Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari anestezol shamlari № 10
1 ta suppozitoriyda faol moddalari: benzokain – 100,0 mg, vismut subgallat – 40,0 mg, levomentol – 4,0 mg, sink oksidi – 20,0 mg; yordamchi moddalari: makrogol 1500, makrogol 400.
Qo'llanilishi
Gemorroy, orqa chiqaruv teshigi yoriqlari.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bolalar yoshi (12 yoshgacha).
Qo'llash usuli
Rektal, tozalovchi klizma yoki ichakni mustaqil bo‘shatgandan so‘ng. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 1-2 marta 1 dona suppozitoriy.
Nojo´ya ta´sirlar
Orqa chiqaruv teshigida kuydiruvchi hissi, ich suruvchi ta'sir, allergik reaksiyalar. Benzokain saqlovchi preparatlarni qo‘llashda metgemoglobinemiyaning rivojlanish holatlari haqida alohida xabarlar mavjud.
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat, mahalliy anestezik, antiseptik, bog‘lovchi va qurituvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Anestezol® preparatining dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri tavsiflanmagan.
Maxsus ko'rsatmalar
Agar davolash jarayonida mavjud kasallik alomatlari kamaymasa yoki yangi noodatiy his-tuyg‘ular paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak. Preparatni qo‘llashda anal sohaning gigiyenasiga rioya qilish, ortiqcha zo‘riqishdan saqlanish, najasning yumshoq konsistensiyasini saqlash choralarini ko‘rish zarur.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash
Anestezol preparatini homiladorlik va emizish davrida qo‘llash onaga bo‘lgan potentsial foyda bolaga va homilaga bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lsa mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozani oshirib yuborish holatlari haqida xabar berilmagan.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!