-
Tarkibi
1 tabletka tarkibida:
faol modda: atsetilsalitsil kislotasi - 500 mg;
yordamchi modda: kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati yoki magniy stearati, talk, stearin kislotasi, limon kislotasi.
-
Qo'llanilishi
revmatizm, infeksion-allergik miokardit, revmatik poliartrit va boshqa yallig‘lanish kasalliklari, turli kelib chiqishli og‘riq sindromi (nevralgiya, mialgiya, bosh og‘rig‘i)ning yengil va o‘rtacha darajasi;
tromboz va emboliyalarni oldini olish, miokard infarktining ikkilamchi profilaktikasi;
infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida isitma;
katta yoshdagilar va 15 yoshdan katta bolalarda shamollash va boshqa infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida tana haroratining ko‘tarilishi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
atsetilsalisil kislotasiga va boshqa NPVPlarga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
eroziv-yarali oshqozon-ichak trakti (OIT) shikastlanishlari (kuchayish bosqichida); - oshqozon-ichak qon ketishi;
gemorragik diatezlar;
haftasiga 15 mg va undan yuqori dozada metotreksat bilan birga qo‘llash;
bronxial astma, burun va burun atrofidagi bo‘shliqlarning qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalisil kislotasiga toqat qilmaslikning birga uchrashi;
salisilatlar va boshqa NPVPlar qabul qilish bilan induktsiyalangan bronxial astma;
homiladorlik (I va III trimestr), emizish davri;
250 mg tabletkalar uchun 3 yoshgacha, 500 mg tabletkalar uchun 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
Preparat 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga virusli infeksiyalar bilan bog‘liq o‘tkir respirator kasalliklarda, Rey sindromi (ensefalopatiya va jigar yog‘li distrofiyasi bilan o‘tkir jigar yetishmovchiligi) rivojlanish xavfi tufayli buyurilmaydi.
Ehtiyotkorlik bilan:
antikoagulyantlar bilan birga davolashda, podagra, oshqozon va/yoki o‘n ikki barmoqli ichak yarasi (anamnezda), shu jumladan surunkali yoki qaytalanuvchi yara kasalligi yoki oshqozon-ichak qon ketishi epizodlari;
buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi;
giperurikemiya, bronxial astma, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi, pichan isitmasi, burun polipozi, dori allergiyasi, metotreksatni haftasiga 15 mg dan kam dozada birga qabul qilish, homiladorlik (II trimestr).
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali, kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun bir martalik doza 0,25-0,5 g, maksimal bir martalik doza - 1,0 g (0,5 g dan 2 tabletka), maksimal sutkalik doza 3,0 g (0,5 g dan 6 tabletka).
3 yoshdan boshlab bolalar uchun, virusli infeksiyalar bilan bog'liq o'tkir respirator kasalliklardan tashqari, Reyye sindromi (ensefalopatiya va jigarni o'tkir yog'li distrofiyasi bilan o'tkir jigar yetishmovchiligi rivojlanish xavfi tufayli), bir martalik doza 0,125 g (500 mg dan 1/4 tabletka); 6 yoshdan boshlab qabul qilish uchun 0,25 g (500 mg dan 1/2 tabletka) tabletkalarda buyurish mumkin.
Qabul qilish tezligi va vaqti - zarurat tug'ilganda bir martalik doza kuniga 3-4 marta, kamida 4 soatlik interval bilan qabul qilinishi mumkin.
Preparatni muntazam qabul qilish rejimiga rioya qilish haroratning keskin ko'tarilishini oldini olish va og'riq sindromi intensivligini kamaytirishga yordam beradi.
Davolash davomiyligi (shifokor bilan maslahatlashmasdan) og'riq qoldiruvchi vosita sifatida buyurilganda 7 kundan oshmasligi, isitmani tushiruvchi vosita sifatida esa 3 kundan oshmasligi kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtahaning pasayishi, qorin og'rig'i, qizish, ko'ngil aynishi, qusish, oshqozon-ichak qon ketishining aniq (qonli qusish, qora rangli najas) yoki yashirin belgilar, bu temir tanqisligi anemiyasiga olib kelishi mumkin, eroziyali-yarali shikastlanishlar (shu jumladan perforatsiya bilan) oshqozon-ichak trakti, yakka holatlar - jigar funksiyasi buzilishi (jigar transaminazalarining oshishi), diareya.
Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, quloqda shovqin (odatda dozani oshirib yuborish belgisi); uzoq muddatli qo'llanilganda - bosh og'rig'i, ko'rish buzilishi, eshitish o'tkirligining pasayishi, aseptik meningit.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: uzoq muddatli qo'llanilganda - surunkali yurak yetishmovchiligi simptomlarining kuchayishi.
Qon tizimi tomonidan: qon ketish xavfining oshishi, bu atsetilsalitsil kislotasining trombotsitlar agregatsiyasiga ta'siri natijasidir, trombotsitopeniya, anemiya, leyopeniya.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: buyrak funksiyasi buzilishi; uzoq muddatli qo'llanilganda - interstitsial nefrite. prerenal azotemiya, qonda kreatinin miqdorining oshishi va giperkaltsiyemiya. papillyar nekroz, o'tkir buyrak yetishmovchiligi, nefrotik sindrom, shishlar.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, anafilaktik reaksiyalar, bronxospazm, Kvinke shishi, Reyye sindromi (ensefalopatiya va jigarni o'tkir yog'li distrofiyasi bilan tez rivojlanadigan jigar yetishmovchiligi).
Bunday simptomlar paydo bo'lsa, preparatni qabul qilishni to'xtatish va darhol davolovchi shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Yallig‘lanishga qarshi, isitmani tushiruvchi, shuningdek og‘riqni qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Analgezik ta’siri gipotalamik og‘riq sezuvchanligi markazlariga ta’siri, shuningdek salisilatlarning bradikininning algogen ta’sirini kamaytirish qobiliyati bilan bog‘liq.
Isitmani tushiruvchi ta’siri gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazlariga ta’siri bilan bog‘liq. Zaif antikoagulyant faollikka ega, biroq trombotsitlar agregatsiyasini aniq darajada susaytiradi.
Asetilsalisil kislotasining yallig‘lanishga qarshi ta’siri uning yallig‘lanish o‘chog‘ida kechadigan jarayonlarga ta’siri, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytirish, gialuronidaza faolligini pasaytirish, ATF hosil bo‘lishini tormozlash orqali yallig‘lanish jarayonining energetik ta’minotini cheklash va boshqalar bilan izohlanadi.
Biroq, yallig‘lanishga qarshi ta’sir mexanizmida asosiy ahamiyat prostaglandinlar biosintezini siklooksigenaza fermentini (COG-1 hamda COG-2) inaktivatsiya qilish orqali ingibitsiyalashga ega, natijada prostaglandinlar, prostatsiklinlar va tromboksan sintezi buziladi.
Yuqori dozalarda qo‘llanganda preparat jigar hujayralarida protrombin sintezini ingibitsiyalashi va protrombin vaqtini oshirishi mumkin.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar: o‘rtacha og‘irlikdagi ko‘ngil aynishi, qusish, quloqlarda shovqin, eshitishning buzilishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va ongning chalkashligi.
Ushbu simptomlar preparat dozasini kamaytirish yoki bekor qilishda o‘tib ketadi.
Og‘ir dozani oshirib yuborishda isitma, giperventilyatsiya, ketoatsidoz, respirator alkaloz, metabolik atsidoz, koma, kardiogen shok, nafas yetishmovchiligi, yaqqol gipoglikemiya.
Surunkali dozani oshirib yuborishda plazmada aniqlanadigan konsentratsiya intoksikatsiya og‘irligi darajasi bilan yaxshi korrelyatsiyalanmaydi.
Surunkali intoksikatsiya rivojlanishining eng yuqori xavfi bir necha kun davomida 100 mg/kg/kun dan ortiq qabul qilgan keksa yoshdagilarda kuzatiladi. Bolalar va keksa bemorlarda salitsilizmdan dastlabki belgilar har doim ham sezilmaydi, shuning uchun qon salitsilatlari konsentratsiyasini vaqti-vaqti bilan aniqlash maqsadga muvofiq: 70 mg % dan yuqori daraja o‘rtacha yoki og‘ir zaharlanishni ko‘rsatadi; 100 mg % dan yuqori – nihoyatda og‘ir, prognozi noqulay.
O‘rtacha va og‘ir darajadagi zaharlanishda shifoxonaga yotqizish zarur.
Davolash: shifoxonaga yotqizish, me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, kislota-ishqor muvozanatini monitoring qilish, siydikni ishqoriylashtirish uchun siydik pH ni 7,5-8 oralig‘ida ushlab turish (majburiy ishqoriy diurezga erishilgan deb hisoblanadi, agar plazmadagi salitsilat konsentratsiyasi kattalarda 500 mg/l (3,6 mmol/l) dan, bolalarda esa 300 mg/l (2,2 mmol/l) dan yuqori bo‘lsa), gemodializ, suyuqlik yo‘qotilishini qoplash, simptomatik terapiya.
Keksa bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki intensiv suyuqlik infuziyasi o‘pka shishiga olib kelishi mumkin.
Siydikni ishqoriylashtirish uchun atsetazolamid qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi (atsidoz chaqirishi va salitsilatlarning toksik ta’sirini kuchaytirishi mumkin).
Gemodializ salitsilatlar konsentratsiyasi 100-130 mg % dan yuqori bo‘lsa ko‘rsatiladi; surunkali zaharlanishda esa 40 mg % va undan past bo‘lsa, ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsa (refrakter atsidoz, holatning progresiv yomonlashuvi, markaziy asab tizimining og‘ir zararlanishi, o‘pka shishi va buyrak yetishmovchiligi).
O‘pka shishida – kislorodga boyitilgan aralashma bilan sun’iy nafas oldirish.