-
Tarkibi
1 kapsula tarkibida
faol modda - amizon® (enisamiya yodid) 0,5 g,
yordamchi modda - magniy stearat,
jelatin kapsula tarkibi xinolinniy sariq (E104), eritrozin FD&C qizil 3 (E127), titan dioksid (E171), jelatin.
-
Qo'llanilishi
- gripp va O‘RVI davolash
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
yod preparatlariga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik allergen tabiatidan qat'i nazar, anamnezda allergik reaksiyalar mavjudligi
jigar va buyraklarning og'ir organik shikastlanishlari
homiladorlikning birinchi trimestri
bolalar va o'smirlar yoshi 18 yoshgacha
Dori vositalari o'zaro ta'siri
Amizon® MAKS antibakterial va immunomodulyator vositalarning ta'sirini kuchaytiradi. Ushbu preparatni askorbin kislotasi va boshqa vitaminlar bilan birga qo'llash maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, Amizon® MAKS ni rekombinant interferon bilan bir vaqtda qo'llash mumkin.
-
Qo'llash usuli
Amizon® MAKS ovqatdan keyin, chaynalmay ichga qabul qilinadi.
Kattalarga 1 kapsuladan kuniga 2-4 marta 5-7 kun davomida buyuriladi.
Maksimal bir martalik doza – 1 g, sutkalik – 2 g.
-
Nojo´ya ta´sirlar
gipersensitivlik reaksiyalari, shu jumladan teri toshmalari, eshakemi, angionevrotik shish, qichishish
gurak va og‘izda achchiqlik, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining shishi, gipersalivatsiya, tilning sariq rangga bo‘yalishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qizilo‘ngach, qorin og‘rig‘i, o‘ng qovurg‘a ostida og‘irlik, diareya, qorin shishishi
to‘g‘ri nafas olishda qiyinchilik, tomoqda kuydiruvchi his
bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, arterial bosimning o‘zgarishi
-
Farmakologik xususiyatlari
Amizon® – izonikotin kislotasi hosilasi. Gripp viruslariga ingibirlovchi ta'sir ko'rsatadi, interferonogen xususiyatlarga ega, organizmning virusli infeksiyalarga chidamliligini oshiradi, yallig'lanishga qarshi, isitmani tushiruvchi va analgetik ta'sir ko'rsatadi.
Amizon® ning virusga qarshi ta'siri gripp virusining gemagglutininlariga bevosita ta'siri bilan bog'liq, natijada virion hujayra-nishonlarga birikish va keyingi replikatsiya uchun qobiliyatini yo'qotadi.
Yallig'lanishga qarshi ta'siri hujayra va lizosomal membranalarni barqarorlashtirish, bazofillarning degranulyatsiyasini sekinlashtirish, antioksidant ta'sir, prostaglandinlar, tsiklik nukleotidlar va yallig'lanish o'chog'idagi energiya almashinuvini normallashtirish natijasidir. Ushbu vositaning isitmani tushiruvchi xususiyatlari miya termoregulyatsiya markazlariga ta'siri bilan bog'liq. Preparatning analgezik ta'siri miya ustuni retikulyar shakllanishi orqali amalga oshiriladi.
Amizon® plazmadagi endogen interferon darajasini 3-4 barobar, lizotsim va infeksiya qo'zg'atuvchilariga qarshi antitanalar titrini oshirish, shuningdek, T-limfotsitlar va makrofaglarning funksional faolligini stimulyatsiya qilish orqali hujayraviy immunitetni kuchaytiradi. Ushbu vosita kuchli endogen interferon induktori hisoblanadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat qalqonsimon bez kasalliklari, ayniqsa gipertireoz bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak.
Homiladorlik yoki laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparat homiladorlikning birinchi trimestrida qo‘llash uchun kontraindikatsiyalangan. Ikkinchi va uchinchi trimestrda faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin. Preparatni emizikli ayollarda qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.
Preparatning transport vositalarini boshqarish va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilish xususiyatlari
Amizon® MAKS preparatini qabul qilish avtomobil boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Amizon® MAKS bilan dozani oshirib yuborish holatlari haqida xabar berilmagan. Dozani oshirib yuborishda nojo‘ya reaksiyalar kuchayishi, shilliq qavatlarning jigarrang rangga bo‘yalishi, reflektor qusish, qorin og‘rig‘i va diareya mumkin. Shish, eritema, toshma (ugrepodob va bullyoz), isitma rivojlanishi mumkin.
Davolash: me’da yuvish, simptomatik davolash.