-
Qo'llanilishi
Mukolitik davolash o'tkir va surunkali nafas yo'llari kasalliklarida, quyuq balg'am ajralishi bilan kechadigan (o'tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, obstruktiv bronxit, bronxial astma balg'am ajralishi buzilishi bilan, bronxoektatik kasallik, shuningdek, burun-halqum bo'shlig'i yallig'lanishlarida shilliqni suyultirishni yaxshilash uchun).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Ambroksol yoki preparatlarning yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik; homiladorlikning I trimestri; laktatsiya davri (emizish); tug‘ma fruktoza intoleransiyasi (fruktoza saqlovchi dori shakllari uchun); 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (tabletkalar uchun); 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (prolongatsiyalangan kapsulalar uchun).
Ehtiyotkorlik bilan: bronxlar motorikasining buzilishi va shilliq sekretsiyasining oshishi (masalan, kam uchraydigan harakatsiz kiprikchalar sindromida); buyrak yetishmovchiligi va/yoki og‘ir jigar yetishmovchiligi; me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi (shu jumladan anamnezda); homiladorlikning II va III trimestrlari; 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ichga qabul qilish uchun eritma; faqat shifokor buyurtmasi bilan).
-
Qo'llash usuli
Tabletkalar og'iz orqali, ovqatdan keyin, butun holda ko'p miqdorda suyuqlik bilan qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan keyin bolalarga dastlabki 2-3 kun davomida 30 mg dan kuniga 2-3 marta, so'ngra 30 mg dan kuniga 2 marta yoki 15 mg dan kuniga 3 marta buyuriladi. 5 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga odatda 15 mg dan kuniga 2-3 marta buyuriladi. Qo'llash davomiyligi ko'rsatmalarga va kasallik kechishiga bog'liq bo'lib, individual belgilanadi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar: kamdan-kam hollarda - teri toshmasi, eshakemi, ekzantema, yuz shishishi, nafas qisilishi, qichishish, harorat ko'tarilishi; tez-tezligi noma'lum - anafilaktik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok, angionevrotik shish, teri qichishishi, allergik kontakt dermatiti.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - ko'ngil aynishi; tez-tez emas - qusish, diareya, dispepsiya, qorin og'rig'i.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez - disgevziya.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: juda kamdan-kam hollarda - toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), Stivens-Djonson sindromi; tez-tezligi noma'lum - o'tkir generalizatsiyalashgan ekzematoz pustulez.
Nafas olish tizimi tomonidan: tez-tez - og'iz bo'shlig'i yoki halqumda sezuvchanlikning pasayishi; kamdan-kam hollarda - nafas yo'llari shilliq qavatining qurishi, rinoreya; ayrim hollarda - halqum shilliq qavatining qurishi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Mukolitik preparat, kuchli balg‘am ko‘chiruvchi ta’sirga ega. Preparat bronxlar shilliq qavati bezlarining seroz hujayralarini stimulyatsiya qilish hisobiga balg‘amni suyuqlashtiradi. Seroz va shilliq komponentlar nisbati normallashib, balg‘amdagi mukopolisaxaridlar orasidagi bog‘larni parchalovchi fermentlar hosil bo‘lishi va ishlab chiqarilishini, surfaktant hosil bo‘lishini stimulyatsiya qiladi. Surfaktant ishlab chiqarilishi oshishi natijasida preparat yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, antioksidant xususiyatlarga ega va mahalliy immunitetni oshiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Ambroksolni yo'tal refleksini susaytirishi mumkin bo'lgan, masalan, kodein kabi, yo'talga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu suyultirilgan balg'amning bronxlardan chiqishini qiyinlashtirishi mumkin.
Ambroksolni yo'tal refleksi zaiflashgan yoki mukotsiliar transport buzilgan bemorlarda balg'am to'planishi ehtimoli tufayli ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Ambroksol qabul qilayotgan bemorlarga balg'am chiqishi qiyinlashgani sababli nafas gimnastikasi bajarish tavsiya etilmaydi. Og'ir ahvoldagi bemorlarda suyultirilgan balg'amni aspiratsiya qilish kerak.
Ambroksolni to'g'ridan-to'g'ri uxlashdan oldin qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Bronxial astmali bemorlarda ambroksol yo'talni kuchaytirishi mumkin.
Og'ir teri shikastlanishlari - Stivens-Djonson sindromi yoki toksik epidermal nekroliz bo'lgan bemorlarda erta bosqichda grippga o'xshash holat: harorat, tana og'rig'i, rinit, yo'tal, faringit kuzatilishi mumkin. Simptomatik davolashda ambroksol gidroxlorid kabi mukolitik vositalarni noto'g'ri buyurish mumkin.