Nojo´ya ta´sirlar
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: ortostatik gipotenziya, subendokardial qon quyilish, bradikardiya, aritmiyalar.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, diareya, qusish.
Qon ivish tizimi tomonidan: qon ivishining buzilishi, uzoq muddat (6 kundan ortiq) yuqori dozalarda (kattalar uchun - sutkada 24 g dan ortiq) qo'llanganda - gemorragiyalar.
Asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, quloqda shovqin, tutqanoq.
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va oraliq soha tomonidan: burun bitishi, yuqori nafas yo'llarining kataral hodisalari.
Immun tizimi tomonidan: gipersensitivlik reaksiyalari, shu jumladan allergik reaksiyalar, toshma.
Umumiy buzilishlar: yuborish joyida o'zgarishlar.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: mioglobinuriya, o'tkir buyrak yetishmovchiligi.
Boshqalar: rabdomioliz. Yuborish tezligi oshirilganda bradikardiya, ekstrasistoliya, titroq, harorat ko'tarilishi mumkin.