyuqlik yo‘qotilishini qoplash, simptomatik terapiya.
Keksa bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki intensiv suyuqlik infuziyasi o‘pka shishiga olib kelishi mumkin.
Siydikni ishqoriylashtirish uchun atsetazolamid qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi (atsidoz chaqirishi va salitsilatlarning toksik ta’sirini kuchaytirishi mumkin).
Gemodializ salitsilatlar konsentratsiyasi 100-130 mg % dan yuqori bo‘lsa ko‘rsatiladi; xronik zaharlanishda – 40 mg % va undan past bo‘lsa, ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsa (refrakter atsidoz, holatning progresiv yomonlashuvi, markaziy asab tizimining og‘ir zararlanishi, o‘pka shishi va buyrak yetishmovchiligi).
O‘pka shishida – kislorod bilan boyitilgan aralashma bilan sun’iy nafas oldirish.