Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Andipal № 10
Andipal № 10
Ishlab chiqaruvchi: Ирбит ХФЗ
Yaroqlilik muddati: 2,5 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    8 yoshdan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari andipal № 10
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
     
    1 tabletkada:

    faol moddalari: metamizol natriy (analgin) - 250,0 mg, fenobarbital - 20,0 mg, bendazol (dibazol) - 20,0 mg, papaverin gidroxlorid - 20,0 mg.

    yordamchi moddalari: kartoshka kraxmali - 47,0 mg, talk - 5,9 mg, polisorbat-80 - 3,4 mg, kalsiy stearat - 1,8 mg, stearin kislotasi - 1,9 mg. 
  • Qo'llanilishi
    periferik arteriyalar, me'da-ichak trakti silliq mushaklari, bosh miya tomirlarining spazmi bilan bog'liq og'riq sindromi; arterial gipertenziya.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    giper sezuvchanlik (shu jumladan, pirazolon hosilalariga); suyak iligi gemopoezining susayishi; og'ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi; glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi; 8 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi; homiladorlik, emizish davri; taxiaritmiyalar, barqaror stenokardiya III-IV funksional sinf, beqaror stenokardiya, spontan stenokardiya, kollaps, dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi; yopiq burchakli glaukoma; prostata bezi gipertrofiyasi; ichak tutilishi, megakolon; obstruktiv sindrom bilan kechuvchi nafas yo'llari kasalliklari; atsetilsalitsil kislotasi, salitsilatlar va boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar qabul qilish bilan chaqirilgan bronxial astma; atrioventrikulyar o'tkazuvchanlikning buzilishi; komatoz holat; nafas olishning susayishi; keksalik yoshi; mushak tonusining oshishi bilan kechuvchi kasalliklar, tutqanoq sindromi, porfiriya (shu jumladan, anamnezda), miasteniya; alkogol yoki narkotikga qaramlik.
  • Qo'llash usuli
    Andipal og'iz orqali qabul qilinadi. Kattalar uchun — 1–2 tabletkadan kuniga 2–3 marta. Davolash kursi — 3 kundan oshmasligi kerak. Davolash samarasiz bo'lsa, preparatni boshqa dori vositalari bilan almashtirish yoki ularni birga qo'llash (gipotenziv ta'sirga erishish uchun) kerak.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Ba'zan qayt qilish, ich qotishi, allergik reaktsiyalar (hatto anafilaktik shokgacha) paydo bo'ladi. Dori vositasining uzoq muddatli qo'llanilishida analgin mavjudligi sababli qon ustida bostiruvchi ta'sir ko'rsatishi mumkin (leykopeniya, kamdan-kam - agranulositoz, trombotsitopeniya). Preparat tarkibida mavjud bo'lgan fenobarbital sedativ ta'sir ko'rsatishi mumkin, ba'zan ataksiyaning, depressiyaning (ayniqsa, qari va zaif bemorlarda) paydo bo'lishi mumkin.
  • Farmakologik xususiyatlari
     
    Metamizol natriy - pirazolon hosilasi, analgezik, isitmani tushiruvchi va spazmolitik ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, metamizol natriy va uning faol metaboliti (4N-metilaminoantipirin) markaziy va periferik ta'sir mexanizmiga ega. Siklooksigenazani neselektiv tarzda inhibe qiladi va araxidon kislotasidan prostaglandinlar hosil bo'lishini kamaytiradi.

    Fenobarbital - barbiturat kislotasi hosilasi. Barbiturat uchastkasi benzodiazepin-y-amin yog' kislota (GAMK)-retseptor kompleksi bilan o'zaro ta'sir qiladi, natijada GAMK-retseptorlarning mediator (GAMK) ga sezuvchanligini oshiradi, xlor kanallarining ochilishiga olib keladi, bu esa xlor ionlarining hujayraga kirishini oshiradi va gipyerpolyarizatsiyaga olib keladi. Bosh miya po'stlog'ining sezgir zonalarini bostiradi, motor faolligini kamaytiradi, serebral funksiyalarni, shu jumladan nafas olish markazini susaytiradi. Ovqat hazm qilish tizimi (OHT) silliq mushaklar tonusini pasaytiradi. Kichik dozalarda fenobarbital sedativ ta'sir ko'rsatadi.

