-
Tarkibi
Faol modda: Ampitsillin trigidrat (100% quruq modda hisobida) – 125,0 mg. Yordamchi moddalari: natriy benzoat, natriy sitrat, natriy karboksimetilsellyuloza tozalangan, shakar, aerosil, oziq-ovqat aromatik essensiyasi.
-
Qo'llanilishi
Preparat ampisillinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida, shu jumladan quloq, tomoq, burun infeksiyalarida, bronx-o‘pka infeksiyalarida, o‘tkir va surunkali siydik-jinsiy yo‘llar infeksiyalarida, me’da-ichak trakti infeksiyalarida (shu jumladan salmonellyoz, xoletsistit), sepsis, meningit, revmatizmda; ro‘ja, skarlatina, teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalarida qo‘llaniladi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Mutlaq: penitsillin qatoridagi antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik, jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari, preparatga sezgir bo‘lmagan shtammlar keltirib chiqaradigan infeksion kasalliklar, ayniqsa psedomonadalar va stafilokokklar, miasteniya, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi. Nisbiy: sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik, anamnezda mavjudligi, allergiya, bronxial astma, OVJ kasalliklari (ayniqsa antibiotiklar bilan bog‘liq kolit), pichan isitmasi yoki toshma (urtikariya), infeksion mononukleoz, limfoleykozda ikkilamchi infeksiyalar, laktatsiya davri, homiladorlik.
-
Qo'llash usuli
Dozani individual ravishda kasallikning og'irligi, infeksiya lokalizatsiyasi va qo'zg'atuvchining sezuvchanligiga qarab belgilashadi. Suspenziya ovqatdan 30 daqiqa oldin yoki ovqatdan 2 soat o'tgach qabul qilinadi. Kattalar uchun bir martalik doza 0,25-0,5 g (2-4 o'lchov qoshiq) kuniga 4 marta, kamida 4 kun davomida. Tana vazni 20 kg gacha bo'lgan bolalarga har 6 soatda 12,5-25,0 mg/kg buyuriladi. Suspenziya suv bilan ichiladi. Shifokor tavsiyasiga ko'ra bolalar uchun doza kuniga 200 mg/kg gacha oshirilishi mumkin. Davolash kursi 5-7 kun. Suspenziya quyidagicha tayyorlanadi: flakon ichidagi kukunga yarim hajmda suv quyiladi va yaxshilab chayqatiladi. So'ngra suv 100 ml belgisigacha to'ldiriladi va yana chayqatilib suspenziya olinadi. Har bir qabul qilishdan oldin flakon tarkibini 1-3 daqiqa davomida chayqatish tavsiya etiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan mumkin: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, og'iz qurishi, ta'm o'zgarishi, qorin og'rig'i, soxta membranoz enterokolit. Allergik reaksiyalar: qichishish, toshma, Kvinke shishi, rinit, kon'yunktivit, kamdan-kam hollarda – isitma, bo'g'imlarda og'riq, eozinofiliya, juda kam hollarda – anafilaktik shok. Allergik reaksiyalar paydo bo'lsa, preparatni bekor qilish va desensibilizatsiyalovchi terapiya buyurish kerak. Markaziy asab tizimi tomonidan mumkin: bosh og'rig'i, tremor, tutqanoq (yuqori dozalarda davolashda). Uzoq muddat qo'llanganda ichak disbakteriozi, kolit, kandidoz mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Ampitsillin – yarim sintetik penisillinlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. Bakteritsid ta'sir ko'rsatadi, mikroorganizmlarning hujayra devori sintezini bostiradi. Penisillinaza ta'sirida parchalanadi. Kislotaga chidamli. Quyidagi mikroorganizmlar preparatga doimiy sezgir: Streptococcus A, B, C, F, G, Str. Pneumoniae, penisillinaza ishlab chiqarmaydiganlar; L. Monocytogenes, Corynebacterium diphtheriae, Erysipelotrix rhusopathiae, Eikenella corrodens, N. meningitides, Bordetella pertussis, Clostridium spp., Propioniobacterium acnes, Peptostreptococcus spp., Actinomyces spp., Leptospira spp., Treponema; doimiy sezgir emaslar: Enterococcus faecalis, E. Coli, Proteus mirabilis, Salmonella spp., Vibrio cholerae, H. Influenzae, N. gonorrhoeae, Fusobacterium spp., Prevotella spp. Preparatga chidamli: Staphylococcus spp., B. catarrhalis, Klebsiella spp., Enterobacter spp., C. diversus, C. freundii, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Morganella moranii, Y. enterocolitica., Pseudomonas spp., Acinetbacter spp., Xanthomoonas spp., Flavobacterium spp., Alcaligenes spp., Nocardia spp., Campylobacter spp., Legionella pneumophila, Mycobacterium spp., Bacteroides spp., Mycoplasma spp., Chlamydia spp.
Farmakokinetika
Preparat oshqozonning kislotali muhitida parchalanmaydi, og'iz orqali qabul qilinganda qonga so'riladi. Ovqat so'rilishni kamaytiradi. Plazmadagi eng yuqori konsentratsiyaga taxminan 1,5-2 soatdan so'ng erishiladi. Tana to'qimalari va suyuqliklariga o'tadi, terapevtik konsentratsiyalarda plevral, peritoneal va sinovial suyuqliklarda, o'tda aniqlanadi. Preparat platsentar to'siqdan o'tadi, gematoensefalik to'siqdan yomon o'tadi, ona sutiga ajraladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 1 soat, anuriyada 12-20 soatgacha uzayadi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi, siydikda antibiotikning juda yuqori konsentratsiyasi hosil bo'ladi. Preparat takroran yuborilganda kümülyatsiyalanmaydi, bu uni katta dozalarda va uzoq muddat qo'llash imkonini beradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Alergik reaksiyalar paydo bo‘lsa, preparat qabul qilishni to‘xtatish va desensibilizatsion terapiya o‘tkazish zarur. Preparat sepsis bilan kasallangan bemorlarda qo‘llanilganda bakterioliz reaksiyasi (Yarish-Gerkgeymer reaksiyasi) yuzaga kelishi mumkin. Zaiflashgan bemorlarda uzoq muddatli davolashda preparatga chidamli mikroorganizmlar (xamirturushga o‘xshash zamburug‘lar, grammanfiy mikroorganizmlar) sababli superinfeksiya rivojlanishi mumkin. Bunday bemorlarga preparat bilan davolashda B va S guruhi vitaminlarini buyurish, zarur bo‘lsa, nistatin yoki levorin berish maqsadga muvofiq. Bronxial astma, pichan isitmasi va boshqa allergik kasalliklarda, zarur hollarda preparat desensibilizatsion vositalar bilan birga qo‘llaniladi. Buyrak, jigar funksiyasi va qon manzarasini tizimli nazorat qilish zarur. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga preparatni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparatni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatmaslik lozim.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Ampitsillin bir vaqtda bakteritsid antibiotiklar, jumladan aminoglikozidlar, tsefalosporinlar, tsikloserin, vankomitsin, rifampitsin bilan qo‘llanganda sinergizm namoyon bo‘ladi; bakteriostatik antibiotiklar, jumladan makrolidlar, xloramfenikol, linkozamidlar, tetratsiklinlar, sulfanilamidlar bilan – antagonizm. Ampitsillin to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan antikoagulyantlar ta’sirini kuchaytiradi, ichak mikroflorasini bostiradi, vitamin K va protrombin indeksini kamaytiradi, metabolizmi davomida paraaminobenzoy kislotasi hosil bo‘ladigan dori vositalari ta’sirini kamaytiradi. Probenetsid, diuretiklar, allopurinol, fenilbutazon, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar ampitsillinning siydik bilan chiqarilishini kamaytiradi, bu esa uning qon plazmasidagi konsentratsiyasining oshishi bilan kechishi mumkin. Antatsidlar, ich ketkazuvchi vositalar, aminoglikozidlar ampitsillinning so‘rilishini kamaytiradi, askorbin kislotasi esa oshiradi. Preparat peroral kontratseptivlar samaradorligini kamaytiradi. Ampitsillin va allopurinol bir vaqtda qo‘llanganda teri toshmasi paydo bo‘lishi mumkin, shuning uchun ularni alohida qo‘llash tavsiya etiladi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Markaziy asab tizimiga toksik ta’sir simptomlari (ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda), ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, suv-elektrolit muvozanatining buzilishi (qusish va diareya natijasida). Davolash: me’da yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, tuzli ich ketkazuvchi vositalar, suv-elektrolit muvozanatini saqlash uchun dori vositalari va simptomatik terapiya. Gemodializ yordamida chiqariladi.