-
Qo'llanilishi
Amoksitsillinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan bakterial infeksiyalar: nafas yo‘llari va LOR a’zolari infeksiyalari (sinusit, faringit, tonzillit, o‘tkir o‘rta otit; bronxit, pnevmoniya), siydik-jinsiy tizim infeksiyalari (pielonefrit, pielit, tsistit, uretrit, gonoreya, endometrit, tservitsit), me’da-ichak trakti infeksiyalari (peritonit, enterokolit, qorin tifi, xolangit, xoletsistit), teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari (ro‘ja, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar), leptospiroz, o‘tkir va latent listerioz, Laym kasalligi (borrelioz), dizenteriya, salmonellyoz, salmonellonositlik, bakterial meningit (sezgirlik aniqlash natijalariga qarab. Ayniqsa bolalarda), infeksion endokardit, masalan, enterokokkli (yakka holda yoki aminoglikozidlar bilan kombinatsiyada), amoksitsillinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan septitsemiya.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga (shu jumladan boshqa penisillinlar, tsefalosporinlar, karbapenemlarga) yuqori sezuvchanlik, allergik kasalliklar (shu jumladan anamnezda), bronxial astma, pollinoz, infeksion mononukleoz, limfoleykoz, jigar yetishmovchiligi, antibiotiklar qo'llanilishi bilan bog'liq kolit, shu jumladan anamnezda, laktatsiya davri, tana vazni 40 kg dan kam bo'lgan 10 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan
Homiladorlik, allergik reaksiyalar (shu jumladan anamnezda), me'da-ichak trakti kasalliklari anamnezda, buyrak yetishmovchiligi, shuningdek anamnezda qon ketishiga oid ko'rsatmalar mavjud bo'lsa.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Amoksitsillinni homiladorlikda faqat ona uchun foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo'lsa qo'llash mumkin.
Amoksitsillin ko'krak suti bilan past konsentratsiyalarda ajraladi. Preparatni laktatsiya davrida qo'llash zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish masalasini hal qilish kerak.
-
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali, ovqatdan oldin yoki keyin.
Kattalar va 10 yoshdan katta bolalarga (tana vazni 40 kg dan ortiq) 0,5 g dan kuniga 3 marta buyuriladi; infeksiya og‘ir kechsa – 0,75-1 g dan kuniga 3 marta.
O‘tkir asoratsiz gonoreyada 3 g bir marta buyuriladi; ayollarni davolashda ko‘rsatilgan doza qayta qabul qilinishi tavsiya etiladi.
O‘tkir infeksion me’da-ichak kasalliklari (paratif, qorin tifi) va o‘t yo‘llari, ginekologik infeksion kasalliklarda kattalarga – 1,5-2 g dan kuniga 3 marta yoki 1-1,5 g dan kuniga 4 marta.
Og‘ir infeksiyalarda (meningit, septitsemiya) kattalarga – kuniga 6 g gacha 3-4 qabulga bo‘lib. Bolalarga – 250-500 mg dan kuniga 3 marta. Davolash davomiyligi ko‘rsatmalar va klinik manzaraga bog‘liq bo‘lib, odatda 5-7 kunni tashkil etadi. Otit va unga o‘xshash infeksiyalarda bolalarda Amoksitsillin ikki marta qabul qilinishi yetarli bo‘ladi. Surunkali kasalliklar, qaytalanuvchi infeksiyalar, og‘ir kechuvchi infeksiyalarda kattalarga 750 mg-1 g dan kuniga 3 marta, bolalarga esa kuniga 60 mg/kg gacha 3 qabulga bo‘lib buyuriladi.
Leptospirozda kattalarga – 0,5-0,75 g dan kuniga 4 marta 6-12 kun davomida.
Listeriozda kattalarga – 0,5 g dan kuniga 3 marta 6-12 kun davomida.
Salmonellonositlikda kattalarga – 1,5-2 g dan kuniga 3 marta 2-4 hafta davomida.
Endokardit profilaktikasi uchun kichik jarrohlik aralashuvlarda kattalarga – 3-4 g protseduradan 1 soat oldin. Zarur bo‘lsa, 8-9 soatdan so‘ng qayta doza buyuriladi.
Bolalarda doza ikki baravar kamaytiriladi.
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda kreatinin klirensi 15-40 ml/min bo‘lsa, qabul qilish oralig‘i 12 soatgacha uzaytiriladi; kreatinin klirensi 10 ml/min dan past bo‘lsa, doza 15-50% ga kamaytiriladi; anuriyada maksimal doza 2 g/kun.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, giperemiya, qichishish, toshma, eritema, angionevrotik shish, rinit, kon'yunktivit; isitma, bo'g'imlarda og'riq, eozinofiliya, eksfoliativ dermatit, poliformli ekssudativ eritema, Stivens - Jonson sindromi; zardob kasalligiga o'xshash reaksiyalar, toksik epidermal nekroliz, umumlashgan ekzantematoz pustulez, allergik vaskulit, anafilaktik shok.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: disbakterioz, ta'm sezishning o'zgarishi, qusish, ko'ngil aynishi, diareya, stomatit, glossit, jigar funksiyasining buzilishi, "jigar" transaminazalarining faolligining mo'tadil oshishi, xolestatik sariqlik, jigar xolestazi, o'tkir tsitolitik gepatit, soxta membranoz kolit.
Nerv tizimi tomonidan: qo'zg'aluvchanlik, xavotir, uyqusizlik, ataksiya, ongning chalkashishi, xulq-atvor o'zgarishi, depressiya, periferik neyropatiya, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, tutqanoq.
Laborator ko'rsatkichlar: leyopeniya, neytropeniya, trombotsitopenik purpura, anemiya.
Boshqalar: nafas olishda qiyinchilik, taxikardiya, interstitsial nefrite, kristalluriya, eozinofiliya, agranulositoz, qin kandidozi, superinfeksiya (ayniqsa surunkali kasalliklari yoki organizmning pasaygan rezistentligi bo'lgan bemorlarda).
-
Farmakologik xususiyatlari
Keng ta'sir doirasiga ega, yarim sintetik penitsillinlar guruhiga mansub, antibakterial, bakteritsid, kislotalarga chidamli vosita. Transpeptidazani ingibitsiya qiladi, peptidoglikan (hujayra devorining tayanch oqsili) sintezini bo'zadi bo'linish va o'sish davrida, bakteriyalarning lizisiga olib keladi. Ta'sir doirasining kengligi tufayli, preparat gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol. Amoksitsillinga sezgir klinik ahamiyatga ega gram-manfiy mikroorganizmlar quyidagilarni o'z ichiga oladi: Escherichia coli, Proteus mirabilis, Salmonella, Shigella, Campilobacter, Haemophilus influenzae, Bordetella pertussis, Leptospira, Chlamydia.
Bundan tashqari, amoksitsillin penitsillin G ga sezgir barcha mikroorganizmlarga nisbatan faol, masalan, A,B,C,G,H,I,M guruhi streptokokklari, Streptococcus pneumoniae, penitsillinaza ishlab chiqarmaydigan stafilokokklar va Neisseria spp., Erysipelothrix rhysiopathiae, Corynebacterium, Bacillus anthracis, Actinomycetes, Streptobacilli, Spirillium minus, Pastereulla multocida, Listeria, Spirochaeta (Leptospira, Treponema, Borrelia) va boshqalar, shuningdek, turli anaerob mikroorganizmlar (shu jumladan peptokokklar, peptostreptokokklar, klostridiyalar va fuzobakteriyalar).
-
Maxsus ko'rsatmalar
Kursli davolashda qon hosil qiluvchi organlar, jigar va buyraklar funksiyasining holatini nazorat qilish zarur.
Unga sezgir bo'lmagan mikroflora o'sishi hisobiga superinfeksiya rivojlanishi mumkin, bu esa antibakterial terapiyani mos ravishda o'zgartirishni talab qiladi.
Bakteriemiya bilan kasallangan bemorlarni davolashda bakteriolez reaksiyasi (Yarish-Gerkshaymer reaksiyasi) rivojlanishi mumkin.
Penitsillinlarga yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlarda sefalosporin antibiotiklari bilan o'zaro allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin.
Kursli davolash fonida yengil diareya bo'lsa, ichak peristaltikasini pasaytiruvchi antidiareya preparatlaridan saqlanish kerak; kaolin yoki attapulgit saqlovchi antidiareya vositalarini ishlatish mumkin. Og'ir diareya bo'lsa, shifokorga murojaat qilish zarur.
Davolash kasallikning klinik belgilar yo'qolganidan keyin yana 48-72 soat davom ettirilishi shart.
Estrogen saqlovchi peroral kontratseptivlar va amoksitsillin bir vaqtda qo'llanilganda, imkon qadar boshqa yoki qo'shimcha kontratseptsiya usullaridan foydalanish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, suv-elektrolit muvozanatining buzilishi (qusish va diareya natijasida).
Davolash: oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko'mir, tuzli ich ketkazuvchi vositalar, suv-elektrolit muvozanatini saqlovchi preparatlar; gemodializ.