Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Amitriptilin 25 mg № 50
Amitriptilin 25 mg № 50
Ishlab chiqaruvchi: Технолог
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    16 yoshdan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari amitriptilin 25 mg № 50
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    25 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    50 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Bitta tabletkada quyidagilar mavjud: faol modda – amitriptilin gidroxlorid amitriptilinga qayta hisoblaganda 25 mg; yordamchi moddalari: laktosa monogidrat, mikrokristallik tsellyuloza, natriy kroskarmelloza, gipromelloza, magniy stearat, kremniy dioksid kolloid, polietilen glikol 6000, titan dioksid (E 171), talk, polisorbat 80, karmoizin (E 122).
  • Qo'llanilishi
    Har qanday etiologiyadagi depressiyalar (ayniqsa sedativ ta’sir olish zarur bo‘lganda).
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    — Amitriptilinga yoki preparatning istalgan komponentiga yuqori sezuvchanlik — MAO ingibitorlari bilan birga davolash (MAO ingibitorlarini qabul qilishni amitriptilin bilan davolashni boshlashdan kamida 14 kun oldin to‘xtatish kerak) — Yurak ishemik kasalligi, yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti — Yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi buzilishi, dimiqishli yurak yetishmovchiligi — Manik psixoz — Og‘ir jigar yetishmovchiligi — Laktatsiya davri — 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi
  • Qo'llash usuli
    Davolashni kichik dozalardan boshlash kerak, ularni asta-sekin oshirib, klinik javob va har qanday nojo‘ya ta’sirlarni diqqat bilan kuzatib borish lozim. Kattalar: tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza sutkada 75 mg ni tashkil etadi, bir necha marta yoki to‘liq kechasi qabul qilinadi. Klinik ta’sirga qarab doza 150 mg/gacha oshirilishi mumkin. Dozani oshirishni kun oxirida yoki uxlashdan oldin amalga oshirish maqsadga muvofiq. Sedativ ta’sir odatda tezda namoyon bo‘ladi. Preparatning antidepressiv ta’siri 3-4 kundan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin, to‘liq ta’sir rivojlanishi uchun 30 kungacha vaqt talab qilinishi mumkin. Qaytalanish ehtimolini kamaytirish maqsadida kechasi yoki uxlashdan oldin 50-100 mg qo‘llash tavsiya etiladi. Bolalar: preparatni 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurish tavsiya etilmaydi. Keksalar (65 yoshdan katta): tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza 10-25 mg ni uch marta qabul qilishdan iborat bo‘lib, zarurat tug‘ilganda asta-sekin oshiriladi. Ushbu yosh toifasidagi yuqori dozalarni ko‘tara olmaydigan bemorlar uchun 50 mg sutkalik doza yetarli bo‘lishi mumkin. Kerakli sutkalik doza bir necha marta yoki bir martada, afzal kechasi yoki uxlashdan oldin buyurilishi mumkin. Qo‘llash usuli Tabletkalarni butun holda, chaynamasdan va suv bilan ichish kerak. Preparatni shifokor tomonidan belgilangan muddatda qabul qilish kerak, chunki davolashni mustaqil to‘xtatish sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Bemorning ahvoli yaxshilanishi davolash boshlanganidan 4 haftagacha kuzatilmasligi mumkin.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Boshqa dori vositalari kabi, Amitriptilin, qoplama bilan qoplangan tabletkalar, ba'zi bemorlarda, ayniqsa birinchi marta buyurilganda, ba'zan nojo'ya reaktsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Keltirilgan nojo'ya ta'sirlarning barchasi amitriptilin bilan davolash vaqtida kuzatilmagan, ularning ba'zilari amitriptilin guruhiga mansub boshqa dori vositalari qo'llanilganda yuzaga kelgan. Nojo'ya reaktsiyalar uchrashish tezligiga ko'ra tasniflangan: juda tez-tez (> 1/10), tez-tez (>1/100 dan 1/1000 gacha), kam (1/1000 dan 1/10000 gacha), juda kam (< 1/10000), yakka hollarda. Yurak-qon tomir tizimi: arterial gipotenziya, hushdan ketish, ortostatik arterial gipotoniyа, gipertoniya, taxikardiya, yurak urishining tezlashuvi, miokard infarkti, aritmiyalar, yurak blokadasi, insult, EKGda noaniq o'zgarishlar va atrioventrikulyar o'tkazuvchanlik o'zgarishlari. Yurak ritmi buzilishi va yaqqol arterial gipotenziya, ehtimol, yuqori dozalarda yoki ataylab dozani oshirib yuborishda yuzaga keladi. Bu holatlar, shuningdek, allaqachon yurak kasalliklari bo'lgan bemorlarda preparatning standart dozalari fonida ham yuzaga kelishi mumkin. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, charchoq, bosh og'rig'i, holsizlik, ongning chalkashishi, diqqat buzilishi, dezorientatsiya, bred, gallyutsinatsiyalar, gipomaniya, qo'zg'alish, xavotir, bezovtalik, uyquchanlik, uyqusizlik, tungi tushlar, uvishish, qaltirash hissi, qo'llar va oyoqlarda paresteziya, periferik nevropatiya, muvofiqlashtirish buzilishi, ataksiya, tremor, koma, tutqanoqlar, EEG o'zgarishlari, ekstrapiramidal buzilishlar, shu jumladan patologik ixtiyorsiz harakatlar va kech diskineziya, dizartriya, quloqda shovqin. Amitriptilin bilan davolash vaqtida yoki davolash to'xtatilganidan keyingi ilk muddatlarda suitsidal fikrlar yoki xatti-harakatlar holatlari haqida xabarlar mavjud. Antixolinergik faollik bilan bog'liq ta'sirlar: og'iz qurishi, ko'rishning xiralashishi, midriaz, akkomodatsiya buzilishi, ko'z ichki bosimining oshishi, qabziyat, ichakning falajli to'siqligi, giperpireksiya, siydik tutilishi, siydik yo'llarining kengayishi. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi, fotosensibilizatsiya, yuz va til shishishi. Qon va limfa tizimi tomonidan: suyak ko'migi faoliyatining bostirilishi, shu jumladan agranulotsitoz, leykopeiya, eozinofiliya, purpura, trombotsitopeniya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, epigastriy sohasida noqulaylik hissi, qusish, anoreksiya, stomatit, ta'm o'zgarishi, diareya, quloq oldi bezlarining yallig'lanishi, tilning qorayishi va kam hollarda – gepatit (shu jumladan jigar faoliyati buzilishi va xolestatik sariqlik). Endokrin tizim tomonidan: erkaklarda moyaklarning kattalashishi va ginekomastiya, ayollarda ko'krak bezining kattalashishi va galaktoreya, libido kuchayishi yoki pasayishi, impotensiya, jinsiy funksiyaning buzilishi, antidiuretik gormon (ADG) sekretsiyasining o'zgarishi. Modda almashinuvi tomonidan: qonda glyukoza darajasining oshishi yoki pasayishi; ishtahaning oshishi, tana vaznining ortishi preparatga reaksiya yoki depressiyani bartaraf etish natijasi bo'lishi mumkin. Gepatobiliar tizim tomonidan: kam hollarda – gepatit (shu jumladan jigar faoliyati buzilishi va sariqlik). Teri va teri osti yog' qavati tomonidan: terlashning kuchayishi va soch to'kilishi. Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan: tez-tez siyish. Preparatning yuqori dozalari qo'llanilganda, shuningdek, keksalarda ongning chalkashishi mumkin, bu dozaning kamaytirilishini talab qiladi. Bekor qilish sindromi. Preparatni uzoq muddat qabul qilgandan so'ng to'satdan to'xtatish ko'ngil aynishi, qusish va bosh og'rig'ini keltirib chiqarishi mumkin. Dozani bosqichma-bosqich kamaytirish, xabarlarga ko'ra, ikki hafta davomida o'tkinchi simptomatikani, jumladan, asabiylashish, bezovtalik va uyqu va tushlarning buzilishini keltirib chiqargan. Bu simptomlar preparatga o'rganib qolishni ko'rsatmaydi. Uch-tritsiklik antidepressantlarni uzoq muddat qabul qilishni to'xtatgandan so'ng 2-7 kun ichida manik yoki gipomanik holatlar kamdan-kam hollarda kuzatilgan. Preparatni to'xtatish bo'yicha shifokor ko'rsatmalariga rioya qilish zarur. Shuningdek, tritsiklik antidepressantlarni qabul qilgan onalarning yangi tug'ilgan chaqaloqlarida abstinensiya simptomlari haqida xabarlar mavjud. Klassga xos ta'sirlar Asosan 50 yosh va undan katta bemorlarda o'tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar selektiv serotonin qayta qabul qilinishining ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlarni qabul qilayotgan bemorlarda suyak sinish xavfining oshganligini ko'rsatadi. Ushbu xavfga olib keluvchi mexanizm noma'lum.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Amitriptilin – bu tritsiklik antidepressant. Aniq ifodalangan antimuskarin va sedativ xususiyatlarga ega. Terapevtik ta’siri presinaptik qayta qabul qilishni (va natijada) noradrenalin va serotonin (5NT) presinaptik nerv uchlari tomonidan inaktivatsiyasini kamaytirishga asoslangan. Kuchli antidepressiv ta’sir, odatda, davolash boshlanganidan 10-14 kun o‘tgach namoyon bo‘lishiga qaramay, faollikning tormozlanishi qabul qilingandan so‘ng bir soat ichida ham kuzatilishi mumkin. Bu preparatning ta’sir mexanizmini boshqa farmakologik xususiyatlari ham to‘ldirishi mumkinligini ko‘rsatadi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     
    Markaziy asab tizimiga tormozlovchi ta'sir ko'rsatuvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda, markaziy asab tizimiga tormozlovchi ta'sir, gipotenziya ta'siri, nafas olishni tormozlash kuchayishi mumkin.

