-
Qo'llanilishi
Preparat ampitsillinga sezgir mikroorganizmlar sababli yuzaga kelgan infeksion-yallig'lanish kasalliklarida, jumladan quloq, tomoq, burun infeksiyalarida, bronx-o'pka infeksiyalarida, o'tkir va surunkali siydik-jinsiy yo'llar infeksiyalarida, me'da-ichak trakti infeksiyalarida (jumladan salmonellyoz, xoletsistit), sepsis, meningit, revmatizm; roje, skarlatina, teri va yumshoq to'qimalar infeksiyalarida qo'llaniladi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Mutlaq: penisillin qatoridagi antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik, jigar faoliyatining og'ir buzilishlari, preparatga sezgir bo'lmagan shtammlar, ayniqsa, pseudomonadalar va stafilokoklar keltirib chiqaradigan infeksion kasalliklar, miasteniya, 1 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi. Nisbiy: sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik, anamnezda mavjudligi, allergiya, bronxial astma, OVKT kasalliklari (ayniqsa, antibiotiklar bilan bog'liq kolit), pichan isitmasi yoki toshma, infeksion mononukleoz, limfoleykozda ikkilamchi infeksiyalar, laktatsiya davri, homiladorlik.
-
Qo'llash usuli
Dozasi individual tarzda, kasallikning og'irligi, infeksiya lokalizatsiyasi va qo'zg'atuvchining sezuvchanligiga qarab belgilanadi. Suspenziya ovqatdan 30 daqiqa oldin yoki ovqatdan 2 soat o'tgach qabul qilinadi. Kattalar uchun bir martalik doza 0,25-0,5 g (2-4 o'lchov qoshiq) kuniga 4 marta, kamida 4 kun davomida. Tana vazni 20 kg gacha bo'lgan bolalarga har 6 soatda 12,5-25,0 mg/kg buyuriladi. Suspenziya suv bilan ichiladi. Shifokor tavsiyasiga ko'ra bolalar uchun doza kuniga 200 mg/kg gacha oshirilishi mumkin. Davolash kursi 5-7 kun. Suspenziya quyidagicha tayyorlanadi: flakon ichidagi kukunlar yarimigacha suv bilan to'ldiriladi va yaxshilab chayqatiladi. So'ngra suv 100 ml belgigacha to'ldiriladi va yana chayqatilib suspenziya olinadi. Har bir qabul qilishdan oldin flakon tarkibini 1-3 daqiqa davomida chayqatish tavsiya etiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan quyidagilar mumkin: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, og'izda qurish, ta'm o'zgarishi, qorin og'rig'i, psevdomembranoz enterokolit. Allergik reaksiyalar: qichishish, toshma (krapivnitsa), Kvinke shishi, rinit, kon'yunktivit, kamdan-kam hollarda – isitma, bo'g'imlarda og'riq, eozinofiliya, juda kam hollarda – anafilaktik shok. Allergik reaksiyalar paydo bo'lsa, preparatni bekor qilish va desensibilizatsiyalovchi terapiya buyurish kerak. Markaziy asab tizimi tomonidan quyidagilar mumkin: bosh og'rig'i, tremor, tutqanoq (yuqori dozalarda davolashda). Uzoq muddat qo'llanganda ichak disbakteriozi, kolit, kandidoz mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Ampitsillin – yarim sintetik penisillinlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. Bakteritsid ta'sir ko'rsatadi, mikroorganizmlarning hujayra devori sintezini bostiradi. Penisillinaza ta'sirida parchalanadi. Kislotaga chidamli. Preparatga doimiy sezgir quyidagi mikroorganizmlar: Streptococcus A, B, C, F, G, Str. Pneumoniae, penisillinaza ishlab chiqarmaydigan; L. Monocytogenes, Corynebacterium diphtheriae, Erysipelotrix rhusopathiae, Eikenella corrodens, N. meningitides, Bordetella pertussis, Clostridium spp., Propioniobacterium acnes, Peptostreptococcus spp., Actinomyces spp., Leptospira spp., Treponema; doimiy sezgir emas: Enterococcus faecalis, E. Coli, Proteus mirabilis, Salmonella spp., Vibrio cholerae, H. Influenzae, N. gonorrhoeae, Fusobacterium spp., Prevotella spp. Preparatga chidamli: Staphylococcus spp., B. catarrhalis, Klebsiella spp., Enterobacter spp., C. diversus, C. freundii, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Morganella moranii, Y. enterocolitica., Pseudomonas spp., Acinetbacter spp., Xanthomoonas spp., Flavobacterium spp., Alcaligenes spp., Nocardia spp., Campylobacter spp., Legionella pneumophila, Mycobacterium spp., Bacteroides spp., Mycoplasma spp., Chlamydia spp.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Allergik reaksiyalar yuzaga kelganda preparatni qabul qilishni to'xtatish va desensibilizatsiyalovchi terapiya o'tkazish zarur. Preparat septik bemorlarda qo'llanilganda bakteriolez reaksiyasi (Yarish-Gerkgeymer reaksiyasi) bo'lishi mumkin. Zaiflashgan bemorlarda uzoq muddatli davolashda preparatga chidamli mikroorganizmlar (xamirturushga o'xshash zamburug'lar, grammanfiy mikroorganizmlar) sababli superinfeksiya rivojlanishi mumkin. Bunday bemorlarga preparat bilan davolashda B va S guruhi vitaminlarini buyurish, zarur hollarda nistatin yoki levorin berish maqsadga muvofiq. Bronxial astma, pichan isitmasi va boshqa allergik kasalliklarda, zarur hollarda preparatni desensibilizatsiyalovchi vositalar bilan birga qo'llash tavsiya etiladi. Buyrak, jigar funksiyasi va qon manzarasini tizimli nazorat qilish zarur. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga preparatni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparatni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatmaslik lozim.