-
Tarkibi
ta’sir qiluvchi modda:
1 flakon 10,0 g kremniy dioksidi (yuqori dispersli) ni o‘z ichiga oladi;
1 paket-sashe 2,0 g kremniy dioksidi (yuqori dispersli) ni o‘z ichiga oladi.
-
Qo'llanilishi
O'tkir ichak kasalliklari, diareya sindromi bilan kechuvchi (salmonellyoz, oziq-ovqat toksikoinfeksiyalari);
A va B virusli gepatitlarni kompleks davolashda.
Tashqi – yiringli yaralar, trofik yaralar va kuyishlarni davolash.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Kremniy dioksidiga yuqori sezuvchanlik;
oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligining zo'rayish bosqichi;
ichak yaralari va eroziyasi;
ichak tutilishi.
-
Qo'llash usuli
Atoxilni ichga qabul qilish uchun suspenziya ko‘rinishida qabul qilinadi. 1 − 2 paket-sashe (2 − 4 g) tarkibini 50 − 100 ml (¼–½ stakan) neytral gazsiz yoki sovutilgan qaynatilgan suvda yaxshilab aralashtirib, bir jinsli suspenziya hosil qilinadi.
Flakonni ochib, 250 ml belgigacha neytral gazsiz yoki sovutilgan qaynatilgan suv qo‘shiladi, bir jinsli suspenziya hosil bo‘lguncha aralashtiriladi.
Kattalar va 7 yoshdan katta bolalar uchun sutkalik doza 12 g ni tashkil etadi, zaruriyat tug‘ilganda sutkalik doza 24 g gacha oshirilishi mumkin; 1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sutkalik doza tana vaznining 1 kg iga 150 – 200 mg ni tashkil etadi. Sutkalik doza 3 − 4 marta qabul qilishga bo‘linadi. Maksimal bir martalik doza sutkalik dozaning yarmidan oshmasligi kerak.
Tayyorlangan suvli suspenziya preparatini ovqatdan yoki dori vositalarini qabul qilishdan 1 soat oldin ichga qabul qilish kerak.
O‘tkir ichak kasalliklarida kattalar va 7 yoshdan katta bolalarda davolashni maksimal bir martalik doza − 7 g dan boshlash maqsadga muvofiq, preparatni 2 − 3 marta sutkada qabul qilish kerak. Agar bemor enterosorbentni mustaqil qabul qila olmasa, Atoxil preparati suspenziyasi zond orqali oshqozonga yuboriladi.
O‘tkir ichak kasalliklarida davolash kursi 3 − 5 kunni tashkil etadi. Og‘ir hollarda davolash muddati 10 − 15 kungacha uzaytirilishi mumkin.
Virusli gepatitlarni davolash kursi kasallikning og‘irligiga bog‘liq va 7-10 kunni tashkil etadi.
Tashqi qo‘llash. Yarani tozalagandan so‘ng, kukunni 3 − 5 mm qalinlikda surtib, quruq aseptik bog‘lov bilan yopiladi. Bog‘lovlar har kuni almashtiriladi, to yarani tozalanguncha.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Dori vositasi odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Yakka hollarda qabziyat paydo bo‘lishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Atoxil – enterosorbent bo'lib, aniq sorbsiya xususiyatlariga ega, detoksikatsion, antimikrob va yara bitiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Ovqat hazm qilish traktidan endogen va ekzogen toksik moddalarni, jumladan, oziq-ovqat va bakterial allergenlarni, mikrob endotoksinlarini va boshqa zaharli moddalarni, ichakda oqsillar chirishi jarayonida hosil bo'ladigan toksik mahsulotlarni adsorbsiyalab, organizmdan chiqaradi.
Konsentratsion va osmotik gradientlar hisobiga organizmning ichki muhitidan (qon, limfa, interstitsiy) ovqat hazm qilish traktiga turli toksik mahsulotlarni, jumladan, o'rtacha molekulalar, oligopeptidlar, aminlar va boshqa moddalarni tashilishini ta'minlaydi va keyinchalik organizmdan chiqarilishini ta'minlaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Quruq kukunni og'iz orqali qabul qilish taqiqlanadi.
Atoxilni kompleks terapiyada qo'llashda boshqa og'iz orqali qabul qilinadigan dori vositalarining mumkin bo'lgan adsorbsiyasi va, shunga mos ravishda, samaradorligining pasayishi sababli, uni boshqa dori vositalarini qabul qilishdan 1 soat oldin qabul qilish kerak.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llash.
Atoxil preparatini homiladorlik yoki emizish davrida qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'qligi sababli preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Ta'sir qilmaydi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
При одновременном применении лекарственного средства Атоксил с ацетилсалициловой кислотой усиливались процессы дезагрегации тромбоцитов.
В комплексной терапии с никотиновой кислотой и симвастатином Атоксил проявляет синергическое действие – способствует снижению уровня атерогенных фракций липидного спектра крови и повышению уровня холестерина липопротеинов высокой плотности.
Применение препарата Атоксил при интракорпоральной сорбционной детоксикации совместно со стандартными растворами антисептиков (фурацилин, бифуран, трифуран, хлоргексидина биглюконат) повышает эффективность лечения гнойно-воспалительных заболеваний.