Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Aponil 100mg №20
Aponil 100mg №20
Ishlab chiqaruvchi: MedoChemie LTD
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    12 yoshdan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari aponil 100mg №20
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    100 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    20 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 tabletkada quyidagilar mavjud:
    • Faol modda: nimesulid - 100 mg.;
    • Yordamchi modda: laktosa monogidrat, mikrokristallik sellyuloza, natriy dokuzat, kraxmal, natriy glikolat, gidroksipropilsellyuloza, gidrogenizatsiyalangan o'simlik yog'i, magniy stearat.
  • Qo'llanilishi
    osteoartrit (shu jumladan revmatoid artrit), osteoartroz, bursit, tendinit, og‘riq va yallig‘lanish jarayonlari (shu jumladan jarohatlar, operatsiyadan keyingi davrda, ginekologik va infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida).
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    giperchuvstvitelik (jumladan, boshqa YOKVlarga nisbatan), OVKTda o‘tkir qon ketish, oshqozon yoki o‘n ikki barmoqli ichak yarasi zo‘rayish bosqichida, jigar va buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam bo‘lsa) 
    • homiladorlikning III trimestri;
    • laktatsiya (ko‘krak suti bilan emizish);
    • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi;
     
  • Qo'llash usuli
    Kattalar uchun: bir martalik doza 50 dan 200 mg gacha, o'rtacha doza - 100 mg, maksimal sutkalik doza - 400 mg. 12 yoshdan katta bolalar: preparat bir martalik dozada tana vazniga 1,5 mg/kg hisobida (lekin 100 mg dan ko'p emas); maksimal sutkalik doza - 5 mg/kg. Preparat kuniga 2 marta ovqatdan keyin qabul qilinadi; tabletkalar suv bilan ichiladi
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Ovqat hazm qilish tizimidan: epigastral hududda og'riq, O'ZHT shilliq qavatining yaralanishi, diareya, yurak qizishi, qayt qilish, jigar transaminazlarining faoliyatining oshishi; kamdan-kam hollarda - qayt qilish. Markaziy nerv tizimidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyquchanlik. Siydik chiqarish tizimidan: kamdan-kam hollarda - gematuriya, oliguriy, organizmda suyuqlik to'planishi, shishlar. Qon ishlab chiqarish tizimidan: trombotsitopeniya, leykopeeniya, anemiya, agranulotsitoz, qon ketish vaqtining uzayishi. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichish, anafilaktik shok.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Dori vositasi yallig'lanishga qarshi, og'riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi asosan COX-2 ni selektiv inhibitsiyalashga asoslangan. Bu yallig'lanish o'chog'ida, shuningdek, gipotalamusda prostaglandinlar sintezining kamayishiga olib keladi. Oshqozon shilliq qavati va buyraklarda prostaglandinlar sinteziga ta'siri ancha kam ifodalangan, bu esa aponilning yaxshi o'zlashtirilishini ta'minlaydi. Dori vositasi shuningdek, lipidlarning peroksid oksidlanishini ham bostiradi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Aponil surunkali buyrak yetishmovchiligi va boshqa buyrak kasalliklarida, jigar funksiyasi pasayganida, anamnezda oshqozon yoki o'n ikki barmoqli ichak yarasi bo'lsa, tizimli qizil yugurukda, surunkali yurak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan va kamaytirilgan dozalarda qo'llanilishi kerak.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nodir
    ico ico ico ico ico
    Этот препарат действительно помогает. Спасибо за оперативность!
    05 August 2024
    0
    0
  • Davron
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество, быстрая доставка. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico