Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Ambroksol 30 mg № 20
Ambroksol 30 mg № 20
Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Diabetiklar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Bolalar uchun

    6 yoshdan

Mavjud
5 022 so'm 6 200 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari ambroksol 30 mg № 20
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    30 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    20 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    bitta tabletkada faol modda ambroksol gidroxlorid – 30 mg; yordamchi moddalari sut shakari (laktoza), kartoshka kraxmalı, kalsiy stearati, aerosil (kremniy dioksidi).
  • Qo'llanilishi
    Nafas yo'llarining o'tkir va surunkali kasalliklari, quyuq balg'am ajralishi bilan kechuvchi: - o'tkir va surunkali bronxit; - pnevmoniya; - surunkali obstruktiv o'pka kasalligi; - balg'am ajralishi qiyin bo'lgan bronxial astma; - bronxoektatik kasallik.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Gipersensitivlik, homiladorlik (I trimestr), 12 yoshgacha bo'lgan yosh (12 yoshgacha bo'lgan bolalarga sirop shaklida buyuriladi). Laktaza yetishmovchiligi (glyukoza/galaktoza so'rilishi buzilishi sindromi yoki saxaroza/izomaltaza yetishmovchiligi) bo'lsa, preparat tarkibida laktoza borligini hisobga olish kerak. Ehtiyotkorlik bilan: jigar yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, homiladorlik (II-III trimestr), laktatsiya davri.
  • Qo'llash usuli
    Og'iz orqali, ovqatdan keyin, ko'p miqdorda suyuqlik bilan ichiladi. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga – kuniga 3 marta 1 tabletka (30 mg). Zarur bo'lsa, terapevtik ta'sirni kuchaytirish uchun kuniga 2 marta 2 tabletka (60 mg) buyurish mumkin. Kasallik og'ir kechgan hollarda butun davolash kursi davomida doza kamaytirilmaydi. 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga sirop shaklida. Shifokor bilan maslahatlashmasdan preparatni 5 kundan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish, ayrim hollarda – allergik kontakt dermatiti, anafilaktik shok. Kamdan-kam hollarda – umumiy holsizlik, bosh og'rig'i, diareya, dizuriya, ekzantemalar, rinoreya, qabziyat. Yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanganda – gastralgiya, ko'ngil aynishi, qusish.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi vosita. Sekretomotor, sekretolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta’sirga ega. Ambroksol bronxlar shilliq qavati kiprikli epiteliyining harakat faolligini rag‘batlantiradi (mukokinetik yoki sekretomotor ta’sir). Bronx epiteliyining kiprikli (tsiliyar) hujayralari spiral peristaltik qisqarishlari orqali shilliqni bronxial daraxtdan chiqaradi (mukotsiliar transport yoki mukotsiliar klirens). Ambroksol mukotsiliar transportni sezilarli darajada yaxshilaydi. Ambroksol bronxlar shilliq qavati bezlarining seroz hujayralarini rag‘batlantiradi, balg‘amning shilliq komponenti miqdorini oshiradi va seroz hamda shilliq komponentlarining buzilgan nisbatini normallashtiradi. Gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib va Klara hujayralaridan lizosomalar ajralishini kuchaytirib, balg‘amning yopishqoqligi va uning adgeziv xususiyatlarini kamaytiradi (mukolitik yoki sekretolitik ta’sir). Ambroksol alveolalar va bronxlarda sirt faol modda (surfaktant) sintezi va sekretsiyasini oshiradi. Ushbu mexanizmlar natijasida balg‘amning yopishqoqligi sezilarli darajada kamayadi va uning ko‘chishi yaxshilanadi. Og‘iz orqali qabul qilingandan so‘ng ta’siri 30 daqiqadan keyin boshlanadi va 6-12 soat davom etadi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Eksspektorant ta'sirini qiyinlashtiradigan yo'talga qarshi dori vositalari bilan birga qo'llash tavsiya etilmaydi. Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo'llash mumkin emas va uni bolalar uchun yetib bo'lmaydigan joyda saqlash kerak.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Belgilari: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya. Davolash: sun'iy qusish chaqirish, preparat qabul qilingandan keyin dastlabki 1-2 soat ichida oshqozonni yuvish; yog'li mahsulotlarni qabul qilish.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Navruz
    ico ico ico ico ico
    Амброксол помог мне быстро поправиться от кашля. Спасибо!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество, быстрая доставка. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico