Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Andipal №10
Andipal №10
Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм
Yaroqlilik muddati: 2,5 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    8 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari andipal №10
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
     
    1 tabletka tarkibida:

    faol moddalar: metamizol natriy - 250 mg, fenobarbital - 20 mg, dibazol - 20 mg, papaverin gidroklorid - 20 mg;

    yordamchi moddalar: kartoshka kraxmal, talk, stearin kislota. 
  • Qo'llanilishi
    periferik arteriyalar, me'da-ichak trakti silliq mushaklari, bosh miya tomirlarining spazmi bilan bog'liq og'riq sindromi; arterial gipertenziya.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    giperchuvstvitelik (shu jumladan, pirazolon hosilalariga); qon yasovchi ko‘mik suyak iligi faoliyatining susayishi; anik ifodalangan jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi; glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi; 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi; homiladorlik, emizish davri; taxiaritmiyalar, III-IV funksional sinfdagi barqaror zo‘riqish stenokardiyasi, barqaror bo‘lmagan stenokardiya, spontan stenokardiya, kollaps, dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi; yopiq burchakli glaukoma; prostata bezining giperplaziyasi; ichak tutilishi, megakolon; obstruktiv sindrom bilan kechuvchi nafas yo‘llari kasalliklari; atsitilsalitsil kislotasi, salitsilatlar va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish bilan chaqirilgan bronxial astma; atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikning buzilishi; komatoz holat; nafas olishning susayishi; qarilik yoshi; mushak tonusi oshishi bilan kechuvchi kasalliklar, tutqanoq sindromi, porfiriya (shu jumladan anamnezda), miasteniya; alkogol yoki narkotikga qaramlik.
  • Qo'llash usuli
    Andipal og'iz orqali qabul qilinadi. Kattalarga — 1–2 tabletka 2–3 marta kuniga. Davolash kursi — 3 kundan ko'p emas. Davolash samarasiz bo'lsa, preparatni almashtirish yoki boshqa dori vositalari bilan birga qo'llash kerak (gipotenziv ta'sirga erishish uchun).
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Ba'zan qayt qilish, ich qotishi, allergik reaktsiyalar (hatto anafilaktik shokgacha) paydo bo'ladi. Dori vositasining uzoq muddatli qo'llanilishida analgin mavjudligi sababli qon ustida bostiruvchi ta'sir ko'rsatishi mumkin (leykopeniya, kamdan-kam - agranulositoz, trombotsitopeniya). Preparat tarkibida mavjud bo'lgan fenobarbital sedativ ta'sir ko'rsatishi mumkin, ba'zan ataksiyaning, depressiyaning (ayniqsa, qari va zaif bemorlarda) paydo bo'lishi mumkin.
  • Farmakologik xususiyatlari
     
    Kompleks dori. Preparatning komponentlari o'rtasidagi kombinatsiya ularning farmakologik ta'sirini o'zaro kuchaytiradi.

    Metamizol natriy - pirazolon hosilasi, analjezik va isitma tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi.

    Bendazol (dibazol) - vazodilatator vosita; qon tomirlarini kengaytiruvchi ta'sirga ega, orqa miya funksiyasini rag'batlantiradi. Qon tomirlari va ichki organlarning silliq mushaklariga bevosita spazmolitik ta'sir ko'rsatadi. Orqa miyadagi sinaptik o'tkazishni osonlashtiradi.

    Papaverin gidroklorid - spazmolitik vosita, gipotenziya ta'sirini ko'rsatadi, ichki organlar va qon tomirlarining silliq mushaklarini tonusini pasaytiradi va bo'shashtiradi.

    Fenobarbital, kichik dozalarida sedativ ta'sir ko'rsatadi va boshqa komponentlarning ta'sirini kuchaytiradi. 

  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     
    Nitratlar (nitroglyserin, nitrosorbid, sustak va boshqalar), kaltsiy kanallari blokatorlari (nifedipin, korinfar va boshqalar), beta-adrenoblokatorlar (anaprilin, metoprolol, talinolol va boshqalar), ganglioblokatorlar (pentamin va boshqalar), diuretiklar (furosemid, gipotiiazid va boshqalar), miotropik spazmolitiklar (dipiridamol, eufillin va boshqalar) ko'rsatilgan preparatlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi.

    Boshqa narkotik bo'lmagan analgetiklar bilan birgalikda qo'llanilishi toksik ta'sirlarning o'zaro kuchayishiga olib kelishi mumkin.

    Adsorbentlar, bog'lovchi va qoplovchi vositalar bilan birgalikda qo'llanilishi preparatning oshqozon-ichak traktida so'rilishini kamaytiradi. 
  • Maxsus ko'rsatmalar
     
    Uzoq muddat (7 kundan ortiq) qo'llanilganda periferik qon manzarasi va jigar funksional holatini nazorat qilish zarur.

    3 kun davomida ta'sir bo'lmasa, preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

    Davolash davomida diqqatni talab qiladigan va psixomotor reaksiyalar tezligini oshirishni talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat turlaridan voz kechish kerak.

    Preparatni bolalardan uzoq joyda saqlash va amal qilish muddati o'tganidan keyin foydalanmaslik kerak. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    Dori vositasining ortiqcha dozasi belgilari uning tarkibidagi komponentlarning xususiyatlari bilan bog'liq. Ortqacha dozada aniq uyquchanlik, bosh aylanishi, kollaptoid holat paydo bo'ladi.

    Davolash: birinchi yordam ko'rsatish - oshqozonni yuvish, faol uglerod qabul qilish. Hayotiy funksiyalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan simptomatik terapiya. Intoksikatsiyani davolash, shuningdek, jiddiy asoratlarning oldini olish intensiv tibbiy kuzatuv va davolashni talab qiladi. 
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shokhrukh
    ico ico ico ico ico
    Андипал №10 из Oxymed - отличное средство от головной боли, всегда помогает.
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilrabo
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество, доставка быстрая, всегда заказываю только на Oxymed.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico