-
Qo'llanilishi
Jarrohlik aralashuvlar va diagnostik muolajalar vaqtida miorelaksatsiya uchun (endotrakeal intubatsiya va sun'iy nafas oldirish vositalari mavjud bo'lsa).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Atrakuriy bezilatga yuqori sezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Individual. Vena ichiga oqim bilan, bolyus tarzida, tomchilab yuboriladi. Doza, yuborish usuli va klinik holatga qarab, 100 mkg/kg dan 600 mkg/kg gacha o'zgaradi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: o'tkinchi arterial gipotenziya.
Markaziy asab tizimi tomonidan: ayrim hollarda - tutqanoq (moyil bemorlarda).
Allergik reaksiyalar: issiqlik hissi, bronxospazm (gistamin ajralishining oshishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin); kamdan-kam hollarda - anafilaktoid reaksiyalar.
Boshqalar: teri qoplamalarining giperemiyasi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Periferik ta'sirga ega nedepolyarizatsion raqobatbardosh tipdagi miorelaksant. Skelet mushak tolalarining tugun plastinkalaridagi n-xolinoretseptorlarni bloklaydi va atsetilxolinning depolyarizatsion ta'siriga to'sqinlik qiladi, natijada postsinaptik membrana darajasida nerv-mushak uzatishining susayishi yuz beradi. Terapevtik dozalarda ahamiyatsiz m-xolinobloklovchi va gangliobloklovchi faollikka ega.
Ta'siri tez rivojlanadi, bu esa 500-600 mkg/kg dozada yuborilgandan so'ng dastlabki 90 soniya ichida intubatsiyani o'tkazish imkonini beradi.
200-600 mkg/kg dozalarda kiritilgan doza miqdoriga proporsional va bashorat qilinadigan skelet mushaklarining falajini chaqiradi, bu 15-35 daqiqa davom etadi.
Bir martalik va takroriy yuborishdan so'ng nerv-mushak uzatishining tiklanish tezligi doimiy bo'lib, bu takroriy dozalarning oldindan belgilangan vaqt oralig'ida yuborilishini ta'minlaydi. Antixolinesteraza vositalarisiz normal nerv-mushak uzatishining tiklanishi 35 daqiqadan so'ng yuz beradi va umumiy doza miqdori hamda chiqarilish va metabolizm organlari funksiyasiga bog'liq emas.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlar: uzoq davom etuvchi mushak falaji va uning oqibatlari.
Davolash: o'z-o'zidan nafas olish tiklangunga qadar musbat bosim ostida sun'iy nafas oldirish. Bemorlarning ong holati buzilmaganligi sababli sedativ preparatlar qo'llash zarur.
Spontan tiklanish belgilari paydo bo'lishi bilanoq, uni antixolinesteraza preparatlari va atropin yoki glikopirrolat bilan birga qo'llash orqali tezlashtirish mumkin.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Atrakuriy bezilat bilan chaqirilgan nerv-mushak blokadasi galotan, izofluran, enfluran qo‘llanilganda kuchayishi mumkin.
Ba’zi antibiotiklar (aminoglikozidlar, polimiksinlar, spektinomitsin, tetratsiklinlar, linkomitsin, klindamitsin), antiaritmik preparatlar (propranolol, kalsiy kanali blokatorlari, lidokain, prokainamid, xinin), diuretiklar (furosemid va, ehtimol, mannitol, tiazid diuretiklari, atsetazolamid), magniy sulfat, ketamin, litiy tuzlari, ganglioblokatorlar (trimetafan, geksametoniy) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda nedepolyarizatsion miorelaksantlar, jumladan, atrakuriy bezilat chaqirgan nerv-mushak blokadasining intensivligi va davomiyligi kuchayishi mumkin.
Boshqa nedepolyarizatsion miorelaksantlarni atrakuriy bezilat bilan birga yuborish yanada yaqqol nerv-mushak blokadasini chaqirishi mumkin, bu ekvivalent umumiy atrakuriy bezilat dozasini yuborishda kutilgan natijaga mos keladi.
Depolyarizatsion miorelaksantlar nedepolyarizatsion miorelaksantlar, jumladan, atrakuriy bezilat chaqirgan nerv-mushak blokadasi davomiyligini oshirish maqsadida qo‘llanilganda, uzoq va chuqur relaksatsiya rivojlanishi mumkin, bu antixolinesteraza vositalari bilan bartaraf etilishi qiyin bo‘ladi.
Miyasteniya namoyon bo‘lishini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan preparatlar (jumladan, yashirin kechishda) va miyastenik sindrom rivojlanishini qo‘zg‘atuvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda atrakuriy bezilatga sezuvchanlik oshishi mumkin. Bunday preparatlarga antibiotiklar, propranolol, oksprenolol, prokainamid, xinin, xloroxin, D-penitsillamin, trimetafan, xlorpromazin, steroidlar, fenitoin va litiy kiradi.
Uzoq muddatli antikonvulsant preparatlar bilan davolash fonida atrakuriy bezilat chaqirgan nerv-mushak blokadasining boshlanishi kechikishi va davomiyligi qisqaroq bo‘lishi mumkin.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Ehtiyotkorlik bilan gistaminga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llaniladi.
Miyasteniya, boshqa nerv-mushak kasalliklari va yaqqol elektrolit buzilishlari bo‘lgan bemorlarda depolyarizatsiyalovchi bo‘lmagan miorelaksantlar, jumladan, atrakuriy bezilat qo‘llanilganda yuqori sezuvchanlik namoyon bo‘lishi mumkin.
Depolyarizatsiyalovchi bo‘lmagan miorelaksantlar, jumladan, atrakuriy bezilat sababli yuzaga kelgan nerv-mushak blokadasi davomiyligini oshirish uchun depolyarizatsiyalovchi miorelaksantlardan foydalanmaslik kerak.