Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Ambroksol 30 mg № 20 tabletka.
Ambroksol 30 mg № 20 tabletka.
Ishlab chiqaruvchi: Navbahor Sanoat, ООО
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Diabetiklar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    6 yoshdan

Mavjud
3 100 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari ambroksol 30 mg № 20 tabletka.
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    30 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    20 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    faol modda: ambroksol gidroxlorid 30 mg;
    yordamchi modda: laktoza (sut shakari), kartoshka kraxmali, kalsiy stearati, aerosil.
  • Qo'llanilishi
    O‘tkir va surunkali nafas yo‘llari kasalliklarida, quyuq balg‘am ajralishi bilan kechadigan (o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, obstruktiv bronxit, bronxial astma sekretsiya ajralishi buzilishi bilan, bronxoektatik kasallik, shuningdek, burun-halqum bo‘shlig‘i yallig‘lanishlarida shilliqni suyultirishni yaxshilash uchun) mukolitik terapiya.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Ambroksol yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik davri (I trimestr) va laktatsiya, me’da va 12 barmoqli ichak yara kasalligi, preparatni yo‘talga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish.
  • Qo'llash usuli
    Tabletkalar og‘iz orqali, ovqatdan keyin, butun holda ko‘p miqdorda suyuqlik bilan qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga dastlabki 2-3 kun davomida 30 mg dan kuniga 2-3 marta, so‘ngra 30 mg dan kuniga 2 marta yoki 15 mg dan kuniga 3 marta buyuriladi. 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga odatda 15 mg dan kuniga 2-3 marta buyuriladi. Qo‘llash davomiyligi ko‘rsatmalarga va kasallik kechishiga bog‘liq bo‘lib, individual belgilanadi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Kamdan-kam hollarda holsizlik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i, qusish, diareya, og‘iz yoki yuqori nafas yo‘llarida qurish, sialoreya, burun oqishi, qabziyat va siyishda qiyinchilik, gipersensitivlik reaksiyalari, masalan, teri va shilliq qavatlarda toshma, yuz shishishi, nafas qisilishi, harorat ko‘tarilishi, titroq va juda kam hollarda anafilaktik shok rivojlanishi. Buyrak yetishmovchiligida ambroksol metabolitlarining jigar to‘qimalarida to‘planish ehtimoli hisobga olinishi kerak.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Mukolitik preparat kuchli balg‘am ko‘chiruvchi ta’sirga ega. Preparat bronxlar shilliq qavati bezlarining seroz hujayralarini stimulyatsiya qilish hisobiga balg‘amni suyuqlashtiradi. Balg‘amning seroz va shilliq komponentlari nisbatini normallashtirib, balg‘amdagi mukopolisaxaridlar orasidagi bog‘larni parchalovchi fermentlarning hosil bo‘lishi va ishlab chiqarilishini, su faktant hosil bo‘lishini stimulyatsiya qiladi. Su faktant ishlab chiqarilishi oshishi natijasida preparat yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, antioksidant xususiyatlarga ega va mahalliy immunitetni oshiradi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Buyrak yoki jigar funksiyasi buzilgan, bronxial sekretsiyaning ko‘payishi bilan bog‘liq kasalliklarda (masalan, yomon sifatli kiprikli sindrom) preparatni alohida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Bunday hollarda preparatni qabul qilishda shifokor nazorati talab etiladi.

    Allergik reaksiyalarning birinchi belgilari paydo bo‘lsa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Navbatdagi doza qabul qilinmay qolgan taqdirda, keyingi qabulda preparat dozasini oshirmaslik kerak.

    Preparat diabet kasalligiga chalingan bemorlarga buyurilganda, 1 tabletka 0,01 XE ga tengligini yodda tutish kerak.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Gulnoza
    ico ico ico ico ico
    Заказала таблетки на Oxymed, все пришло вовремя. Препарат действительно помогает, спасибо за качественный товар!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilshod
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество таблеток Амброксол. Доставка быстрая и удобная. Рекомендую магазин Oxymed.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico