Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari ambromer 15 mg/5 ml 100 ml sirop
100 ml sirop tarkibida: Faol modda: Ambroksol gidroxlorid - 0,3 g. Yordamchi moddalari: propilenglikol, rektifikatsiyalangan etil spirti, nipagin, nipazol, qulupnay ta'mli oziq-ovqat aromatik essensiyasi, tozalangan suv. Tavsifi: rangsiz yoki biroz tiniq sarg‘ish suyuqlik, qulupnay hidi bilan.
Qo'llanilishi
MERAmbromen o‘tkir va surunkali bronxopulmonal kasalliklarda, balg‘am ajralishi va yo‘talish buzilgan hollarda sekretolitik terapiya maqsadida qo‘llaniladi: - o‘tkir va surunkali bronxitlar, pnevmoniya; - balg‘am ajralishi qiyin bo‘lgan bronxial astma; - bronxoektatik kasallik.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- ambroksol va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; - fruktozani o‘zlashtira olmaslik; - homiladorlikning birinchi trimestri. Og‘ir jigar kasalliklarida Ambromerni alohida ehtiyotkorlik bilan, qo‘llaniladigan doza kamaytirilib va preparatni qabul qilish oralig‘i oshirilgan holda qo‘llash kerak.
Nojo´ya ta´sirlar
Kamdan-kam: - gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish; - gipersensitivlik reaksiyalari (terida toshma, yuzda shish, dispnoe, qichishish); - isitma. Juda kamdan-kam: - allergik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok.
Farmakologik xususiyatlari
Ambromen o‘zgargan bronxopulmonal sekretsiyani normallashtiradi, balg‘amning reologik ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi, uning quyuqligini kamaytiradi, balg‘amning bronxlardan chiqishini osonlashtiradi. Ambromen alveolalardagi 2-tip pnevmotsitlar va Klara hujayralariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilish orqali sirt faol modda tizimini faollashtirishga yordam beradi, sirt faol moddaning (surfaktant) hosil bo‘lishi va chiqarilishini embrion va kattalar o‘pkasining alveolyar va bronxial sohasida rag‘batlantiradi. Bundan tashqari, ambroksolning antioksidant ta’siri aniqlangan. Ambromen qo‘llangandan so‘ng balg‘am va bronx sekretsiyasida antibiotiklarning konsentratsiyasi oshadi.
Maxsus ko'rsatmalar
Saxarli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun shuni inobatga olish kerakki, 1 o‘lchovli stakanchada MERAmbromen siropida 2,1 g sorbit (0,18 XE ga teng) mavjud.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!