Dorilarning o'zaro ta'siri
Sulbaktam, β-laktamazlarning qaytmas ingibitori, ampitsillinning mikroorganizmlarning β-laktamazalari tomonidan gidroliz va parchalanishini oldini oladi.
Ampitsillin bakteritsid antibiotiklar (shu jumladan aminoglikozidlar, tsefalosporinlar, tsikloserin, vankomitsin, rifampitsin) bilan bir vaqtda qo‘llanganda sinergizm kuzatiladi; bakteriostatik antibiotiklar (shu jumladan makrolidlar, xloramfenikol, linkozamidlar, tetratsiklinlar, sulfanilamidlar) bilan esa antagonizm kuzatiladi.
Ampitsillin ichak mikroflorasini bostirish orqali K vitamini va protrombin indeksini kamaytirib, bilvosita antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytiradi.
Ampitsillin metabolizmi natijasida PABK hosil bo‘ladigan dori vositalarining ta’sirini kamaytiradi.
Probenetsid, diuretiklar, allopurinol, fenilbutazon, NPVS ampitsillinning kanalik sekretsiyasini kamaytiradi, bu esa uning qon plazmasidagi konsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin.
Antatsidlar, glyukozamin, ich suruvchi vositalar, aminoglikozidlar ampitsillinning so‘rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi. Askorbin kislotasi ampitsillinning so‘rilishini oshiradi.
Ampitsillin og‘iz orqali qabul qilinadigan kontratseptivlarning samaradorligini kamaytiradi.