    Bendazol - vazodilatator vosita; tomirlarni kengaytiruvchi ta'sirga ega, orqa miya funksiyasini stimulyatsiya qiladi. Qon tomirlari va ichki organlar silliq mushaklariga bevosita spazmolitik ta'sir ko'rsatadi. Orqa miyadagi sinaptik uzatishni osonlashtiradi.

    Papaverin gidroxlorid - spazmolitik vosita, gipotenziya ta'siriga ega, ichki organlar va tomirlarning silliq mushaklar tonusini pasaytiradi va bo'shashtiradi. 

  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     Preparatning nitratlar (shu jumladan nitroglitserin, izosorbid dinitrat), sekin kalsiy kanallari blokatorlari (nifedipin va boshqalar), beta-adrenoblokatorlar (shu jumladan propranolol, metoprolol), ganglioblokatorlar (shu jumladan azametoniya bromid), diuretiklar (furosemid, gipotiazoid va boshqalar), vazodilatator vositalar (shu jumladan dipiridamol), aminofillin bilan birga qo‘llanilishi Andipal preparatining gipotenziyal ta’sirini kuchaytiradi. Alfa-adrenomimetiklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (shu jumladan epinefrin, norepinefrin) va bilvosita (efedrin) ta’sirga ega bo‘lgan, N-xolinomimetiklar (shu jumladan nikotin, atsetilxolin), analiptiklar (shu jumladan kamfora, sulfokamfokain [prokain+sulfokamfor kislotasi], niketamid, bemegid, lobeliya, tsitizin), toniziruvchi vositalar (shu jumladan jen-shen ildizi, eleuterokokk ildizpoyasi va ildizlari ekstrakti, rodiola ekstrakti) bilan birga qo‘llanilishi Andipal preparatining gipotenziyal effektini kamaytiradi. Adsorbentlar (faollashtirilgan ko‘mir), bog‘lovchi va qoplovchi vositalarni bir vaqtda qo‘llash preparatning me’da-ichak traktida so‘rilishini kamaytiradi. 
  • Maxsus ko'rsatmalar
     
    Agar 3 kun davomida samarasi bo'lmasa, preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

    Metamizol natriy qo'llanilishiga javoban anafilaktik yoki boshqa immun vositasida yuzaga keladigan reaksiyalar (masalan, agranulositoz) rivojlanadigan bemorlar boshqa pirazolonlar va pirazolidonlar qo'llanilishiga ham shunday reaksiyalar rivojlanish xavfiga ega.

    Keksalar va zaiflashgan bemorlar: keksalarga doza kamaytirilishi kerak, chunki ularda metamizol natriy metabolitlarining chiqarilishi kamaygan bo'lishi mumkin.

    Pantsitopeniya, agranulositoz

    Pantsitopeniya va agranulositoz rivojlanganida preparatni darhol bekor qilish va umumiy qon tahlilini uning ko'rsatkichlari normaga qaytguncha nazorat qilish kerak. Barcha bemorlarga davolash davomida qon tizimi tomonidan buzilishlarni eslatuvchi belgilar va simptomlar (masalan, umumiy holsizlik, infeksiyalar, doimiy isitma, gematomalar paydo bo'lishi, qon ketish, oqarish) yuzaga kelganda darhol tibbiy yordamga murojaat qilish tavsiya etiladi.

    Anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar

    Metamizol natriyga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanish xavfini quyidagi holatlar oshiradi: analgetik bronxial astma yoki analgetiklarga toqat qilmaslik (urtikariya-angionevrotik shish turi bo'yicha); bronxial astma, ayniqsa rinosinusit va burun polipozi bilan kechuvchi; surunkali urtikariya; bo'yoqlarga (masalan, tartrazin), konservantlarga (masalan, benzoatlar) toqat qilmaslik; alkogolga toqat qilmaslik, bunda hatto oz miqdorda alkogol ichimliklar qabul qilinganda bemorlarda aksirish, ko'zdan yosh oqishi va yuzning kuchli qizarishi yuzaga keladi. Alkogolga toqat qilmaslik ilgari aniqlanmagan analgetik bronxial astma mavjudligidan dalolat berishi mumkin. Sezuvchan bemorlarda anafilaktik shok rivojlanishi mumkin, shuning uchun bronxial astma yoki atopiyaga ega bemorlarda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

