-
Tarkibi
1 tabletkada:
faol moddalari: metamizol natriy - 250 mg, fenobarbital - 20 mg, dibazol - 20 mg, papaverin gidroxlorid - 20 mg;
yordamchi moddalari: kartoshka kraxmali, talk, stearin kislotasi.
-
Qo'llanilishi
Ichki organlarning silliq mushaklari spazmlarida (yengil yoki o'rtacha og'riq sindromi): buyrak kolikasi, o't yo'llari kolikasi, ichak kolikasi; o't yo'llari diskineziyasi, postxolesistektomiya sindromi; siydik yo'llari va siydik pufagi spazmi; algodisminoreya.
Bosh miya tomirlarining spazmi, migren.
Yordamchi dori vositasi sifatida: jarrohlik aralashuvlari va diagnostik muolajalardan keyingi og'riq sindromi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Gipersensitivlik (shu jumladan, pirazolon hosilalariga); suyak iligi gemopoezining susayishi; og‘ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi; glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi; taxiaritmiyalar, og‘ir stenokardiya, kollaps, dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi; yopiq burchakli glaukoma; prostata bezining gipertrofiyasi; ichak tutilishi, megakolon; homiladorlik, laktatsiya davri.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali, kuniga 2-3 marta 1 tabletka.
Shifokor bilan maslahatlashmasdan qo'llash muddati 7 kundan oshmasligi kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar.
Markaziy asab tizimi tomonidan: uyquchanlik, psixomotor reaksiyalar tezligining pasayishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qabziyat.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya.
Uzoq muddat qo'llanganda: leyopeniya, agranulositoz, jigar va buyrak funksiyasining buzilishi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat. Preparat tarkibiy qismlarining birikmasi ularning farmakologik ta'sirini o'zaro kuchaytiradi.
Metamizol natriy - pirazolon hosilasi, analgezik va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Bendazol (dibazol) - vazodilatator vosita; tomirlarni kengaytiruvchi ta'sirga ega, orqa miya funksiyasini stimulyatsiya qiladi. Qon tomirlari va ichki organlarning silliq mushaklariga bevosita spazmolitik ta'sir ko'rsatadi. Orqa miyadagi sinaptik uzatishni osonlashtiradi.
Papaverin gidroxlorid - spazmolitik vosita, gipotonik ta'sir ko'rsatadi, ichki organlar va tomirlarning silliq mushaklari tonusini pasaytiradi va bo'shashtiradi.
Fenobarbital, kichik dozalarda sedativ effekt ko'rsatadi va boshqa komponentlarning ta'sirini kuchaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Uzoq muddatli (7 kundan ortiq) qo'llanilganda periferik qon manzarasi va jigar funksional holatini nazorat qilish zarur.
Agar 3 kun davomida ta'sir bo'lmasa, preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolanish vaqtida diqqatni yuqori jamlash va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan voz kechish lozim.
Preparat bolalar uchun yetib bo'lmaydigan joyda saqlanishi va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasligi kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozani oshirib yuborish simptomlari uning tarkibiga kiruvchi komponentlar xususiyatlari bilan bog'liq. Dozani oshirib yuborishda kuchli uyquchanlik, bosh aylanishi, kollaptoid holat yuzaga keladi.
Davolash: birinchi yordam ko'rsatish - oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish. Hayot uchun muhim funksiyalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan simptomatik terapiya. Intoksikatsiyani davolash, shuningdek, jiddiy asoratlarning oldini olish intensiv tibbiy kuzatuv va davolashni talab qiladi.