-
Tarkibi
1 tabletkada quyidagilar mavjud:
faol modda: amlodipin besilat BF (amlodipingga ekvivalent) - 5 mg yoki 10 mg;
yordamchi modda: kraxmal, laktоза, PVP K-30, magniy stearati, talk, metilenxlorid bo'yoq-titan dioksidi.
-
Qo'llanilishi
Gipertonik kasallik (mono- va kompleks terapiya), barqaror stenokardiya, Printzmetal stenokardiyasi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Gipersensitivlik (shu jumladan boshqa digidropiridinlarga), bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali, kuniga 1 marta, boshlang‘ich doza - 5 mg/kun bir marta qabul qilinadi, 7-14 kun davomida asta-sekin 10 mg/kun bir martalik dozaga oshiriladi, arterial gipertenziyada qo‘llab-quvvatlovchi doza - 2,5-5 mg/kun.
Kuchanish stenokardiyasi va vazospastik stenokardiyada - 5-10 mg/kun bir marta; stenokardiya xurujlarini oldini olish uchun - 10 mg/kun.
Ozgin bemorlarga, past bo‘yli bemorlarga, keksalarga, jigar funksiyasi buzilgan bemorlarga gipotenziyalik dori sifatida boshlang‘ich doza 2,5 mg, antianginal sifatida esa 5 mg buyuriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nerv tizimi va sezgi organlari tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoq, uyquchanlik; kamdan-kam - asteniya, kayfiyat o‘zgarishi, ko‘rish buzilishlari.
Yurak-qon tomir tizimi va qon tizimi (gemopoez, gemostaz) tomonidan: yurak urishining tezlashuvi.
Nafas olish tizimi tomonidan: kamdan-kam - nafas qisishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i; kamdan-kam - dispepsiya, milk gipertrofiyasi, juda kam - jigar fermentlari darajasining o‘zgarishi, sariqlik.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: shishlar, kamdan-kam - siydik ajratish chastotasining oshishi, impotensiya.
Tayanch-harakat tizimi tomonidan: kamdan-kam - artralgiyalar, mialgiyalar (uzoq muddatli qo‘llashda).
Teri tomonidan: yuz terisining giperemiyasi, kamdan-kam - toshma, teri qichishishi, ko‘p shaklli eritema.
Boshqalar: kamdan-kam - ginekomastiya.
-
Farmakologik xususiyatlari
Antianginal, gipotenziyalik. Kalsiy kanallarini bloklaydi, kalsiy ionlarining kardiomiyotsitlar va tomirlarning silliq mushak hujayralariga kirishini to'sadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Davolanish vaqtida tana massasini nazorat qilish va stomatolog kuzatuvida bo‘lish zarur (og‘riqlilik, qon ketishi va milk gipertrofiyasining oldini olish uchun).
Amlodipin plazmadagi K+, glyukoza, triglitseridlar, umumiy xolesterin, LPNP, siydik kislotasi, kreatinin va siydik azoti konsentratsiyalariga ta’sir qilmaydi.
"Bekor qilish" sindromi yo‘qligiga qaramay, davolashni to‘xtatishdan oldin dozaning asta-sekin kamaytirilishi tavsiya etiladi.
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Faqat mutlaq ko‘rsatmalar bo‘yicha, agar kutilayotgan davolash effekti homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lsa (homiladorlik va emizish davrida qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan).
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’siri
Ta’sir qilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar: haddan tashqari periferik vazodilatatsiya, uzoq davom etuvchi va yaqqol arterial bosimning pasayishi.
Davolash: oshqozonni yuvish, bemorni oyoqlari ko‘tarilgan gorizontal holatga yotqizish, faollashtirilgan ko‘mir buyurish, yurak-qon tomir tizimi funksiyalarini qo‘llab-quvvatlash, yurak va o‘pka funksiyasi ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, oyoq-qo‘llarni ko‘tarilgan holatda ushlab turish, OVK va diurezni nazorat qilish, simptomatik va qo‘llab-quvvatlovchi terapiya, v/i kalsiy glyukonat va dopamin yuborish. Gemodializ samarasiz.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Tiazid diuretiklari, beta-adrenoblokatorlar, APEF inhibitorlari, nitratlar, NPSVlar, antibiotiklar, og'izdan qabul qilinadigan diabetga qarshi preparatlar bilan mos keladi.