-
Tarkibi
faol modda amoksitsillin trigidrat (amoksitsillinga hisoblaganda) – 250 mg yoki 500 mg; yordamchi moddalari kartoshka kraxmal, magniy stearat, kalsiy stearat, talk.
-
Qo'llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqargan infeksion kasalliklarni, ayniqsa nafas olish organlari, siydik-jinsiy tizim, o't yo'llari, me'da-ichak trakti, teri va yumshoq to'qimalar infeksiyalarini davolash. Kompleks antibiotik-xirurgik terapiya doirasida preparat o't pufagi va o't yo'llarida salmonella tashuvchilarni sanatsiya qilish uchun qo'llaniladi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Penitsillinlar, sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik, og‘ir jigar yetishmovchiligi, amoksitsillinga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan infeksion kasalliklar, ayniqsa, psedomonadalar va stafilokokklar; allergiya, bronxial astma, pichan tumovi yoki toshma (krapivnitsa) anamnezda, infeksion mononukleoz, limfoleykoz, homiladorlik va laktatsiya.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali, ovqatdan oldin yoki keyin. Kattalar va 10 yoshdan katta bolalarga (tana vazni 40 kg dan ortiq) odatda kunlik doza 1,0-1,5 g buyuriladi. 5 dan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarda kunlik doza odatda 0,75 g, 2 dan 5 yoshgacha - 0,375 g, 2 yoshdan kichiklarda - 20 mg/kg vazn. Kunlik doza 2-3 marta qabul qilishga bo'linadi. Infeksion kasallik og'ir kechsa, doza ikki baravar oshirilishi mumkin. Preparat bilan davolash kamida 5-7 kun davom etishi kerak, biroq surunkali bronxit zo‘rayishida odatda faqat yiringli balg‘am ajralishi davrida buyuriladi. Beta-gemolitik streptokokk keltirib chiqargan infeksiyalarda asoratlarni oldini olish uchun preparatni kamida 10 kun qo'llash kerak. Kasallik simptomlari yo'qolganidan keyin preparatni 48 soat davomida qabul qilish zarur. O'tkir gonoreyada 3 g bir marta, 1 g probenetsid bilan birga buyuriladi. Ayollarni davolashda ko'rsatilgan doza takrorlanishi tavsiya etiladi. Jigar funksiyasi pasayganda preparat dozasini o'zgartirilmaydi. Gemodializdan so'ng dializlangan miqdorni to'ldirish kerak. Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda KK 10 ml/min dan past bo'lsa, preparat dozasini 15-50% ga kamaytirish yoki qabul qilish oralig'ini 24 soatgacha oshirish kerak. KK 10-30 ml/min bo'lsa, preparat 500 mg dozada 12 soatlik interval bilan buyuriladi. Murakkab bo'lmagan siydik chiqarish yo'llari infeksiyalarida har bir qabulga 3 g dan ikki marta, 10-12 soatlik interval bilan buyuriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar: eritema, toshma, rinit, kon'yunktivit; kamdan-kam hollarda - isitma, bo'g'imlarda og'riq, eozinofiliya; juda kam hollarda - anafilaktik shok, Kvinke shishi. Shuningdek, ovqat hazm qilish trakti buzilishlari: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, anus sohasida qichishish, juda kam hollarda soxta membranoz va gemorragik kolitlar paydo bo'lishi mumkin. Kam hollarda interstitsial nefrid rivojlanishi, juda kam hollarda agranulositoz, trombotsitopeniya kuzatilishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Yarim sintetik penitsillinlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. Bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi, hujayra qobig‘ining sintezini susaytiradi. Gram-musbat (gemolitik va negemolitik Streptococcus spp., Staphylococcus spp., beta-laktamaza (penitsillinaza) ishlab chiqarmaydigan, Clostridium spp., Bacillus anthracis, Corynebacterium diphtheriae, Enterococcus spp.) va gram-manfiy mikroorganizmlarga (Haemophilus influenzae, Bordetella pertussis, Proteus mirabilis, Brucella spp., Neisseria gonorrhoeae va Neisseria meningitidis, Salmonella spp., Shigella spp., Esherichia coli, Borrelia burgorfery, Helicobacter pylori) nisbatan faol. Beta-laktamaza (penitsillinaza) ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar, Pseudomonas, indol-musbat Proteus, Serratia, Enterobacterga nisbatan faol emas.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat bolalar uchun yetib bo'lmaydigan joyda saqlanishi va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasligi kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Me'da-ichak trakti funksiyasining buzilishi simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, natijada suv-elektrolit muvozanatining buzilishi mumkin. Davolash: me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir, tuzli ich ketkazuvchilar buyurish, suv-elektrolit muvozanati buzilganda - tuzli eritmalar infuziyasi.