Dorilarning o'zaro ta'siri
Tiazid qatoridagi diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda, rinking buyraklar orqali chiqarilishi tezlashadi, shuningdek, giperkalsemiya rivojlanish xavfi oshadi, chunki ular kalsiyning kanalchalardagi reabsorbtsiyasini oshiradi. Furosemid va boshqa ilgak diuretiklari, aksincha, kalsiyning buyraklar orqali chiqarilishini oshiradi.
Yurak glikozidlari va/yoki diuretiklar bilan bir vaqtda davolashda EKG va klinik holatni nazorat qilish, shuningdek, qonda kalsiy va kreatinin konsentratsiyasini kuzatish zarur, chunki kalsiy preparatlari yurak glikozidlarining terapevtik va toksik ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Glyukokortikosteroidlar kalsiyning so‘rilishini kamaytiradi, shuning uchun glyukokortikosteroidlar bilan davolash AMINOKAL preparati dozasini oshirishni talab qilishi mumkin.
Kolestiramin preparatlari yoki mineral yoki o‘simlik moyi asosidagi ich ketkazuvchi vositalar bilan bir vaqtda davolash AMINOKAL preparatining so‘rilishini kamaytirishi mumkin.
Xolekalsiferol faolligi uni fenitoin yoki barbituratlar bilan bir vaqtda qo‘llashda kamayishi mumkin.
Levodopa faolligi piridoksin tomonidan inhibitsiyalanadi.
Preparat atenolol, bisfosfonatlar, natriy ftorid, xinolonlar va tetratsiklinlarning so‘rilishini kamaytiradi, shuningdek, Verapamil ta’sirini susaytiradi.
Rinking so‘rilishi xelatlovchi vositalar, shu jumladan temir preparatlari va penitsillamin bilan birga qo‘llanganda kamayadi.
AMINOKAL preparatini tarkibida o‘xshash komponentlar bo‘lgan vitamin-mineral komplekslari bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi (dozani oshirib yuborish xavfi tufayli).
Boshqa preparatni qabul qilish bilan oraliq vaqt kamida 3 soat bo‘lishi kerak.