    Antixolinergik faollikka ega preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda, antixolinergik effektlar kuchayishi mumkin.

    Simpatomimetik vositalar bilan bir vaqtda qo'llanilganda, yurak-qon tomir tizimiga ta'siri kuchayishi va yurak ritmi buzilishlari, taxikardiya, og'ir arterial gipertenziya rivojlanish xavfi oshishi mumkin.

    Antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) bilan bir vaqtda qo'llanilganda, metabolizm o'zaro tormozlanadi, bunda tutqanoq tayyorgarlik chegarasi pasayadi.

    Antigipertenziv vositalar bilan bir vaqtda qo'llanilganda (klonidin, guanetidin va ularning hosilalaridan tashqari) antigipertenziv ta'sir va ortostatik gipotenziya rivojlanish xavfi kuchayishi mumkin.

    MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda gipertonik kriz rivojlanishi mumkin; klonidin, guanetidin bilan - klonidin yoki guanetidinning gipotenziya ta'siri kamayishi mumkin; barbituratlar, karbamazepin bilan - amitriptilinning ta'siri kamayishi mumkin, chunki uning metabolizmi oshadi.

    Sertalin bilan bir vaqtda qo'llanilganda serotinin sindromi rivojlanishi holati tasvirlangan.

    Sukralfat bilan bir vaqtda qo'llanilganda amitriptilinning so'rilishi kamayadi; fluvoksamin bilan - amitriptilinning qon plazmasidagi konsentratsiyasi va toksik ta'sir rivojlanish xavfi oshadi; fluoksetin bilan - amitriptilinning qon plazmasidagi konsentratsiyasi oshadi va toksik reaksiyalar rivojlanadi, chunki fluoksetin ta'sirida CYP2D6 izofermenti tormozlanadi; xinin bilan - amitriptilin metabolizmi sekinlashishi mumkin; simetidin bilan - amitriptilin metabolizmi sekinlashishi, uning qon plazmasidagi konsentratsiyasi oshishi va toksik effektlar rivojlanishi mumkin.

    Etanol bilan bir vaqtda qo'llanilganda etanolning ta'siri kuchayadi, ayniqsa davolashning dastlabki bir necha kunida. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nargiza
    ico ico ico ico ico
    Амитриптилин отлично справляется с мигренью. Спасибо интернет-магазину Oxymed за быструю доставку.
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilshod
    ico ico ico ico ico
    Этот препарат помог мне в борьбе с бессонницей. Купил на Oxymed, все быстро и удобно.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico