-
Qo'llanilishi
Infeksion-yallig‘lanish kasalliklari (ORVI, gripp), tana haroratining ko‘tarilishi, titroq, bosh og‘rig‘i, bo‘g‘im va mushaklardagi og‘riqlar, burun bitishi va tomoq hamda burun bo‘shlig‘idagi og‘riqlar bilan kechuvchi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
eroziv-yallig'lanishli me'da-ichak yo'llari shikastlanishlari (kuchayish bosqichida);
og'ir buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi;
alkogolizm;
yopiq burchakli glaukoma;
fenilketonuriya;
prostata bezining giperplaziyasi;
15 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi;
homiladorlik (I va III trimestrlar);
laktatsiya davri;
paratsetamol, askorbin kislotasi, xlorfenamin yoki preparatning boshqa har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan: buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi, tug'ma gipierbilirubinemiyalar (Jilber, Dubin-Djonson va Rotor sindromlari), virusli gepatit, alkogolli gepatit, keksalik yoshi.
-
Qo'llash usuli
Preparat og‘iz orqali qabul qilinadi. Tabletkani to‘liq bir stakan (200 ml) iliq suvda (50-60°C) eritish kerak, olingan eritmani darhol ichish lozim. Preparatni ovqatlar orasida qabul qilish ma’qul.
Kattalar va 15 yoshdan katta bolalarga 1 tadan 2-3 marta/kun buyuriladi. Preparatni qabul qilishlar orasidagi interval kamida 4 soat bo‘lishi kerak. Maksimal sutkalik doza - 3 tabletka.
Jigar yoki buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda va keksalarda preparatni qabul qilishlar orasidagi interval kamida 8 soat bo‘lishi kerak.
Preparatni shifokor bilan maslahatlashmasdan qabul qilish davomiyligi - og‘riq qoldiruvchi sifatida buyurilganda 5 kundan, isitmani tushiruvchi sifatida esa 3 kundan oshmasligi kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Preparat tavsiya etilgan dozalarda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Nerv tizimi tomonidan: ayrim hollarda - bosh og‘rig‘i, charchoq hissi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ayrim hollarda - ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq.
Endokrin tizimi tomonidan: ayrim hollarda - gipoglikemiya (hatto koma rivojlanishigacha).
Qon yaratilish tizimi tomonidan: ayrim hollarda - anemiya, gemolitik anemiya (ayniqsa glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda); juda kam hollarda - trombotsitopeniya.
Allergik reaksiyalar: ayrim hollarda - teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi, anafilaktoid reaksiyalar (jumladan, anafilaktik shok), ko‘p shaklli ekssudativ eritema (jumladan, Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).
Boshqalar: gipervitaminoz, moddalar almashinuvining buzilishi, issiqlik hissi, og‘iz qurishi, akkomodatsiya parezi, siydik tutilishi, uyquchanlik.
Preparatning barcha nojo‘ya ta’sirlari haqida bemor shifokorga xabar berishi kerak.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat.
Paratsetamol analgezik va isitmani tushiruvchi ta'sirga ega; bosh og'rig'i va boshqa turdagi og'riqlarni bartaraf etadi, yuqori haroratni pasaytiradi.
Xlorfenamin - gistamin H1-retseptorlari blokatori, antiallergik ta'sirga ega, burun orqali nafas olishni yengillashtiradi, burun bitishi, aksirish, ko'z yoshlanishi, qichishish va ko'z qizarishini kamaytiradi.
Askorbin kislotasi (vitamin S) oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevod almashinuvini tartibga solishda ishtirok etadi, organizmning qarshiligini oshiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Metoklopramid, domperidon yoki kolestiramin qabul qilinayotganda ham shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Tavsiya etilgan dozalardan ancha yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganda jigar va buyrak funksiyasining buzilishi ehtimoli oshadi, periferik qon manzarasini nazorat qilish zarur.
Paratsetamol va askorbin kislotasi laboratoriya tadqiqotlari ko‘rsatkichlarini (qon plazmasida glyukoza va siydik kislotasi miqdorini aniqlash, bilirubin, jigar transaminazalari, LDG faolligi) buzishi mumkin.
Jigar toksik shikastlanishining oldini olish uchun paratsetamolni alkogol ichimliklar bilan birga qabul qilmaslik, shuningdek, surunkali alkogol iste'moliga moyil shaxslarga qabul qilmaslik kerak. Jigar shikastlanishi rivojlanish xavfi alkogolli gepatozli bemorlarda oshadi.
Tez proliferatsiyalanuvchi va intensiv metastaz beruvchi o‘smalari bo‘lgan bemorlarga askorbin kislotasi buyurilishi jarayon kechishini og‘irlashtirishi mumkin.
Organizmda temir miqdori yuqori bo‘lgan bemorlarga askorbin kislotasini minimal dozalarda qo‘llash kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozani oshirib yuborish simptomlari uning tarkibiga kiruvchi moddalarga bog‘liq. Paratsetamolning o‘tkir dozani oshirib yuborish klinik manzarasi uni qabul qilgandan so‘ng 6-14 soat ichida rivojlanadi. Surunkali dozani oshirib yuborish simptomlari dozani oshirib yuborilgandan so‘ng 2-4 kun o‘tib namoyon bo‘ladi.
Paratsetamolning o‘tkir dozani oshirib yuborish simptomlari: diareya, ishtahaning pasayishi, ko‘ngil aynishi va qusish, qorin sohasida noqulaylik va/yoki qorin og‘rig‘i, terlashning kuchayishi.
Xlorfenaminning dozani oshirib yuborish simptomlari: bosh aylanishi, qo‘zg‘alish, uyqu buzilishi, depressiya, tutqanoq.
Davolash: simptomatik.