Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
ta'sir qiluvchi moddalari: natriy atsetati - 2 g, natriy xloridi - 5 g, kaliy xloridi - 1 g;
yordamchi moddalari: in'ektsiya uchun suv - 1 l gacha.
Qo'llanilishi
degidratatsiya;
intoksikatsiya (o‘tkir shigellyoz, oziq-ovqat toksikoinfeksiyasi, xolera).
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
giperkaliemiya;
alkaloz;
xronik buyrak yetishmovchiligi;
organizmdagi katta miqdordagi suyuqlikni yuborishga qarshi ko'rsatmalar mavjudligi;
yuqori sezuvchanlik.
Buyrak chiqaruv funktsiyasi buzilgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Buyrak funktsiyasi buzilishida qo'llanilishi
Buyrak chiqaruv funktsiyasi buzilgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Xronik buyrak yetishmovchiligida kontraindikatsiyalangan.
Qo'llash usuli
Acesol preparati faqat o‘rta og‘ir va og‘ir holatlarda, peroral rehidratatsiya uchun eritmalarni qabul qilish imkoni bo‘lmaganda qo‘llaniladi, tomir ichiga tez (1-3 soat) yuboriladi.
Yuborishdan oldin eritma 36-38 °S gacha isitiladi. Yuboriladigan eritma hajmi individual tarzda, suv-elektrolit muvozanatini tiklash uchun zarur bo‘lgan miqdorda tanlanadi (kasallikning og‘ir shakllarida 1 soat davomida eritma bemor tana massasining 7-10 % ga mos miqdorda tez yuboriladi; so‘ngra tez yuborish tomchilab yuborishga almashtiriladi, tezligi 40-120 tomchi/min (24-48 soat)), laborator ko‘rsatkichlar nazorati ostida.
Nojo´ya ta´sirlar
shishish
tachikardiya
qaltirash
giperkaliyemiya
Farmakologik xususiyatlari
Gemodinamik va dezintoksikatsion ta'sir ko'rsatadi.
Gipovolemiya, qonni quyuqlashishi va metabolik atsidozni kamaytiradi, kapillyar qon aylanishini yaxshilaydi, diurezni oshiradi.
Suv-elektrolit muvozanatini tiklashga yordam beradi.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Eritmani kaliy preparatlari va kaliy tejovchi diuretiklar bilan buyurish tavsiya etilmaydi.
Dori vositalari bilan aralashtirilganda, terapevtik nomutanosiblik bo'lishi mumkinligi sababli, vizual nazorat orqali mosligini tekshirish zarur.
Maxsus ko'rsatmalar
Surunkali buyrak yetishmovchiligida qo'llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat yaxshi o'zlashtiriladi, biroq ayrim hollarda nojo'ya ta'sir kuchayishi mumkin.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!