    Og'ir teri reaksiyalari

    Stivens-Djonson sindromi (SDS) va toksik epidermal nekroliz (TEN). SDS yoki TEN belgilari (masalan, rivojlanib boruvchi teri toshmasi, ko'pincha pufakchalar yoki shilliq qavatning yaralanishi bilan birga) paydo bo'lsa, Andipal preparati bilan davolashni darhol to'xtatish va uni hech qachon qayta boshlamaslik kerak.

    Teri reaksiyalarini, ayniqsa davolash boshida, diqqat bilan nazorat qilish kerak.

    Yakkalanib uchraydigan gipotenziya reaksiyalari

    Bu reaksiyalar doza bog'liq bo'lishi mumkin. Bunday reaksiyalar xavfi oldindan arterial gipotenziya, qon aylanish hajmining kamayishi yoki degidratatsiya, beqaror gemodinamika yoki o'tkir qon aylanish buzilishi (masalan, miokard infarkti yoki jarohatli bemorlarda), yuqori isitma bo'lgan bemorlarda oshadi. Bunday bemorlarda batafsil diagnostika o'tkazish va ularni diqqat bilan kuzatish kerak.

    Arterial bosimni pasaytirishdan qochish kerak bo'lgan bemorlarda Andipal faqat gemodinamik ko'rsatkichlarni diqqat bilan nazorat qilish sharti bilan qo'llanilishi mumkin.

    Qorin og'rig'i

    Preparatni qorin sohasidagi o'tkir og'riqlarni (ular sababini aniqlashgacha) bartaraf etish uchun qo'llash mumkin emas.

    Bubak va jigar funksiyasi buzilishi

    Bubak yoki jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda Andipalni faqat foyda va xavf qat'iy baholanganidan so'ng, barcha zarur ehtiyot choralariga rioya qilgan holda qo'llash mumkin.


    Homiladorlik va laktatsiya
    Homiladorlik va emizish davrida preparat qo'llash mumkin emas.

    Homiladorlik

    Kombinatsiyalangan Andipal preparatini homiladorlik davrida qo'llash bo'yicha ma'lumotlar cheklangan. Preparat tarkibiga kiruvchi metamizol natriy platsentadan o'tadi. Doklinik tadqiqotlar natijalariga ko'ra, metamizol natriyning teratogen ta'siri aniqlanmagan. Metamizol natriy prostaglandinlar sintezini kuchsiz tormozlashi mumkin bo'lsa-da, arterial kanalning muddatidan oldin (bachadonda) yopilishi, shuningdek, ona yoki yangi tug'ilgan chaqaloqda trombotsitlar agregatsiyasi buzilishi bilan bog'liq perinatal asoratlarni istisno qilib bo'lmaydi.

    Emizish

    Metamizol natriy metabolitlari ona sutiga o'tadi, shuning uchun Andipal preparatini qo'llashda, shuningdek, oxirgi doza qabul qilinganidan keyin 48 soat davomida emizishni to'xtatish kerak.


    Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
    Davolash davrida transport vositalarini boshqarish, yuqori diqqat va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan voz kechish kerak. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    Doza oshib ketish simptomlari: preparatning doza oshib ketishi uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog'liq. Doza oshib ketganda kuchli uyquchanlik, bosh aylanishi, tomir kollapsi yuzaga keladi.

    Davolash: birinchi yordam ko'rsatish - oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish. Hayot uchun muhim funksiyalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan simptomatik terapiya. Intoksikatsiyani davolash, shuningdek, jiddiy asoratlarning oldini olish intensiv tibbiy kuzatuv va davolashni talab qiladi. 

Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Sergey
    ico ico ico ico ico
    Андипал №10 - отличное средство от мигрени. Рекомендую всем, кто страдает от головной боли.
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Очень хороший препарат, помогает от головной боли. Спасибо Oxymed за быструю доставку!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico